Quvondiqov Vahobjon Ortiqovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy va sun’iy fotosintezlovchi supramolekulyar tizimlarida zaryadlar tashilish jarayonining fluoressent nazorati», 01.04.05– Optika (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/FM67.

Ilmiy rahbar: Nematov Sherzod Qalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.30.05.2018.FM./T.65.01.

Rasmiy opponentlar: Yusupov Djavdat Bakidjanovich, fizika-matematika fanlari doktori; Trunilina Ol`ga Viktorovna, fizika-matematika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy va sun’iy fotosintezlovchi supramolekulyar tizimlarida zaryadlarning fotoindusirlangan tashilish jarayonlarining fizik parametrlarini fluoressensiya ma’lumotlari asosida aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

fotoakustik spektrofotometrda nurlanish manbai sifatida optik yo‘llari bir xil bo‘lgan, uchta mustaqil to‘lqin uzunlikda yorug‘lik nurlatuvchi RGB (Red-qizil, Green-yashil, Blue-ko‘k) – yorug‘lik diod qo‘llanilib, o‘simlik bargining ko‘ndalang kesimi bo‘yicha fotosintez faolligi profili ilk bor aniqlangan;

o‘simlik barglaridagi xlorofill fluoressensiyasining 685/730 nmlardagi intensiv polosalari nisbatini in vivo rejimda o‘lchagan holda, o‘simlikdagi fotosintez samaradorligini aniqlovchi portativ AEF-1 fluorometri yaratilgan;

«Por-S60» va «Car-Por-S60» supramolekulyar birikmalarida quyosh fotosintetik faol radiatsiyasini (350–750 nm), zaryadlarning ajralish energiyasiga qayta o‘zgartirilishining energetik va kvant samaradorligini ularning yutilish spektriga qarab hisoblanganda, ushbu birikmalarda fotosintetik faol radiatsiyaning qayta o‘zgartirilish samaradorligi 60–80% ga teng bo‘lib, o‘simlik barglaridagi tabiiy fotosintez samaradorligi qiymatlariga mosligi aniqlangan;

sirti nanostrukturali rele`efga ega ZnO yupqa plyonkasini S60 molekulasidan elektronlarni ikkilamchi qabul qiluvchi (akseptor) sifatida foydalanganda, S60 ishtirokidagi supramolekulyar tizimlarida ajralgan zaryadlarning barqarorlashishi hisobiga xuddi tabiiy fotosintezdagi kabi ajralgan zaryadlarning yashash vaqtini keskin oshishi aniqlangan;

geterogen «nanostrukturali rel`efga ega ZnO yupqa plyonka sirtidagi S60 molekulalar qatlami» tizimini konsentrlangan ul`trabinafsha (325 nm) lazer nuri bilan uzoq nurlantirilganda, bunday tizimning strukturaviy, tebranish va fotolyuminessent xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlar hosil bo‘lishi, shuning bilan birga S60 molekulasi va ZnO sirti o‘rtasida kuchli elektron bog‘lanish hosil bo‘lishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Fotosintez jarayonida o‘simlik bargidagi xlorofill fluoressensiyasini va sun’iy fotosintezlovchi sistemalar uchun muhim element sifatida taklif qilingan «Por-S60» va «Car-Por-S60» supramolekulyar birikmalardagi elektronlarning tashilish jarayonlari tadqiqotlarining natijalari asosida:

o‘simlik barglaridagi xlorofill fluoressensiyasining 685/730 nmlardagi intensiv polosalari nisbatini o‘lchovchi, ishlab chiqilgan portativ AEF-1 fluorometri dala sharoitida gen-modifikatsiyalangan paxtaning (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi) fotosintez samaradorligini va tashqi muhit stresslariga chidamliligini tadqiq qilish uchun qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 18 iyundagi 2/1255-1620-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish gen-modifikatsiyalangan paxtadagi fotosintez samaradorligini va tashqi muhit stresslariga chidamliligini tadqiq qilish imkonini bergan;

nanostrukturali rele`efga ega ZnO yupqa plyonkasini S60 molekulasidan elektronlarni ikkilamchi akseptor sifatida foydalanganda ular orasidagi ajralgan zaryadlarning yashash vaqti, tashilish tezligi va intensivligining tashqi ta’sirlarga bog‘liqligini o‘rganishdan olingan ilmiy natijalar F2-FA-F146 raqamli «Fullerenlar eritmalarida klaster hosil bo‘lish, o‘z-o‘zidan yig‘ilish va o‘z-o‘zidan tashkillanish jarayonlari» fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 18 iyundagi 2/1255-1619-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish fulleren molekulalarining absorbsion-fluoressent spektroskopik xossalarining muhim parametrlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish