Azimova Dilnoz Ergashevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Molguzar tizmasining florasi», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B14.

Ilmiy rahbar: Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.B.39.01.

Rasmiy opponentlar: Xasanov Furqat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Haydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Molguzar tizmasi florasini to‘liq inventarizatsiya qilish va uning Tog‘lio‘rtaosiyo provinsiyasi Ko‘histon okrugi florasi tarkibida mustaqil botanik-geografik o‘rnini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Molguzar tizmasi florasining 84 oila va 465 turkumga mansub 1255 turni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy konspekti tuzilgan;

ilk bor O‘zbekiston florasi uchun 2 tur, Pomir-Oloy florasi uchun 2 tur, Molguzar tizmasi florasi uchun 56 tur keltirilgan;

florada Tog‘lio‘rtaosiyo hamda Qadimiyo‘rtaerdengizi areal sinflariga mansub turlarning ustunlik qilishi aniqlangan;

Molguzar tizmasini Tog‘lio‘rtaosiyo provinsiyasi Ko‘histon okrugi florasi tarkibida mustaqil botanik-geografik rayon sifatidagi o‘rni asoslangan hamda Ko‘histon va Nurota botanik-geografik okrugi chegaralari aniqlangan;

kamyob va endem turlarning o‘sish joylari aniqlangan va o‘rganilgan hududda GAT asosida ularning tarqalishini aks ettiruvchi xaritalar tuzilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Molguzar tizmasi florasini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:

Molguzar tizmasi yuksak o‘simliklari florasining tizimli ma’lumotlar bazasi, kamyob va yo‘qolib borayotgan tur populyasiyalarining GAT xaritalari Jizzax viloyati tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 5 oktyabrdagi 03-01/12-4560-son ma’lumotnomasi). Natijalar kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarni muhofaza qilish, davlat kadastrini yuritishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;

Molguzar tizmasining 84 oila, 465 turkumga mansub bo‘lgan 1255 turining konspekti, kamyob va endem turlarning tarqalgan hududlari bo‘yicha natijalari VA-FA-F5-010 raqamli «O‘zbekiston tabiiy florasining ikki urug‘pallali o‘simliklari sistematikasi» mavzusidagi loyihada Tog‘lio‘rtaosiyo provinsiyasining Ko‘histon okrugi florasi tarkibini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 7 dekabrdagi FTA-02-11/1281-son ma’lumotnomasi). Natijalar 1983 turdagi yuksak o‘simliklarning zamonaviy konspektini tuzish, kamyob va endem turlari tarkibini aniqlash, o‘sish nuqtalarini GAT xaritalash, xo‘jalik ahamiyatiga ega turlarini ajratish va iqtisodiy tarmoqlarda barqaror foydalanish imkonini bergan;

Molguzar tizmasining 55 oila, 350 turkum, 800 turga mansub yuksak o‘simliklarining namunalari Botanika instituti Markaziy gerbariysi (TASH) noyob ob’ektiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 7 dekabrdagi 4/1255-2581-son ma’lumotnomasi). Namunalar Ko‘histon botanik-geografik okrugi o‘simliklari kolleksiyasini boyitgan va kamyob hamda noyob o‘simliklarni tahlil qilish, shuningdek FLORUZ ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish