Alimova Xilola Pulatovnaning
fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi qo‘shma jarohatlarda tez tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish tamoyillarini takomillashtirish», 14.00.40–Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib117.
Ilmiy maslahatchi: Sharipova Visolatxon Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Dsc.28.02.2018.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Ormantaev Almas Kamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Minnullin Ildar Pulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Agzamxodjaev Talat Saidalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bolalar shoshilinch jarrohligi va travmatologiya ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalar qo‘shma jarohatlarini tashxislash va davolash sifatini oshirish hamda tez tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni tashkillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shma jarohatlangan bolalarga shifoxona bosqichida jarohatning og‘irligiga bog‘liq aniq shaxsga yo‘naltirilgan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirishni takomillashtirish maqsadida maxsus tibbiy-dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
bemorning og‘irlik darajasi va jarohat og‘irligini baholash modeli asosida operatsiya aralashuvi muddati va ketma-ketligini aniqlash orqali jarrohlik davolash taktikasi asoslangan, birinchi bosqichga jarohatlangan organizmning hayotiy muhim faoliyatini monitorlash chiqishi, bu esa o‘z navbatida muayyan holatdagi bemorlarni nazorat qilish jarayonini mukammallashtirgan;
qo‘shma va shokogen jarohatlangan bolalarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning taktika jihatlari va davolash-tashxislash konsepsiyasi jarohat og‘irligi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan ;
bemorning og‘irlik darajasi va jarohatning og‘irligini baholash shkalalari asosida bolalarda jarohatlanish kasalligi kechishining prognozi va oqibatlari aniqlangan, bu o‘z navbatida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bosqichlarida jarohatlangan bemorlarni mukammal davolanishini ta’minlagan;
qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bolalarni tashxislash va davolashning o‘ziga xos xususiyatlari asosida endovideo-xirurgik usullarni qo‘llashning taktik jihatlari aniqlashtirilgan hamda ularni nafaqat jarohatlangan sohalarni tashxislash jarayonida, balki aniqlangan kasalliklarni davolash imkoniyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bolalardagi qo‘shma jarohatlarda tez tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
DGU 02562 raqamli «Qo‘shma jarohat olgan bolalarni kasalxonaga yotqizish bosqichida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirishni optimallashtirish uchun dastur» EHM dasturlari uchun guvohnoma olingan (O‘zbekiston Respublikasi EHM uchun dastur davlat reestrida 2012 yil 9 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan). Mazkur dasturiy patent qo‘shma jarohat olgan bolalarga kasalxonaga yotqizish bosqichida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish, erta tashxislash va davolash barvaqt boshlash orqali tuzalish davrini qisqartirish imkonini yaratgan;
«Bolalar qo‘shma shokogen jarohatlarida tez tibbiy yordam ko‘rsatishda tashxislash-davolash chora-tadbirlari algoritmi» ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 31 iyuldagi 8n-d/165-son ma’lumotnomasi). Mazkur tashxislash-davolash algoritmi qo‘shma jarohat olgan bolalarda kasalxonagacha bo‘lgan bosqichda jarohatning og‘irligini prognozlashga va kelib chiqadigan asoratlarning oldini olishga xizmat qilgan;
bolalar qo‘shma jarohatlarida tez tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RShTYoIM hamda uning Namangan va Samarqand filiallari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 13 avgustdagi 8n-z/164-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini oshirgan, bolalardagi qo‘shma va shokogen jarohatlarni barvaqt aniqlash va nazorat qilib turish, jarrohlik aralashuvlarini amalga oshirish ketma-ketligi va muddatini belgilash, bemorni erta faollashtirish va shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish hisobiga shifoxonada ketadigan xarajatlarni 15% tejashga imkon bergan.