Mahkamova Laylo Majidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Insult bilan xastalangan bemorlarda shaxs reabilitatsiyasining psixosotsial jabxalari (nutq buzilishlari misolida)”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P679.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kamoliddin Batirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Tursunov Lutfulla Sayfullaevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi insult bilan xastalangan shaxslar reabilitatsiyasining psixosotsial jabhalarini ochib berish va insult bilan xastalangan nutqiy buzilishlari mavjud bemorlarga psixologik yordam ko‘rsatish usullarini takomilashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insult bilan xastalangan bemorlarda korreksion chora - tadbirlarni  amalga oshirish mobaynida kognitiv jarayonlar va nutq buzilishlarining ijobiy o‘zgarishlarga uchrashi bosh miya “po‘stloq”, “po‘stloq osti”, “po‘stloq-po‘stloq osti” xududlarida yuzaga keluvchi o‘tkir buzilishlar asosida vujudga kelishi tufayli uning tiklanishida bosh miyaning neyroplastik xususiyati asosiy omil ekanligi  dalillangan;
bemor hayot sifatining “oiladagi rol”, “sotsial muhit va shaxslararo munosabatlar”, “o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsata olish, “mehnat faoliyati” komponentlari va nutq tiklanish jarayoni o‘rtasida korrelyasion aloqadorlikni aniqlash orqali bemorning kasallikdan keyingi reabilitatsion imkoniyatlari dalillangan
insult bilan xastalangan bemorlarda nutq buzilishlarini bartaraf etishda bemorning o‘z yaqinlari va boshqa parvarish qiluvchi insonlar bilan shaxslararo  munosabatlari,  o‘zaro ta’sir xarakteri, atrofdagilar va shifokorlarga ishonch, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanish darajasi  davolanish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy psixosotsial omillar ekanligi tufayli nafaqat bemor, balki uning yaqin atrofidagi shaxslarda nutq buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda muomala maromiga va o‘z holatini nazorat qilishga o‘rgatish reabilitatsiya jarayonining muhim tarkibiy qismi ekanligi isbotlangan;
nutq buzilishlari bilan kechadigan insult xastaligida qo‘llaniladigan  maxsus psixokorreksion dastur har bir bemor uchun individual tarzda tuzilishi, uni amalga oshirish jarayonida “bosh miyaning uch blokli dinamik” tuzilishidan kelib chiqqan xolda uch bosqichli yondashuv amalga oshirilishi, bosh miyaning “miyacha”, “limbik” qismlar, “Bazal” va “Mediabazal” hududlarni aktivlashtirish uchun maxsus texnikalarni faol tarzda qo‘llash bemorlarda muloqatmandlik ko‘nikmalari ortishida ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Insult bilan hastalangan bemorlarda reabilitatsiya jarayonining psixosotsial jabxalarini o‘rganuvchi ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
insult bilan xastalangan bemorlarda korreksion chora tadbirlarni  amalga oshirish jarayonida kognitiv jarayonlar va nutq buzilishlari jarayonining ijobiy o‘zgarishlarga uchrashi bosh miya “po‘stloq”, “po‘stloq osti”, “po‘stloq-po‘stloq osti” xududlarida yuzaga keluvchi o‘tkir buzilishlar asosida vujudga kelishi va uning tiklanishida bosh miyaning neyroplastik xususiyati asosiy omil ekanligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2024-yil 23- fevraldagi PM-119 sonli buyrug‘iga asosan “Tibbiyot psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedogogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 26 fevraldagi PM-119 sonli ma’lumotnomasi). Natijada mavzuga oid ilmiy tadqiqotlar va manbalarni tizimli tahlil etish samaradorligi oshgan;
bemor hayot sifatining “oiladagi rol”, “sotsial muhit va shaxslararo munosabatlar”, “o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsata olish, “mehnat faoliyati” komponentlari va nutq tiklanish jarayoni o‘rtasida korrelyasion aloqadorlikni aniqlash orqali  bemorning kasallikdan keyingi reabilitatsion imkoniyatlari dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2024-yil 23- fevraldagi PM-119 sonli buyrug‘iga asosan “Tibbiyot psixologiyasi” va “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedogogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 26 fevraldagi PM-119-son ma’lumotnomasi). Natijada insult bilan xastalangan bemorlarda kognitiv jarayonlar va nutq buzilishlarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
insult bilan xastalangan bemorlarda nutq buzilishlarini bartaraf etishda bemorning o‘z yaqinlari va boshqa parvarish qiluvchi insonlar bilan shaxslararo  munosabatlari,  o‘zaro ta’sir xarakteri, atrofdagilar va shifokorlarga ishonch, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanish darajasi  davolanish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy psixosotsial omillar ekanligi tufayli nafaqat bemor, balki uning yaqin atrofidagi shaxslarda nutq buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda muomala maromiga va o‘z holatini nazorat qilishga o‘rgatish reabilitatsiya jarayonining muhim tarkibiy qismi ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2024-yil 23- fevraldagi PM-119 sonli buyrug‘iga asosan “Tibbiyot psixologiyasi” va “Ijtimoiy psixologiya”, “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedogogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 26 fevraldagi PM-119-son ma’lumotnomasi). Natijada bemorlarda tiklanish jarayoniga ta’sir etuvchi psixosotsial omillarni aniqlash imkoniyati kengaytirilgan;
nutq buzilishlari bilan kechadigan insult xastaligida qo‘llaniladigan  maxsus psixokorreksion dastur har bir bemor uchun individual tarzda tuzilishi, uni amalga oshirish jarayonida “bosh miyaning uch blokli dinamik” tuzilishidan kelib chiqqan xolda uch bosqichli yondashuv amalga oshirilishi, bosh miyaning “miyacha”, “limbik” qismlar, “Bazal” va “Mediabazal” hududlarni aktivlashtirish uchun maxsus texnikalarni faol tarzda qo‘llash bemorlarda muloqatmandlik ko‘nikmalari ortishida ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2024-yil 23- fevraldagi PM-119 sonli buyrug‘iga asosan “Tibbiyot psixologiyasi”, “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedogogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 26 fevraldagi PM-119-son ma’lumotnomasi). Natijada nutq buzilishlari bilan kechadigan insult xastaligida qo‘llaniladigan psixokorreksion dastur shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish