Riskiev Umidulla Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Operatsiyadan keyingi qorin ichi asoratlarining tashxisi va davolashda dasturlangan videolaparoskopiya», 14.00.40–Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib178.
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.28.02.2018.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Minnullin Il`dar Pulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Ermetov Aziz Tashmetovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.I.Djanelidze nomli Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tekshirish instituti davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endoxirurgik amaliyotlarni takomillashtirish va yangi tashxis-davo algoritmini ishlab chiqish yo‘llari bilan operatsiyadan keyingi erta qorin ichi asoratlarni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
operatsiyadan keyingi erta qorin ichi asoratlarni tashxislash va davolashda egiluvchan endoskop bilan amalga oshiriladigan videolaparoskopiya usuli ishlab chiqilgan;
egiluvchan endoskop bilan amalga oshiriladigan dasturlangan videolaparoskopiya samaradorligini oshirish maqsadida qorin bo‘shlig‘ida laparoskopiya va manipulyasiyalar uchun qurilmasi ishlab chiqilgan;
drenaj naylarni ichidagi fibrin tiqinlarni tozalash maqsadida qorin bo‘shlig‘ini drenajlash uchun qurilma ishlab chiqilgan;
laboratoriya va instrumental ma’lumotlarni hisobga olgan holda operatsiyadan keyingi erta qorin ichi asoratlarining differensial operatsion taktikasini tanlash uchun tashxisiy davolash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Operatsiyadan keyingi erta qorin ichi asoratli bemorlarda tashxis va davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«videolaparoskopiya usuli» uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 04782-2012 y.). Taklif etilgan usulni operatsiyadan keyingi davrda bemorlarda qo‘llanilishi tashxis qo‘yishning vaqtini qisqartirish hamda behuda relaparotomiya sonini kamaytirish imkonini bergan;
«qorin bo‘shlig‘ini drenajlash uchun qurilma»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali qurilmaga patenti olingan (FAP 00858-son foydali model uchun patent, 2012 yil). Taklif etilgan qurilmani peritonitli bemorlarda qo‘llanishi o‘rnatilgan drenaj naylarning o‘tkazuvchanligini yaxshilanishini imkonini bergan;
«qorin bo‘shlig‘ida laparoskopiya va manipulyasiyalar o‘tkazish uchun naycha» O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligidan foydali qurilmaga patenti olingan (№FAP 00961-2013 y.). Takomillashtirilgan ushbu qurilma operatsiyadan keyingi erta qorin ichi asoratining tashxisi samarodorligini oshirish imkonini bergan;
operatsiyadan keyingi erta qorin ichi asoratining tashxisi va bemorlarni davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishining olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, RShTYoIM, tez tibbiy yordam ko‘rsatish klinikasi va RShTYoIMning Toshkent viloyati filiali amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 27 fevraldagi 8n-d/29-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot olingan natijalar operatsiyadan keyingi erta qorin ichi asoratining tashxisi sifatini yaxshilash, behuda relaparotomiyalar sonini 5,2%dan 1,6%gacha va o‘lim ko‘rsatkichini 71,4%dan 40,9% gacha kamaytirish imkonini bergan.