Beknazarova Lola Sadinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida ijodiy-innovatsion ta’lim samaradorligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik determinantlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/P146.
Ilmiy maslahatchi: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Sohibjamol Norqobilovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida ijodiy-innovatsion ta’lim samaradorligini ta’minlashga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik determinantlarini aniqlash asosida taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni ijodiy-innovatsion faoliyatga yo‘naltirishda liderlik, mustaqillik, hamkorlik, mas’uliyatlilikni o‘quv faoliyatida integral namoyon bo‘lishi tortinshoqlik va o‘zaro ishonshsizlikni pasayishiga olib kelib, innovatsion fikrlashni kushaytirganligi tufayli pedagog-talaba munosabati muhim ijtimoiy-psixologik determinant ekanligi asoslangan;
ijodiy-innovatsion ta’lim samaradorligini ta’minlashda kasbga kreativ yondashuvdagi ijodiy fikrlash, intellektual qiziqish, fikrlarning orginalligi, tasavvurlarning boyligi, kognitiv intuisiya, emotsional barqarorlikning ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli “pedagog-talaba” munosabatlarining ta’siri yetakshi ijtimoiy determinant ekanligi dalillangan;
talabalarning innovatsion faolligi ta’limiy munosabatlarda xulq-atvor va faoliyat uslubi, aqliy sifatlar bilan bog‘liq «pedagog-talaba», «talaba-guruh», «pedagog-talaba-guruh» jamoaviy qadriyatlarning qiziqish hamda fikrlashdagi originallikni ortishida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli ijodiy fikrlashning guruhiy jipslikka bog‘liq ekanligi dalillangan;
talabalarning ijodiy-innovatsion ta’lim jarayonida o‘z-o‘zini baholash darajasi, «pedagog-talaba», «talaba-guruh» munosabatlaridagi ijodiy fikrlashi, qiziqishi, fikrlashdagi originalligi, intuisiyaning kelajakka yo‘nalganligi integral tarzda ustuvorlik bilan namoyon bo‘lishi natijasida ijodkorlikka bog‘liqligi dalillangan;
oliy ta’lim muassasalarida ijodiy-innovatsion ta’lim samaradorligini ta’minlash xususiyatlariga salbiy ta’sir etuvshi determinantlar ya’ni, ishonshsizlik, tortinshoqlik, mas’uliyasizlik, o‘quv jarayonini murakkab qabul qilish, muvaffaqiyatdan xavfsirash, kelajakni noto‘g‘ri prognozlash va ijtimoiy dezadaptatsiya kabilarning yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida ijodiy-innovatsion ta’lim samaradorligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik determinantlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarni ijodiy-innovatsion faoliyatga yo‘naltirishda liderlik, mustaqillik, hamkorlik, mas’uliyatlilikni o‘quv faoliyatida integral namoyon bo‘lishi tortinshoqlik va o‘zaro ishonshsizlikni pasayishiga olib kelib, innovatsion fikrlashni kushaytirganligi tufayli pedagog-talaba munosabati muhim ijtimoiy-psixologik determinant ekanligi asoslanganligiga doir ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-132-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy-psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil 1-martdagi PM-132-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijodiy-innovatsion ta’lim samaradorligini ta’minlashga ta’sir etuvshi ijtimoiy - psixologik determinantlarni aniqlashga erishilgan;
ijodiy-innovatsion ta’lim samaradorligini ta’minlashda kasbga ijodiy yondashuvdagi ijodiy fikrlash, intellektual qiziqish, fikrlarning orginalligi, tasavvurlarning boyligi, kognitiv intuisiya, emotsional barqarorlikning ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli “pedagog-talaba” munosabatlarining ta’siri etakshi ijtimoiy determinant ekanligi dalillanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-132-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy-psixologiya” va “Pedagogik-psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-132-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijodiy-innovatsion o‘zlashtirishni ta’minlovshi yetakshi ijtimoiy-psixologik sifatlar va «pedagog-talaba», «talaba-guruh», «pedagog-talaba-guruh» hamkorlik jihatlarini ilmiy asoslangan;
talabalarning ijodiy-innovatsion faolligi ta’limiy munosabatlarda xulq-atvor va faoliyat uslubi, aqliy sifatlar bilan bog‘liq «pedagog-talaba», «talaba-guruh», «pedagog-talaba-guruh» jamoaviy qadriyatlarning qiziqish hamda fikrlashdagi orginallikni ortishida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli ijodiy fikrlashning guruhiy jipslikka bog‘liq ekanligi dalillanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-132-son sonli buyrug‘i bilan “Pedagogik-psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-132-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida ijodiy-innovatsion ta’lim samaradorligini belgilovshi ijtimoiy-psixologik determinantlar va ularning ta’sir kushini ilmiy baholashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlar aniqlangan;
talabalarning innovatsion faoliyatda o‘z-o‘zini baholash darajasi «pedagog-talaba», «talaba-guruh» munosabatlarida ijodiy fikrlash, qiziqish, fikrlashdagi originallik, intuisiyaning kelajakka yo‘nalganlikka integral tarzda ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli ijodkorlikka bog‘liq ekanligi dalillanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-132-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy-psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-132-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida ijodiy-innovatsion ta’lim samaradorligini ta’minlash asosida innovatsion-ijodkor talaba shaxsining psixologik xususiyatlarini tushuntiruvshi determinantlar modeli va konsepsiyasi yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ijodiy-innovatsion ta’lim samaradorligini ta’minlash xususiyatlariga salbiy ta’sir etuvshi omillar ishonshsizlik, tortinshoqlik, mas’uliyatsizlik, o‘quv jarayonini murakkab qabul qilish, muvaffaqiyatdan xavfsirash, kelajakni noto‘g‘ri prognozlash va ijtimoiy dezadaptatsiya kabilarning yuqori ekanligi isbotlanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-132-son buyrug‘i bilan “ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-132-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ijodiy-innovatsion faoliyatga psixologik tayyorgarlik mezonlari va differensial xususiyatlari bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan.