Arzimbetova Sarbinaz Abdambetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ingliz va qoraqalpoq olam lisoniy milliy manzarasida "head/bas" komponentli frazeologik birliklar», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3821.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seytjanov Jetkerbay Elubaevich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qo‘ldashev Akramjon Mahmudovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent;  Usenova Gulmira Abilaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «head» va «bas» somatik komponentli frazeologik birliklarni kompleks frazeologizm-somatizmlarning struktur-semantik va funksional-stilistik o‘ziga xosliklaridan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
ingliz va qoraqalpoq frazeologik fondidagi qarama-qarshi qo‘yiladigan vaziyatlar va ierarxik munosabatlar vositasida «head» va «bas» komponentli frazeologizm-somatizmlarning semantik maydoni ishlab chiqilgan;
frazeologizmlar tarkibidagi muayyan komponentning lisoniy xususiyatlari va semantikasining rivojlanish sharoitlari lingvomadaniyatshunoslik aspektidagi tadqiqotlar zamirida konseptual maydon shakllantirishi aniqlangan;
“head/bas” komponentli frazeologik birliklarning manbai sabablari ma’nosi va shaklining izomorf tabiati bilan bog‘liq bo‘lgan unsur turi metaforik ko‘chim ekanligi va bu frazeologik birliklarning konseptual zaminini belgilashi asoslangan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi “head/bas” komponentli frazeologik birliklarning semantik binar oppozisiyada: ijobiy/salbiy, borliq/bo‘shliq, sabab/maqsad, aqlli/ahmoq kabi o‘xshashliklari va konseptual xususiyatlarida: uyaltirish so‘zlari, tilaklar, duolar, qarg‘ishlar va urf-odatlar kabi farqlari turli diskurslarda gavdalanishi bilan aloqadorligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq olam lisoniy milliy manzarasida “head/bas” komponentli frazeologik birliklar o‘ziga xosliklari asosida:
ingliz va qoraqalpoq frazeologik fondidagi qarama-qarshi qo‘yiladigan vaziyatlar va ierarxik munosabatlar vositasida «head» va «bas» komponentli frazeologizm-somatizmlarning semantik maydoni haqidagi ma’lumotlar Samarqand davlat chet tillari institutida Evropa tashkilotining Erasmus + dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP “O‘zbekistonda oliy ta’lim sistemasi protsesini modernizatsiyalash va xalqaro maydonga chiqarish” mavzudagi innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 5-dekabrdagi 1200/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, frazeologik birliklarning semantik maydoni talabalarga madaniyatlararo yondashuv vositasida o‘qish materiallarini chet tillardan o‘zlashtirishda yordam berishi tasdiqlangan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi “head/bas” komponentli frazeologik birliklarning semantik binar oppozisiyada: ijobiy/salbiy, borliq/bo‘shliq, sabab/maqsad, aqlli/ahmoq kabi o‘xshashliklari va konseptual xususiyatlarida: uyaltirish so‘zlari, tilaklar, duolar, qarg‘ishlar va urf-odatlar kabi farqlari turli diskurslarda gavdalanishi bilan aloqadorligi haqidagi ma’lumotlar bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan 2017-2020 yillarda bajarilgan “FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunoslik va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 5 dekabrdagi 484/1 son ma’lumotnomasi). Natijada, frazeologik birliklarning (frazeologizm-somatizm) turli diskursta gavdalantirilish xususiyatlari asosida o‘xshashliklari va farqlarini chuqur tushunishga xizmat qilgan;
frazeologizmlar tarkibidagi muayyan komponentning lisoniy xususiyatlari va semantikasining rivojlanish sharoitlari lingvomadaniyatshunoslik aspektidagi tadqiqotlar zamirida konseptual maydoni haqidagi xulosalaridan 2017-2020 yillarda bajarilgan “FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunoslik va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 5 dekabrdagi 484/1 son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ingliz va qoraqalpoq tillaridagi milliy lisoniy indikatorlar bilan boyitilib, o‘tkaziladigan ekskurciya senriylarining matnlari yangi ma’lumotlar bilan tahrirlanishda qo‘llanilgan;
“head/bas” komponentli frazeologik birliklarning manbai sabablari ma’nosi va shaklining izomorf tabiati bilan bog‘liq bo‘lgan unsur turi metaforik ko‘chim ekanligi va bu frazeologik birliklarning konseptual zaminini bo‘yicha xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining xududiy Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Assalawma aleykum Qaraqalpaqstan”, “Teanager” ko‘rsatuvlari va Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Kúsh bilimde”, “Jaslar waqtı” eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-fevraldagi 05-22/71-son ma’lumotnomasi). Natijada, frazeologik birliklar haqidagi ma’lumotlar mazkur teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning senariylarin tayyorlashda, turli sohalarga oid matnlarni to‘g‘ri tahrir qo‘llashdagi ba’zi lingvistik muammolar bilan bog‘liq vazifalarning bajarilishiga xizmat qilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish