Shoniyazova Iroda Muradullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda affilatsiya motivini shakllantirishning pedagogik-psixologik determinantlari” 19.00.06 – Yosh pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P668.
Ilmiy rahbar: Karshieva Dilafro‘z Suyunovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qodirov Obid Safarovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda affiliatsiya motivini shakllantirishining pedagogik-psixologik determinantlarini aniqlash va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda affiliatsiya motivining dinamik ifodalanishida emotsional xususiyatlarning faoliyat jarayonida shaxslararo munosabat motivatsiyasining empatiya, identifikatsiyaga bog‘liq ravishda ortib borishiga intensiv ta’siri tufayli shaxslilik va intellektual omillarning integrativ namoyon bo‘lishi dalillangan;
o‘smirlardagi affiliatsiya motivini shakllanganlik darajasini baholashda muloqotga moyillik, ijtimoiy etuklik bilan bog‘liq qabul qilinishga intilishning ortishi va rad qilinishdan qo‘rqishning pasayishi shaxslararo munosabatlarda simbioz holatda differensial namoyon bo‘lishi tufayli o‘quv motivlari yetakchi mezon ekanligi dalillangan;
o‘smirlarda affilatsiya motivini shakllantirishda muloqot ishtirokchisining hissiyoti, fikri va niyatlarini tushunish, noverbal harakatlardagi kinestik, vizual, ekstrolingvistik axborotlarni verbal ma’lumotlar bilan identifikatsiyalash ko‘nikmasini shaxs xususiyatlariga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ijtimoiy intellektning rivojlanganlik darajasi ustuvor omil ekanligi asoslangan;
o‘smirlarni affiliatsiya motivini shakllantirishda muvaffaqqiyasizlikdan qochish, tan olinmaslikdan qo‘rqish hissi, vaziyatga bog‘liq xavotirlanish holatlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish intellektual va hissiy-irodaviy sifatlarni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli ijtimoiy-axloqiy emotsiyalarni barqarorlashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda affiliatsiya motivini shakllantirishning pedagogik-psixologik determinantlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlarda affiliatsiya motivining dinamik ifodalanishida emotsional xususiyatlarning faoliyat jarayonida shaxslararo munosabat motivatsiyasining empatiya, identifikatsiyaga bog‘liq ravishda ortib borishiga intensiv ta’siri tufayli shaxslilik va intellektual omillarning integrativ namoyon bo‘lishi dalillanganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalar bo‘yicha chiqarilgan xulosalar va tavsiyalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-49-son buyrug‘i asosida «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi 49-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlardagi affiliatsiya motivining shaxslilik va intellektual jihatlarga bog‘liq determinantlarini aniqlashtirishga erishilgan;
o‘smirlardagi affiliatsiya motivining shakllanganlik darajasini baholashda muloqotga moyillik, ijtimoiy etuklik bilan bog‘liq qabul qilinishga intilishning ortishi va rad qilinishdan qo‘rqishning pasayishi shaxslararo munosabatlarda simbioz holatda differensial namoyon bo‘lishi tufayli o‘quv motivlari yetakchi mezon ekanligi asoslanganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik natijalari Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-49-son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi», «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi 49-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlardagi affiliatsiya motivi mezonlari shakllanishiga xizmat qiluvchi pedagogik -psixologik omillarni ochib berish imkoni oshirilgan;
o‘smirlarda affilatsiya motivini shakllantirishda muloqot ishtirokchisining hissiyoti, fikri va niyatlarini tushunish, noverbal harakatlardagi kinestik, vizual, ekstrolingvistik axborotlarni verbal ma’lumotlar bilan identifikatsiyalash ko‘nikmasini shaxs xususiyatlariga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ijtimoiy intellektning rivojlanganlik darajasi ustuvor omil ekanligi asoslangan ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-49-son buyrug‘i asosida «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi 49-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda affilatsiya motivini shakllantirishga ijtimoiy intellektning ta’sirini ochib berishi imkoniyati yaratilgan;
o‘smirlarni affiliatsiya motivini shakllantirishda muvvafaqqiyasizlikdan qochish, tan olinmaslikdan qo‘rqish hissi, vaziyatga bog‘liq xavotirlanish holatlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish intellektual va hissiy-irodaviy sifatlarni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli ijtimoiy-axloqiy emotsiyalarni barqarorlashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-49-son buyrug‘i asosida «Korreksion psixologiya», «Psixologik maslahat» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi 49-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda affiliatsiya motivi omillarini shakllantirishga mo‘ljallangan psixologik trening dasturi ishlab chiqilgan.