Babaxodjaev Raximjan Pachexanovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gidrodinamik jarayonlarni jadallashtirish asosida issiqlik energetikasi qurilmalarining energetik samaradorligini oshirish usullari», 05.05.04–Sanoat issiqlik energetikasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/T153.

Ilmiy maslahatchi: Muxiddinov Djalaliddin Nosirovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.

Rasmiy opponentlar: Aliyarov Birlesbek Kanievich, texnika fanlari doktori, professor, akademik (Qozog‘iston Respublikasi); Mirzaev Shavkat Mustaqimovich, texnika fanlari doktori, professor; Abbasov Yorqin Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: “Issiqlikelektrloyiha” AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: issiqlik energetikasi hamda issiqlik ishlatuvchi qurilmalarining (yoqish moslamasi va quvurli issiqlik almashgich misolida) past navli qattiq yoqilg‘ini jadallashtirilgan qaynash qatlamida yoqishning energiya samarador yangi texnologiyasini ishlab chiqish, qurilma konstruksiyasini takomillashtirish orqali gidrodinamik va issiqlik almashinish jarayonlarini jadallashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sirkulyasiya qaynash qatlami tamoyillaridan farq qiluvchi, shu bilan birga klassik qaynash va favvorali qatlamlar tamoyillariga asoslangan jadallashtirilgan qaynash qatlamining fizik mohiyati gidrodinamik qonuniyatlar asosida aniqlangan;

yuqori kulli ko‘mirni yoqish uchun klassik favvorali va qaynash qatlamlar tamoyillari asosida yaratilgan yangi jadallashtirilgan qaynash qatlamli ko‘p funksiyali o‘txona jihozining takomillashtirilgan konstruksiyasi va energiya samarador texnologiyasi ishlab chiqilgan;

jadallashtirilgan qaynash qatlamining gaz va qattiq zarrachalar tezligi, qattiq zarrachalarining konsentratsiyasi, ishchi kameraning geometrik parametrlariga nisbatan qattiq zarrachalar-gaz aralashmasi bosimining qatlam balandligi bo‘yicha yo‘qotilishi kabi xarakterli ko‘rsatkichlarini ifodalovchi matematik model` ishlab chiqilgan;

jadallashtirilgan qaynash qatlami gidrodinamikasining muhim parametrlari bo‘lmish gaz va zarrachalarning vertikal o‘q bo‘yicha tezliklari, ishchi kamerada qattiq zarrachaning massasi va o‘lchamiga bog‘liq holda maksimal balandlikka ko‘tarilishi, qattiq zarrachalar konsentratsiyasi va bosim yo‘qotilishining ishchi kamera balandligi bo‘yicha o‘zgarishining eksperimental va nazariy grafiklari hamda analitik tenglamalari olingan;

issiqlik almashinish qurilmalarining quvurlariga o‘rnatiladigan va suyuqlik oqimi kinetik energiyasi hisobiga tebranma harakatga keltiriladigan lokal turbulizatorining yangi konstruksiyalari ishlab chiqilgan;

suyuqlik oqimining kinetik energiyasi hisobiga tebranadigan lokal turbulizatorning issiqlik almashinuv quvurlarida gidrodinamik va issiqlik almashinish jarayonlarini jadallashtirishning fizik mohiyati va turbulizator elementlari hamda turbulizatsiya maydonining doimiy tebranma holatda bo‘lishi gidrodinamik qonuniyatlar asosida aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Issiqlik energetikasi qurilmalarining (yoqish moslamasi va quvurli issiqlik almashgich) samaradorligini oshirish, ularning asosiy issiqlik-texnikaviy va konstruktiv parametrlarining ratsional qiymatlarini aniqlash, gidrodinamik va issiqlik jarayonlarini modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

jadallashtirilgan qaynash qatlamli ko‘p funksiyali o‘txona jihozining takomillashtirilgan qurilmasiga O‘zbekiston Respulikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Polidispers materiallarga issiqlik ishlov berish yoki qattiq yoqilg‘ilarni yoqish uchun qurilma» №IAP 04840-2014 y.). Natijada sanoat korxonasida yiliga 4,7 mln. nm3 tabiiy gazni tejash imkoni yaratilgan;

issiqlik almashinish qurilmalarining quvurlariga o‘rnatiladigan va suyuqlik oqimi kinetik energiyasi hisobiga tebranma harakatga keltiriladigan lokal turbulizator konstruksiyasiga O‘zbekiston Respulikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Issiqlik almashinish quvirining turbulizatsiyalash qurilmasi» №IAP 04514-2012 y.). Natijada sanoat korxonasida yiliga 1,0 mln. kVt∙soat elektr energiyani tejash imkoni yaratilgan;

jadallashtirilgan qaynash qatlam texnologiyasi polidispers materiallarni quritish, qizdirish, kuydirish va gazifikatsiyalash uchun «Sredazsvetmetenergo» AJning ishlab chiqarish sexida joriy etilgan («Sredazsvetmetenergo» AJning 2018 yil 26 iyundagi 62-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada yiliga 3,0 mln. nm3 tabiiy gazni tejash imkoni yaratilgan;

jadallashtirilgan qaynash qatlam texnologiyasi polidispers material qattiq zarrachalarini ularning o‘lchami va zichligi bo‘yicha separatsiya qilish, namlash, sovutish hamda mayda zarrachalarni cho‘ktirib tutib qolish uchun «Sredazsvetmetenergo» AJning ishlab chiqarish sexida joriy etilgan («Sredazsvetmetenergo» AJning 2018 yil       26 iyundagi 62-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada yiliga 26 000 kVt∙soat elektr energiyani tejash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish