Xalikov A’zam Abdusalomovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratini rivojlantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Ped13.

Ilmiy maslahatchi: Musurmanova Oynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Maxmudova Muyassar, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

oliy ta’lim muassasalari talabalarining pedagogik mahoratini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi (ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik-psixologik) mezonlarning o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari talabaning tayyorgarlik sifatiga qo‘yiladigan kompetensiyaviy talablar asosida takomillashtirilgan;

oliy ta’lim muassasasi talabalarining pedagogik mahoratini rivojlantirishda pedagogik texnika, notiqlik san’ati, intuisiya, kreativlik, intellektuallik komponentlarini qamrab olgan pedagogik qobiliyatlar professiogrammasi takomillashtirilgan;

bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratining  (pedagogik etika, pedagogik takt, deontologik mezonlarga rioya qilish, kasbiy-intellektual kompetentlik, o‘z-o‘zini boshqara olish san’ati) rivojlanganlik darajasini belgilovchi tashqi va ichki omillar indikatorlari aniqlangan;

bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini zamon talablari darajasida rivojlantirishning mazmuni, vositalari, shakl va metodlarini amalga oshiruvchi didaktik shart-sharoitlar tizimli yondashuv texnologiyasi vositasida takomillashtirilgan;

axborot-kommunikatsiya va ilg‘or pedagogik texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish-ning ilmiy-nazariy hamda tashkiliy-metodik asoslari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mahoratni rivojlantirishda kasbiy kompetensiyalar tizimi «O‘zstandart» agentligining 2014 yil 18 sentyabrdagi 4574-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari «Pedagogika sohasi» Davlat ta’lim standarti malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil  21 avgustdagi 303-son, 2017 yil  24 avgustdagi 603-son ma’lumotnomasi). Mazkur kompetensiyalar pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining pedagogik mahoratini oshirishga xizmat qilgan;

oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish tizimi uchun «Pedagogik mahorat» darsligi yaratilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil  16 sentyabrdagi 387-son buyrug‘i bilan respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 iyundagi 87-03-1236-son ma’lumotnomasi). Mazkur darslik respublika oliy ta’lim muassasalarida  talabalar pedagogik mahoratini rivojlantirishni takomillashtirishga ko‘maklashgan;

«Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish» (2015–017 yy.) mavzusidagi amaliy loyiha hamda «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining zamonaviy axborot kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental loyihalar doirasida talabalarning pedagogik mahoratini rivojlantirish mezonlaridan tizimli, samarali foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 14 noyabrdagi 365-b-son buyrug‘i). Mazkur taklif va tavsiyalardan bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan;

oliy ta’lim muassasalari talabalarining pedagogik mahoratini rivojlantirishda pedagogik texnika, notiqlik san’ati, intuisiya, kreativlik, intellektuallik komponentlarini qamrab olgan pedagogik qobiliyatlar professiogrammasi takomillashtirilgan va pedagogik kadrlarni tayyorlashda Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 15 sentyabrdagi  226-son buyrug‘iga muvofiq foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 10 iyuldagi 89-03.13.03-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratining rivojlanganlik darajasini aniqlash tizimini ishlab chiqishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish