Turgunov Baxromjon Raximjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda intellektual salohiyat namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P400.
Ilmiy rahbar: Xalimova Mashraboy Vaxidovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Usmonov Sherzod Axmadjonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalar intellektual salohiyatiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash asosida ilmiy amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning intellektual salohiyatiga hayotiy qadriyatlarning ta’siri natijasida hayotdagi maqsadlar, jarayoni (qiziqish va hayotning hissiy boyligi), o‘zini o‘zi anglashdan qoniqish, lokus nazoratining shaxs aqliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda kuchli namoyon bo‘lishiga asoslanib, o‘quv faoliyatida “amaliy intellekt” ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan.
talabalarning intellektula salohiyatini namoyon bo‘lishida o‘ziga yo‘nalganlikning formal mantiqiy fikrlashga, faoliyatga yo‘nalganlik amaliy intellekt hamda formal mantiqiy fikrlashga o‘zaro bog‘liq holda ta’lim jarayonida yuzaga kelishi tufayli, shaxs “orientasiyasi” muhim ijtimoiy-psixologik xususiyati ekanligi asoslangan;
talabalarning intellektual salohiyati amaliy intellect, konseptual mantiqiy tafakkur, konseptual turkumlash, obrazli sintez, fazoviy tafakkurning o‘zaro integrativ namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning ijodiy salohiyatda o‘z-o‘zini baholashiga bog‘liqligi asoslangan;
talabalar intellektual salohiyatning psixologik modeli shaxsning mazmunli hayot, kasbiy yo‘nalishini hissiy-irodaviy soha,kommunikativ qobiliyatga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli “motivasion”, “qadriyatli-mazmunli”, “shaxsiy”, “subektiv faoliyatli” komponentni kiritish asosida taklomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni intellektual jihatdan o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi faoliyatlarda tadbiq qilingan:
talabalarning intellektual salohiyatiga hayotiy qadriyatlarning ta’siri natijasida hayotdagi maqsadlar, jarayoni (qiziqish va hayotning hissiy boyligi), o‘zini o‘zi anglashdan qoniqish, lokus nazoratining shaxs aqliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda kuchli namoyon bo‘lishiga asoslanib, o‘quv faoliyatida “amaliy intellekt” ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi P-M-91 a-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi P-M-91 a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning muomala ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning intellektula salohiyatini namoyon bo‘lishida o‘ziga yo‘nalganlikning formal mantiqiy fikrlashga, faoliyatga yo‘nalganlik amaliy intellekt hamda formal mantiqiy fikrlashga o‘zaro bog‘liq holda ta’lim jarayonida yuzaga kelishi tufayli, shaxs “orientasiyasi” muhim ijtimoiy-psixologik xususiyati ekanligi asoslangan taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi P-M-91 a-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi P-M-91 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning intellektual salohiyatini namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
talabalarning intellektual salohiyati amaliy intellect, konseptual mantiqiy tafakkur, konseptual turkumlash, obrazli sintez, fazoviy tafakkurning o‘zaro integrativ namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning ijodiy salohiyatda o‘z-o‘zini baholashiga bog‘liqligi asoslangan taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi P-M-91 a-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi P-M-91 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar intellektual salohiyatining o‘z-o‘ziga bahosini ta’siri aniqlashtirilgan;
talabalar intellektual salohiyatning psixologik modeli shaxsning mazmunli hayot, kasbiy yo‘nalishini hissiy-irodaviy soha,kommunikativ qobiliyatga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli “motivasion”, “qadriyatli-mazmunli”, “shaxsiy”, “subektiv faoliyatli” komponentni kiritish asosida taklomillashtirilgan taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi P-M-91 a-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi P-M-91 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar intellektual salohiyatning psixologik modeli ishlab chiqilgan.