Chorshanbiev Farxod Maxmatmurodovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zirk (Berberis L.) o‘simligini bioekologiyasi va uni ko‘paytirish texnologiyasi», 06.03.01–O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlari barpo etish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx195.

Ilmiy rahbar: Qayimov Abdixalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Karimov Farxod Isamiddinovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasida zirk (Berberis L.) turkumidagi mahalliy turlar-qoraqand zirk (Berberis oblonga), qizil zirk (Berberis integerrima), tangasimon zirk (Berberis nummularia)ining istiqbolli shakllarini tanlash va baholash, urug‘idan hamda vegetativ ko‘paytirish, ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor g‘arbiy Tyan`-Shanda zirkning 10 ta, xo‘jalik-biologik qimmatli belgilarga ega musbat shakllari tanlangan, kompleks baholangan va seleksiya maqsadlari uchun birlamchi manbalar ajratilgan;

zirk  shakllari mevalarining biokimyoviy tarkibi aniqlangan;

zirk turlari butalarining manzaraviylik xususiyatlari baholangan;

O‘zbekistonda zirk (Berberis L.)turkumidagi turlarning bioekologiyasi, meva va urug‘larining morfologiyasi, mahsuldorligi va urug‘larining unuvchanligi hamda nihollarining rivojlanish xususiyatlari aniqlangan;

zirk urug‘larini terish, stratifikatsiyalash, ekish  muddatlari va ko‘chatlarni parvarishlashda mineral o‘g‘itlarning maqbul me’yori aniqlangan;

zirk turlarini vegetativ ko‘paytirish imkoniyatlari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zirk turlarini ko‘paytirish va standart ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari uchun «Zirkni ko‘paytirish va plantatsiyada o‘stirish bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 3 maydagi 03/18-1190-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma dorivor o‘simliklar etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ham qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

zirkning standart ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining 0,04 gektar ko‘chatzorida joriy qilingan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 3 maydagi 03/18-1190-son ma’lumotnomasi). Natijada zirk turlarining (Berberis oblonga, Berberis integerrima, Berberis nummularia) 12 mingdan ortiq urug‘ko‘chatlari etishtirilgan, gektariga 733099,85 ming so‘m iqtisodiy samaradorlik olishga erishilgan;

introduksiya qilingan zirk turlarini ko‘paytirish texnologiyasi Toshkent viloyatining «Saksonota» davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasining 0,30 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 3 maydagi 03/18-1190-son ma’lumotnomasi). Natijada ona kolleksiya 4 ta zirk turining 120 ta ko‘chatlari bilan boyitilgan;

zirkning urug‘idan ko‘paytirish va urug‘ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Toshkent Botanika bog‘ining 0,02 gektar ko‘chatzorida joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 3 maydagi 03/18-1190-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Botanika bog‘ida zirk genofondini boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish