Eshankulov Bobomurod Inoyatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘arbiy Tyan`-Shanning tog‘ oldi lalmikor erlarida xandon pistani sanoat plantatsiyalarida o‘stirish texnologiyasini takomillashtirish», 06.03.01–O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlari barpo etish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx174.
Ilmiy rahbar: Chernova Galina Mixaylovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Qayimov Abduxalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tolipov Xojimurod Mirazimovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xandon pistaning urug‘lariga ekish oldi ishlov berish, ko‘chatlarini konteynerlarda etishtirish hamda intensiv usulda sanoatbop pista plantatsiyalari barpo etish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba pista urug‘larini ekishga tayyorlashda ularning unib chiqishi uchun suv yutish darajasi bo‘yicha me’yori aniqlangan;
konteynerda etishtirish uchun xandon pista urug‘larini germetik shisha idishlarda saqlash va ekishga tayyorlash usullari takomillashtirilgan;
xandon pista ko‘chatlarini etishtirish uchun konteynerlarning maqbul o‘lchami (20x40 sm) va substrat tarkibi aniqlangan;
lalmikor erlarda xandon pista ko‘chatlarini o‘stirishda nam saqlovchi moddalar va yuza faol modda «meliorant»dan foydalanish orqali ularning tutib qolish darajasini oshirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘arbiy Tyan`-Shanning tog‘ oldi lalmikor erlarida xandon pistani sanoat plantatsiyalarida o‘stirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
konteynerlarda etishtirilgan ko‘chatlaridan xandon pista plantatsiyalarini barpo etishning takomillashtirilgan texnologiyasi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Burchmulla» davlat o‘rmon xo‘jaligida 10 gektar, «Pop» ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligida 2 gektar, Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligida 3 gektar maydonlarda joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 30 apreldagi 03/18–1132-son ma’lumotnomasi). Natijada xandon pista urug‘lari sarfini 15 foizga tejab qolingan va pista ko‘chatlarining tutib qolish darajasi 12 foizga ortgan, iqtisodiy samaradorlik gektaridan o‘rtacha 15074 ming so‘mni tashkil etgan;
nam saqlovchi «gidrogel`» moddalardan foydalanib xandon pista plantatsiyalarini barpo etish texnologiyasi Toshkent viloyati Parkent tumani «Obidov» fermer xo‘jaligi sharoitida 4,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2018 yil 27 apreldagi 01/04–375/18-son ma’lumotnomasi). Natijada xandon pista urug‘lari sarfini 17 foizga tejab qolish va pista ko‘chatlarining tutib qolish darajasini 10 foizga oshirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha gektariga 12250 ming so‘mni tashkil etgan;
yuza faol modda «meliorant»dan foydalanib xandon pista plantatsiyalarini barpo etish texnologiyasi Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani «Vodil» fermer xo‘jaligi sharoitida 2,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2018 yil 27 apreldagi 01/04–375/18-son ma’lumotnomasi). Natijada xandon pista urug‘lari sarfini 17 foizga tejab qolish va pista ko‘chatlarining tutib qolish darajasini 10 foizga oshirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha gektariga 12250 ming so‘mni tashkil etgan.