Ganieva Shoira Muratbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi: ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5009.
Ilmiy rahbar: Formanova Shoira Bobonazarovna  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Mamajonov Shuxratjon Askarovish, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ilmiy xabardorlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik kimyo fanini o‘qitish jarayonida hayotiy ahamiyatga ega tajribalarni orttirish natijadorligini oshirishga qaratilgan mantiqiy masalalarni kiritish, loyiha ishlarini hamkorlikda bajarish samaradorligini ta’minlashning didaktik sharoitlarini ilmiy jihatdan baholash asosida aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi ilmiy atama, tushunchalar, kuzatish, tadqiqotlar o‘tkazish kompetensiyalarini kimyo ta’limi mazmuniga mos keluvchi ijodiy yondashilgan tajribalarni ta’limiy maqsadlarga mos ravishda tashkil etish traektoriyasini prognostik loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi o‘yin texnologiyalari, tadqiqot orqali o‘rganish, materiallarni sxematik va ramziy modellashtirish, ta’lim jarayonini samarali boshqarish va tashkil etishga asoslangan o‘qitishni tabaqalashtirish, guruhda ishlash, modulli ta’lim pedagogik texnologiyalari xususiy va individual  jihatlari integrativligini maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirish modeli mustaqil va ijodiy fikrlash, fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish, o‘z faoliyatini kreativ rivojlantira olish, muammolarni tahlil qila olish yo‘llari va g‘oyalarini ilgari surish, saralash, eksperimental masalalar echishning metodik infratuzilmasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik kimyo fanini o‘qitish jarayonida hayotiy ahamiyatga ega tajribalarni orttirish natijadorligini oshirishga qaratilgan mantiqiy masalalarni kiritish, loyiha ishlarini hamkorlikda bajarish samaradorligini ta’minlashning didaktik sharoitlarini ilmiy jihatdan tahlil qilish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Kimyo o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 19- iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan 233-0158 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning fanga oid axborotlarni davlat ta’lim standartida belgilangan malaka talablari asosida o‘zlashtirish darajasi samaradorligini aniqlash imkonini bergan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi ilmiy atama, tushunchalar, kuzatish, tadqiqotlar o‘tkazish kompetensiyalarini kimyo ta’limi mazmuniga mos keluvchi ijodiy yondashilgan tajribalarni ta’limiy maqsadlarga mos ravishda tashkil etish traektoriyasini prognostic loyihalashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Kimyo o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 19- iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan 233-0158 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kimyo fanidan o‘quv axborotlari bilan ishlash, amaliy faoliyatlarini tashkil etish kompetensiyasi rivojlantirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirish modeli mustaqil va ijodiy fikrlash, fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish, o‘z faoliyatini kreativ rivojlantira olish, muammolarni tahlil qila olish yo‘llari va g‘oyalarini ilgari surish, saralash, eksperimental masalalar echishning metodik infratuzilmasi  takomillashtirishga oid takliflar “Kimyo o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 19- iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan 233-0158 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, amaliy ishlash, bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivqjlantirish samaradorligi oshgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi o‘yin texnologiyalari, tadqiqot orqali o‘rganish, materiallarni sxematik va ramziy modellashtirish, ta’lim jarayonini samarali boshqarish va tashkil etishga asoslangan o‘qitishni tabaqalashtirish, guruhda ishlash, modulli ta’lim pedagogik texnologiyalari xususiy va individual  jihatlari integrativligini maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Kimyo o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 19- iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan 233-0158 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv kurslar mazmuni, o‘qitish metodikasi va pedagogik tajriba-sinov ishlarining sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish