Tajibaev Soyib Samijonovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgarligida harakatli o‘yinlar­ni qo‘llash metodikasini ilmiy-pedagogik asoslash”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Ped74.

Ilmiy maslahatchi: Xalmuxamedov Rustam Dekanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.

Rasmiy opponentlar: Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Movshovich Aleg Davidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xankel`diev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgar­ligida harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasini ilmiy-pedagogik asoslash bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘smir yakkakurashchilarda tanlangan sport turi bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot­larga bo‘lgan motivatsiyaning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar va sport to‘garaklarini tashlab ketish sabablari [“cport turini tanlashda adashish”, “og‘ir jismoniy yuklamalar”, “mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga motivatsiya­ning mavjud emasligi”, “o‘yin mashg‘ulotlarining kamligi”, “bir xildagi usullar”, “qarindoshlari hamda yaqinlarining boks sport turi yuzasidan etarlicha tushunchaga ega emasligi” va boshqalar] hamda sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan motivatsiya aniqlangan;

boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi o‘smir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgarligida sport turlariga turdosh tabaqalashtirilgan harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasi ishlab chiqilgan;

o‘smir yakkakurashchilarning maxsus jismoniy, psixofiziologik, texnik tayyorgarliklari jarayonini sifatli baholash va nazorat qilishni ta’min­lovchi kompyuter dasturi ishlab chiqilgan;

harakatli o‘yinlar va boks, taekvondo sportiga xos harakat faoliyatlari biokinematikasi o‘zaro taqqoslanib, harakatli o‘yinlardagi elka nuqtasining harakat traektoriyasi 85°burchak ostida burilishi, bokschilarda to‘g‘ridan va yondan zarba berish vaqtidagi elkaning harakat traektoriyasi 87°burchak ostida burilishi, o‘yin vaqtida ishtirokchining raqibga nisbatan perpendikulyar holatga o‘tishi, tos qismining aylanma –  qayrilish ko‘rinishidagi harakatlanishi 62,5°, bokschilarning to‘g‘ridan va yondan zarba berish vaqtda esa ushbu harakat 72,2°burchak ostida burilishi [r=0,85] aniqlangan;

yakkakurash sport turlarida harakat tuzilmasi va o‘zlashtirilayotgan texnik harakatlardagi mushak kuchlanishlari xususiyatiga, bazaviy harakatlar texnikasining biomexanikaviy tavsiflariga muvofiq holda bazaviy texnik ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli egallashga yordam beruvchi harakatli o‘yinlar tabaqalashtirilgan;

o‘smir yakkakurashchilarning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida harakatli o‘yinlardan shug‘ullanuvchilarning kompleks tayyorgarligini takomillashti­ruvchi vosita sifati­da maqsadli foydalanishning metodik yondashuvlari ishlab chiqilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘smir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgarligida harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasini ilmiy-pedagogik asoslash yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:

o‘smir yakkakurashchilarning psixologik tayyorgarligida harakatli o‘yinlar “Boks nazariyasi va uslubiyati” (ro‘yxatga olish raqami-335-034, 2017 y.) darsligi mazmunida o‘z ifodasini topgan. Natijada o‘smir bokschilarning vaziyatga xos xavotirlanish ko‘rsatkichi 16-17%ga yaxshilanishiga, sport motivatsiyasining 21-23%ga rivojla­nishiga xizmat qilgan;

boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘smir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgarligida tabaqalashtirilgan harakatli o‘yinlar “Sport va harakatli o‘yinlar (milliy va harakatli o‘yinlar)” (ro‘yxatga olish raqami-274-275, 2018 y.) darsligi mazmunida o‘z ifodasini topgan. Natijada 11-13 yoshli bokschilarning tezkor kuch sifatlari 19-21%ga, portlovchan chidamlilik indeksi 29-31%ga, portlovchan chidam­lilik koeffisienti 25-28%ga, ish qobiliyati­ning kreatinfosfat indeksi 111-113%ga o‘sishiga erishilgan;

yakkakurashchilarning maxsus jismoniy va psixofiziologik tayyorgar­ligini sifatli baholash va nazorat qilishda zamonaviy instrumental  dastur “Sport pedagogik mahoratini oshirish (Boks)” (ro‘yxatga olish raqami-434-293, 2017 y.) darsligi mazmunida o‘z ifodasini topgan]. Natijada ishlab chiqilgan dasturdagi nazorat mashqlari axborotliligi, validligi, ishonchliligi, olingan natijalarni tez va aniq qayta ishlab chiqishdagi samaradorligi amaliyotda isbotlash imkonini bergan;

harakatli o‘yinlar va yakkakurash sport turlariga xos harakat faoliyat­lari kinematikasini qiyosiy tahlil qilishda 3D o‘lcham yordamida aniqlash metodikasi “Boks nazariyasi va uslubiyati” (ro‘yxatga olish raqami-335-034, 2017 y.) darsligi mazmunida o‘z ifodasini topgan. Natijada harakatli o‘yinlardagi elka nuqtasining harakat traektoriyasi 85° burchak ostida burilishi, bokschilarda to‘g‘ridan va yondan zarba berish vaqtidagi elka nuqtasining 87° burchak ostida burilishi, o‘yin vaqtida ishtirokchining raqibga nisbatan perpendikulyar holatga o‘tishi, tos qismining aylanma – qayrilish ko‘rinishidagi harakatlanishi 62,5° burchak ostida, bokschilar­ning to‘g‘ridan va yondan zarba berish vaqtda esa ushbu harakat 72,2° burchak ostida amalga oshirilishini aniqlash imkonini bergan;

yakkakurash sport turlarida harakat tuzilmasi va o‘zlashtirilayotgan texnik harakatlardagi mushak kuchlanishlari xususiyatiga, bazaviy harakatlar texnikasining biomexanikaviy tavsiflariga muvofiq holda bazaviy texnik ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli egallashga yordam beruvchi harakatli o‘yinlar “Boks nazariyasi va uslubiyati” (ro‘yxatga olish raqami-335-034, 2017 y.) darsligi mazmunida o‘z ifodasini topgan. Natijada 11-13 yoshli bokschilarda oyoqlar yordamida himoyalanish harakatlari 9-13% ga, qo‘llar yordamida himoyalanish harakatlari 11-15%ga, gavda yordamida himoyalanish harakat­lari 17-19%ga yaxshilanishiga xizmat qilgan;

o‘smir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgarligini takomillashtiruvchi vosita sifatida harakatli o‘yinlardan maqsadli foydalanishning metodik yondashuv­lari ishlab chiqilib “Sport va harakatli o‘yinlar (milliy va harakatli o‘yinlar)” (ro‘yxatga olish raqami-274-275, 2018 y.), “Taekvon­do nazariyasi va uslubiyati” (ro‘yxatga olish raqami -32-027, 2017 y.) darsligi mazmunida o‘z ifodasini topgan. Natijada 11-13 yoshli bokschilarning chaqqonlik sifati 11,8-13,5%ga, tezkor-kuch sifatlari 15-17%ga, kuch sifati 18,5-23,8%ga, egiluvchanlik 41-47%ga, chidamlilik 14-16%ga o‘sishiga, 10-13 yoshli taekvondochilarning tezkor-kuch sifatlari 18-21%ga, portlovchan chidamlilik indeksi 28-33%ga, portlovchan chidamlilik koeffisienti 25-28%ga, ish qobiliyatining kreatinfosfat indeksi 31-32%ga o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish