Majitova Sabohat Jamilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jomiy g‘azaliyotidagi ramziy istilohlarning lug‘aviy va majoziy ma’nolarini talqin qilish usullari”, 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil474.
Ilmiy rahbar: Quronbekov Ahmadqul, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti. DSc.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Shokirov Tug‘ral Sirojovich, filologiya fanlari doktori, professor; Imomnazarov Muhammad Cultanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abdurahmon Jomiyning lirik asarlari konkordans lug‘ati asosida shoir g‘azallaridagi ramziy ifodalarning leksik, majoziy hamda irfoniy-tasavvufiy ma’nolar olamini shoir yashagan davr siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-mafkuraviy hayot voqeligidan kelib chiqqan holda talqin qilishning yangi ilmiy usullarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdurahmon Jomiy g‘azallaridagi ramziy ifodalarning tabiiy va ijtimoiy voqelik bilan bog‘liqligi, shoirning o‘ziga xos ma’no yaratish mahorati, ijod uslubi, badiiy timsollarning denotativ va konnotativ xususiyatlari, komponent, kognitiv, qiyosiy-ta’rixiy yondashuvlar asosida dalillangan;
shoir g‘azaliyotidagi she’riy misra va baytlararo har bir lug‘aviy birlikning metaforizatsiya jarayonidagi dinamik holati, ramziyligi, semantik strukturasi, kommunikativ-pragmatik xususiyatlari, distributiv tahlil asosida aniqlanib, ularning leksik, majoziy hamda irfoniy-tasavvufiy ma’no belgilari ochib berilgan;
Abdurahmon Jomiyning “Fotihat ush-shabob”, “Vositat ul-iqd” va “Xotimat ul-hayot” devonlari asosida tuzilgan konkordans-lug‘at yordamida shoir g‘azallarida uchragan eng yuqori chastotali lug‘aviy birliklarning leksik-semantik xususiyatlari aniqlangan;
shoir devonlaridagi badiiy timsollarning fonetik sath birliklari, yaxlit matnlar hududi hamda matnlararo munosabatlarini konkordans-lug‘at orqali tadqiq etish tamoyillarining afzalliklari ilmiy-nazariy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abdurahmon Jomiy lirikasidagi ramziy istilohlarning lug‘aviy va majoziy ma’nolarini talqin qilish usullari va ushbu tadqiqot doirasida olingan ilmiy natijalar asosida:
shoir g‘azaliyotining “Fotihat ush-shabob”, “Vositat ul-iqd” va “Xotimat ul-hayot”devonlarining ilmiy-tanqidiy matnlarini saralash va ular asosida konkordans lug‘at tuzish, qo‘llanilgan so‘z shakli me’yorlarini aniqlash va eng faol so‘zlarni leksik-semantik guruhlarga ajratish, “dil”, “jon” va “ishq” kabi badiiy timsollarning lingvopoetik talqinlari va ularning semantik maydonidagi ma’nolar silsilasini tadqiq qilish usullarini aniqlash tamoyillaridan F-1-135 raqamli “Alisher Navoiy asarlari konkordansining ilmiy-uslubiy tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 maydagi 89-03-1683-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Alisher Navoiy “Xamsa” dostonlarining konkordansini tuzish, faol timsollarning lingvostatistik talqinlari va ularning semantik maydonidagi ma’nolar silsilasini tadqiq qilish usullarini aniqlash tamoyillarini mukammallashtirishga imkoniyat yaratgan;
tojik va o‘zbek klassik adabiyotning materiallari asosida she’riyat tilining ma’noviy xususiyatlarini, badiiy nutqda qo‘llanilishi va milliy o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashda F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analarining sintezi” fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 iyuldagi 89-03-2671-soni ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning tatbig‘i asosida o‘zbek va tojik klassik she’riyat tilining ma’no jilolari aniqlangan, ularning badiiy uslubda qo‘llanilish uslubi aniqlashtirilgan, izohlari mukammallashtirilgan;
Jomiy va Navoiy asarlarida ko‘tarilgan umumbashariy muammolar, mavzular ko‘lami, milliy qadriyatlarga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanalining “Ijod zavqi”, “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot” turkumidagi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanali DUKning 2018 yil 4 maydagi O`Z/K-1-79-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tomoshabinlarni klassik adabiyot namunalari bilan tanishtirishda, qiziqarli va ommabop bo‘lishiga muhim ahamiyat kasb etgan.