Sultanova Zulfiya Sultanovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston respublikasi sharoitida yumshoq bug‘doy hosili va sifatini oshirishning texnologik asoslarini takomillashtirish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.DSc/Qx83.

Ilmiy maslahatchi: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bobomirzaev Pirnazar Xursanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Amanov Oybek Amanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli tuproq iqlim sharoitlariga mos kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini tanlash, maqbul ekish va oziqlantirish, tuproq sho‘rining salbiy ta’sirini kamaytirish, yuqori va sifatli don hosili etishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy, markaziy va janubiy hududlari o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitiga mos, yuqori hosil va sifatli don beradigan kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining biologik xususiyatlariga mos holatda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishning maqbul me’yorlari ishlab chiqilgan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining asosiy bug‘doy etishtirish markaziy mintaqasi sharoitida yangi adaptiv navlar urug‘larining unuvchangligi, qishlab chiqishi, yig‘in terimga saqlanib qolishi, fotosintetik faoliyati, hosil to‘plash xususiyatlari aniqlangan;

Qoraqalpog‘istonning geografik hududlariga mos yumshoq bug‘doy navlarining jadal o‘sishi va rivojlanishi, yaxshi qishlab chiqishi, sovuqdan saqlanishi, yuqori hosil va sifatli don olishni ta’minlaydigan ekish muddatlari aniqlangan;

kuzgi bug‘doy navlarining maqbul oziqlanish maydoni, yorug‘lik va issiqlik bilan ta’minlanishi, barg yuzasi va quruq modda to‘plashi, oziqa moddalar bilan ta’minlanish darajasi, yuqori va sifatli don hosili shakllanishida urug‘ni maqbul me’yorlarda ekish orqali boshqarish mumkinligi ilmiy asoslangan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining noqulay ekstremal tuproq iqlim sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doyning don va nonboplik sifatini oshiradigan texnologik tadbirlarning maqbul o‘lchamlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida yumshoq bug‘doy hosili va sifatini oshirishning texnologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

bug‘doy etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzgi bug‘doyni etishtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 yanvardagi 04-04/8-01/33-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida fermer xo‘jaliklarida kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili olishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

kuzgi bug‘doyni maqbul muddatlarda ekish texnologiyasi Taxtako‘pir tumani «Tayimbet» fermer xo‘jaligida jami145 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 yanvardagi 04-04/8-01/33-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida don hosildorligi gektariga 43,8-44,9 sentner va rentabellik darajasi 60 foizni tashkil etgan;

kuzgi bug‘doyni gektariga 5,0 mln. dona unuvchan urug‘ me’yorida ekish texnologiyasi Amudaryo, Chimboy, Xo‘jayli va Nukus tumanlari g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida jami 552 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 yanvardagi 04-04/8-01/33-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fermer xo‘jaliklarida kuzgi bug‘doyni maqbul ekish me’yorlarida gektaridan 8,1 sentner qo‘shimcha don hosili olingan;

azotli o‘g‘itlarni maqbul me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi Nukus tumani «Seyit» fermer xo‘jaligida 110 gektar, To‘rtkul tumani «Zakirjon To‘rtko‘l Azamati» fermer xo‘jaligida 29 ga, «To‘rtko‘lli Qumboskon Turoni» fermer xo‘jaligida 26 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 yanvardagi 04-04/8-01/33-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doydan o‘rtacha gekaridan 45,2 sentner don hosili olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish