Rasulova Feruza Fayzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06–Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Psi43.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meliqulovich,psixologiya fanlari doktori, professor; To‘ychieva Saodat Melikuzievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo‘lishining psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi tadbirlari samaradorligini oshirish hamda metodik jihatdan takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik, o‘rta, katta o‘smirlarga xos agressiv mayllarning tabaqalashtirilgan ichki evolyusiyasi hamda agressiya shakllari o‘rtasidagi bog‘liqlikni jinsga ko‘ra tafovutlanishining xulq-avtor va ijtimoiy munosabatlarini shartlovchi psixologik omillari aniqlangan;
ota-ona bilan bola munosabatlarida qabul qilish va kooperatsiya tarbiya uslublari agressiyaning kuchayishini hamda avtoritar giperijtimoiylashuv tarbiya uslubi agressiyaning pasayishini ta’minlovchi psixologik omillar ekanligi aniqlangan;
agressiv o‘smirlar xulq-atvorini psixoprofilaktika qilish va psixokorreksiyalash maqsadida “Xulq-atvorni modifikatsiyalash treningi” psixologik trening dasturi ishlab chiqilgan;
agressiyaga moyil o‘smirlar xulq-atvorini psixoprofilaktika qilish va psixokorreksiyalash maqsadida ota-onalar, pedagoglar va psixologlar hamkorlikda samarali ish olib borishining algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smirlik davrida agressiv xulq-atvorning yosh, jins va individual psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagogik jamoasi bilan olib boriladigan psixologik ma’rifat ishlarini amalga oshirishda qo‘llanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 14 noyabrdagi 01-477-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida pedagoglarning muammoli o‘quvchi yoshlar bilan ishlashda individual yondashuv malakalarini takomillashtirishga erishilgan;
agressivlikning o‘smirlik davridagi ichki evolyusiyasi va motivlari xaqidagi pedagogik tasavvurlar bo‘yicha yig‘ilgan bilimlar umumta’lim maktablari amaliy psixologlari kasbiy tayyorgarligini oshirish uchun qo‘llangan (Respublika Psixologik-pedagogik tashxis markazining 2018 yil 1 maydagi 01/10-01-88-son ma’lumotnomasi). Bu esa umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga psixologik yordam amaliyoti sifatini oshirishga xizmat qilgan;
agressiv xulq-atvorga moyillikni korreksiya qilish uchun mo‘ljallangan ijtimoiy-psixologik trening dasturini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholash yuzasidan olingan natijalar umumiy o‘rta ta’lim maktabi psixologik xizmat tizimiga joriy qilingan (Respublika Psixologik-pedagogik tashxis markazining 2018 yil 1 maydagi 01/10-01-88-son ma’lumotnomasi). Bu esa umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari faoliyatining metodik bazasi ta’minotini yaxshilashga yordam bergan;
agressiyaga moyil o‘smirlar xulq-atvorini psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyalash maqsadida ota-onalar, pedagoglar va psixologlar hamkorlikda samarali ish olib borishi algoritmini ishlab chiqishga doir qo‘lga kiritilgan natijalar, ishlab chiqilgan metodik vositalar ta’lim muassasasi psixologlari, pedagoglari, ota-onalar bilan amaliy va ilmiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishda qo‘llanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 14 noyabrdagi 01-477-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida maktab va oila o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga erishilgan.