Aliev Mansur Abduxolikovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Posttravmatik serebral araxnoiditlarning zamonaviy diagnostikasi va kompleks davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.28–Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.1.PhD/Tib121.

Ilmiy rahbar: Mamadaliev Abdurahmon Mamatqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.28.02.2018.Tib.62.01.

Rasmiy opponentlar: Ahmediev Mahmud Mansurovich, tibbiyot fanlari doktori; Mahkamov Kozim Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Fujita tibbiyot universitetining Neyroxirurgiya departamenti (Yaponiya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: posttravmatik serebral araxnoiditlarda zamonaviy laborator va neyrovizualizatsiya usullarining (MSKT, MRT, MRS) diagnostik ahamiyatini aniqlash va neyroxirurgik kompleks davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

posttravmatik serebral araxnoidit kuzatilgan bemorlarda bosh miyaning diffuz va o‘choqli o‘zgarishlari bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan holda alohida ifodalanishi hamda diffuz o‘zgarishlarda atrofik jarayonning kechishi va likvor yo‘llarining kengayishi, o‘choqli o‘zgarishlarda esa kistoz, glioz va chandiqli jarayonlarning ustunlik qilishi isbotlangan;

posttravmatik serebral araxnoiditlarda qon zardobi va likvordagi ettita makro- va mikroelementlar miqdoriy o‘zgarishlari (K, Ca, Cl miqdorining pasayishi, Na, Fe, Mg, P lar miqdorining esa me’yoriy ko‘rsatkichdan baland bo‘lishi) isbotlangan;

posttravmatik serebral araxnoiditlarni davolashda neyroxirurgik miniinvaziv endolyumbal ozon va piratsetam insufflyasiyasi va endokistal ozon yuborish yo‘li bilan davolash uslubi takomillashtirilgan;

posttravmatik serebral araxnoiditlarni MR-spektroskopiya yordamida tekshirish natijasida bosh miyada yuz bergan diffuz va o‘choqli o‘zgarishlar sohasidagi lokal metabolitlarning patologik substrat xarakteriga ko‘ra, NAA, Sh, Cr, Gl-larning miqdoriy kamayishi va La, Ala kabi anaerob metabolitlarning ko‘payishi isbotlangan;

posttravmatik serebral araxnoiditlarda endolyumbal ozon va piratsetam insufflyasiyasi hamda araxnoidal kistalarga endokistal ozon yuborish usullari bilan davolashdan keyin qon zardobi va likvordagi makro- va mikroelementlar miqdorining me’yorlashishi klinik-nevrologik simptomlar regressiyasi bilan korrelyativ bog‘liq ekanligi isbotlangan;

posttravmatik serebral araxnoidit kuzatilgan bemorlarda klinik-nevrologik, neyrorentgenologik, laborator tekshiruvlari hamda endolyumbal ozon va piratsetam insufflyasiyasi va endokistal ozon yuborish usullaridan iborat bo‘lgan kompleks tashxislash va neyroxirurgik davolash harakatlari tizimi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Posttravmatik serebral araxnoiditlarni tashxislash va neyroxirurgik davolashni takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Posttravmatik serebral araxnoiditlarni davolashda endolyumbal ozon va piratsetam insufflyasiyasi va endokistal ozon yuborish yo‘li bilan bajariladigan takomillashtirilgan jarrohlik uslubi Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-klinikasi neyroxirurgiya bo‘limida, Samarqand shahri tibbiyot birlashmasi neyroxirurgiya bo‘limida va Samarqand viloyat travmatologiya va ortopediya shifoxonasining neyroxirurgiya bo‘limida, Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi neyroxirurgiya bo‘limi amaliyotida uslubiy tavsiyanoma sifatida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 14 oktyabrdagi 8n-d/61-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar PTSAlarni tashxislash sifatini yaxshilash hamda davolash uslublarini optimizatsiyalashga imkon yaratib, kasallikdagi klinik-nevrologik o‘zgarishlarning sezilarli ijobiy o‘zgarishiga, ya’ni og‘ir darajali o‘choqli simptomlarning o‘rtacha 3 martaga, kuchli ifodalangan umumiy miya simptomlarining 7,5 martagacha kamayishiga; epileptik xurujlarning 82,9% bemorlarda to‘xtashiga sabab bo‘ldi, bu esa iqtisodiy jihatdan davolashning qulayligini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish