Juraev Javlon Mirzatillaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qrim va oddiy qarag‘ay ko‘chatlarini o‘stirishda orgono-mineral o‘g‘itlarni qo‘llash», 06.03.01–O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlari barpo etish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx117.

Ilmiy rahbar: Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Berdiev Erkin Turdalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Boirov Abdunabi Juraevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qrim qarag‘ayi (Pinus Pallasiana) va oddiy qarag‘ay (Pinus Sylvestris) standart ko‘chatlarini etishtirishda organo-mineral o‘g‘itlar qo‘llashning maqbul muddati va samarali me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk marotaba qrim va oddiy qarag‘ay urug‘larining unib chiqishi va urug‘ko‘chatlarning o‘sishiga organik va mineral o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri aniqlangan;

qrim va oddiy qarag‘ay ko‘chatlarining o‘sishi va sifatiga o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri aniqlangan;

ko‘chatzor tuprog‘ining harakatdagi va qarag‘ay ko‘chatlarining turli organlaridagi asosiy ozuqa elementlarining miqdori aniqlangan va ularning ko‘chat materiallari bilan olib chiqilishi asoslangan;

ko‘chatzorda o‘g‘itlardan foydalanib etishtirilgan ko‘chatlarni doimiy o‘sish joyiga ekilgandagi tutib qolish va o‘sish darajasining yuqori bo‘lishi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qrim va oddiy qarag‘ay ko‘chatlariga organik va mineral o‘g‘itlarning ta’sirini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:

N120P90K30 kg/ga me’yorida mineral o‘g‘it qo‘llanib, qrim va oddiy qarag‘ay ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi Toshkent viloyati «Burchmulla» davlat o‘rmon xo‘jaligining 1,0 gektar maydondagi ko‘chatzorida joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 30 apreldagi 03/18–1131-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chatzordan standart ko‘chatlarning chiqishi 1,5 barobargacha oshgan va olingan daromad o‘rtacha gektariga 76 mln. so‘mni tashkil etgan;

organik va mineral o‘g‘it berishning maqbul me’yorlari qo‘llanilgan urug‘ko‘chatlardan qrim va oddiy qarag‘ayning ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi Qashqadaryo viloyatining «Jovuz» o‘rmon xo‘jaligi sharoitida 1,0 ga maydondagi ko‘chatzorda joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 30 apreldagi 03/18-1131-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chatzordan standart ko‘chatlarning chiqishi 1,5-1,6 barobarga oshgan va olingan daromad o‘rtacha gektariga 78 mln. so‘mni tashkil etgan;

N120P90K30 kg/ga me’yorida mineral o‘g‘it qo‘llanib, qrim va oddiy qarag‘ay ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani «Farxod Ikromjon Sijjak» fermer xo‘jaligida 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2018 yil 27 apreldagi 01/04-375/18-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chatzordan standart urug‘ko‘chatlarning chiqishi 1,6-1,7 barobarga oshgan va olingan daromad gektariga 120 mln. so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish