Olloyorov Quvondiq Madiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm dostonlari onomastikasi (“Go‘ro‘g‘li” va “Oshiqnoma” turkum dostonlari asosida)”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil295.
Ilmiy rahbar: Do‘simov Zaribboy, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Sanaqulov Usmon Subxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Uluqov Nosirjon Muhammadalievich,filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm dostonlari tilida qo‘llanilgan onomastik birliklarni to‘plash va ulardagi lisoniy-tarkibiy, etnolingvistik, tarixiy-etimologik, tarkibiy-semantik hamda funksional o‘zgarishlarning evolyusiyasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm dostonlari leksikasidagi badiiy qahramonlar nomlari, real tarixiy hamda o‘ylab topilgan (noreal) nomlar aniqlanib, nomlarning tarkibiy jihatlari, sodda, qo‘shma, murakkab va gibrid shakldagi nomlar, onomastik indikatorlarning lingvistik xususiyatlari faktik materiallar asosida dalillangan;
xalq dostonlaridagi onomastik birliklar joy nomlari, kishi nomlari, tarixiy shaxslar, dostonlardagi laqablar kabi mavzuiy-semantik guruhlarga ajratilgan va qardosh xalqlar tiliga oid dostonlardagi nomlar bilan o‘zaro munosabatlari ochib berilgan;
Xorazm dostonlaridan to‘plangan onomastik birliklarning mifonimlar, teonimlar va boshqa turdagi nomlar tarzida tarixiy-qiyosiy, tavsifiy va etnik-etimologik xususiyatlari asoslangan;
Xorazm dostonlarida uchraydigan onomastik birliklarning statistikasi keltirilib, ularning tarkibida sodir bo‘lgan fonetik va morfologik o‘zgarishlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm dostonlarida qo‘llanilgan onomastik birliklarning tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm-Buxoro mintaqasidagi dostonlar tilida uchraydigan mifonimlar, teonimlar va boshqa turdagi onomastik birliklarning qardosh xalqlar dostonlaridagi nomlar bilan o‘zaro munosabatlariga doir xulosalardan F-1-06 raqamli «Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi» (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 89-03-2208-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm dostonlari tilida qo‘llanilgan onomastik birliklarga doir nazariy qarashlarni mukammallashtirishga erishilgan;
Xorazm dostonlari onomastikasida uchrovchi Avg‘on//Afg‘on (ﺍﻔﻐﺎﻥ), Arzirum (ﻋﺮﺿﺮﻮﻡ), Bayramali (ڊﻴﺮﻢﻋﻠﻰ), Balx (ڊڶخ), Basra (ڊصره), Bag‘dod (ڊﻐداد), Badaxshon (ﺒدﺧﺸﺎﻦ) kabi nomlarning uslubiy-semantik va areal lingvistik xususiyatlariga oid xulosalardan OT-F1-67 raqamli «Buyuk ipak yo‘li mintaqasi xalqlari fol`klorining tipologiyasi, milliy o‘ziga xosligi va yozma adabiyot rivojida tutgan o‘rni» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 89-03-2208-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotda tatbiq etilishi Xorazm dostonlari tilida uchrovchi ko‘plab nomlarning lisoniy-tarkibiy, etnolingvistik, tarixiy-etimologik, tarkibiy-semantik evolyusiyasini tipologik o‘rganish bo‘yicha nazariy umumlashmalar chiqarishga xizmat qilgan;
dissertatsiyada keltirilgan Xizir eli, Ali eli, Ka’non, Ko‘histon, Mashhad kabi toponimlar, Jamshid, Jamila, Olimjon, Sanamjon, Mushtariy, Rayhon kabi antroponimlarning uslubiy-semantik xususiyatlariga doir ma’lumotlardan «Munavvar kun» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 3 maydagi 669-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
tadqiqot natijalari asosida chop etilgan «Xorazm xalq dostonlaridagi atoqli otlar lug‘ati»da (ISBN: 978-9943-4659-7-8) 1000 dan ortiq onomastik birliklar izohlangan. Ilmiy natijalar asosida lug‘aviy birliklarning ma’nolari boyigan, izohlari mukammallashgan.