Jo‘raev Shahriyor Ibodulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bilingvizm sharoitida tojik va o‘zbek tillarining leksik sathdagi o‘zaro aloqalari (Samarqand viloyati materiallari asosida)”, 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil273.
Ilmiy rahbar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidullo Arabboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Hasanov Abdujamol Ashrafovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tojik va o‘zbek tillari bilingvizmi Samarqand viloyati materiallari asosida qiyosiy-tipologik tadqiq etish hamda mazkur tillarning o‘zaro ta’siri, ikki tillilik, tillararo analogizmlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tillararo lug‘aviy aloqalar xalqlarning etnomadaniy, etnolisoniy o‘zaro munosabatlarining qadimiy va faol shakllarining qo‘llanishi Samarqand viloyatidagi tojik-o‘zbek ikki tilliligi misolida ochib berilgan;
Samarqand viloyati tojik-o‘zbek bilingvizmi sharoitida analogizmlar yuzaga kelishining madaniy, ma’rifiy, ma’naviy, ijtimoiy hamda lisoniy mazmun-mohiyati isbotlangan;
mustaqillik davrida tojik va o‘zbek bilingvizmi yuqori darajada ekanligi, xususan, Samarqand viloyati aholisi so‘zlashuv nutqida grammatik, leksik-semantik va frazeologik qoliplardan keng so‘zlashuv nutqida o‘z aksini topganligi aniqlangan;
Samarqand viloyati tojik va o‘zbek tillari o‘rtasidagi aloqa ta’siri masalalari asosan leksik, qisman fonetik, grammatik sathlarda yuz bergan lisoniy o‘zgarishlar ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
hududdagi tillararo aloqalarni tadqiq etish jarayoni bilingvizm, polilingvizm, tillararo kontakt, o‘zaro ta’sir, mushtaraklik va nomushtaraklik, leksema o‘zlashtirish, lingvistik interferensiya singari bir qator lisoniy hodisalar faktik materiallar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tojik va o‘zbek tillari ikki tilliligi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dissertatsiyada keltirilgan bir tillilik, ikki tillilik, ikki tilli muhit, ikki tilli oila, ikki tilli xalq, tabiiy ikki tillilik singari terminlarning tojik va o‘zbek milliy mentalitetini yoritishdagi ahamiyatiga oid xulosalardan F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 28 dekabrdagi FTA-0211/1380-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotda tatbiq etilishi tilshunoslik, etnologiya va etnografiya sohalariga doir terminlarning mazmun-mohiyatini hamda tojik-o‘zbek ikki tilligiga doir ilmiy tushunchalarning mazmunini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
tadqiqotda uchrovchi har ikki tilda faol qo‘llanadigan til birliklariga oid nazariy xulosalardan OT-F8-062 “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 89-03-2212-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar Samarqand viloyati tojik va o‘zbek tillariga xos leksemalarning hosil bo‘lishi yo‘llari xususida ma’lumotga ega bo‘lishlariga imkon bergan;.
tadqiqot natijalari asosida chop etilgan “Samarqand viloyati o‘zbek va tojik tillarida qo‘llanadigan bir xil so‘zlar izohli lug‘ati”da (ISNB 978-9943-14-531-3) 1000 ga yaqin so‘zlarning izohi berilgan. Ilmiy natijalar asosida ikki tillilikka xos lug‘aviy birliklarning ma’nolari boyigan, izohlari mukammallashgan.