Axmedov Djabbarxan Djamalxanovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Thielaviopsis basicolani o‘rganish asosida g‘o‘zaning qora ildiz chirish kasalligiga chidamli seleksion ashyolar yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Qx54.

Ilmiy maslahatchi: Avtonomov Viktor Aleksandrovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Narimanov Abdujalil Abdusamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rizaeva Sofiya Mamedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xasanov Botir Ochilovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning janubida T.basicola kasalligi bilan zararlangan o‘simliklardan ajratib olingan T.basicola zamburug‘ining yuqori patogenli shtammidan sun’iy zararlantirilgan fonda turlararo va navlararo duragaylash asosida yangi seleksion qimmatli boshlang‘ich, duragay va seleksion ashyolarni yaratishdan iborat.

II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor T.basicola zamburug‘ining yanada agressiv aborigen shtammlari ajratib olingan, ularning patogenligi aniqlangan;

T.basicolaning ajratib olingan va seleksion shtammlaridan foydalangan holda sun`iy (laboratoriya va dala sharoitida) zararlangan fon yaratilgan;

G.hirsutum va G.barbadense turlariga mansub g‘o‘za navlari ishtirokida yaratilgan boshlang‘ich va duragay ashyolarni nazorat (tabiiy) fonida hamda T.basicola patogeni bilan sun’iy zararlantirilgan fonda baholangan;

T.basicola bilan zararlanishga yuqori chidamli va qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqori ko‘rsatkichlariga ega o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarini duragaylashga jalb etish samarali ekanligi aniqlangan;

g‘o‘za o‘simligining T.basicola bilan zararlanish belgisining o‘zgaruvchanligi, irsiylanishi nasldan-naslga berilishi va tezpisharlik, o‘simlik mahsuldorligi, tola sifati va miqdori bilan bog‘liqligining ayrim genetik qonuniyatlari, kam zararlanadigan ota-ona namunalarining to‘liqsiz dominantlik samarasi aniqlangan;

sun’iy fonda ajratilgan va chatishtirishda foydalanilgan, zarlangan navlar boshlang‘ich shakllar, yuqori chidamlilikka ega duragay va seleksion ashyolar hamda qora ildiz chirish kasalligiga chidamlilikni yuqori tezpisharlik, hosildorlik va miqdori tola sifati uyg‘unlashgan yangi navlarni yaratish samaraligi aniqlangan;

sun’iy zararlantirilgan fondan foydalanilgan holda T.basicola bilan kuchsiz zarlangan navlar turlararo va navlararo chatishtirish asosida T.basicola kasalligiga yuqori chidamliligi bilan bir qatorda, muhim xo‘jalik belgilari majmuiga ega  bo‘lgan g‘o‘zaning duragaylari, oila, tizma va navlari yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Thielaviopsis basicolani o‘rganish asosida g‘o‘zaning qora ildiz chirish kasalligiga chidamli seleksion ashyolar yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

g‘o‘zaning S-6575 navi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti olingan (NAP 0019). Natijada o‘rta tolali S-6575 g‘o‘za navi nazorat naviga nisbatan gektaridan 14,9 foiz yuqori rentabellik darajasiga erishilgan;

sun’iy zararlantirilgan dala va laboratoriya fonlarida turlararo va navlararo duragaylash asosida yangi o‘rta tolali S-6575 hamda ingichka tolali Surxon-104 g‘o‘za navlari yaratilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil noyabrdagi 02/20-612-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu yangi yaratilgan o‘rta tolali S-6575 va yangi ingichka tolali Surxon-104 navlardan gektaridan 7,0 va 3,8 sentner qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan;

turlararo duragaylash asosida yaratilgan yangi qora ildiz chirish kasalligiga yuqori chidamli, mahsuldor, tezpishar, yuqori tola chiqimi va IV tip tola sifatiga ega yangi o‘rta tolali S-6575 g‘o‘za navi 2017 yilda Namangan viloyati Uychi tumanida “Qizil-Rovot” yangi g‘o‘za navlarini dastlabki ko‘paytirish elita urug‘chilik xo‘jaligida 3,7 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil noyabrdagi 02/20-612–son ma’lumotnomasi). Bunda o‘rta tolali S-6575 g‘o‘za navidan gektariga qo‘shimcha 7,0 sentner paxta hosili olingan, rentabellik darajasi 27,2 foizni tashkil etgan;

navlararo duragaylash asosida yaratilgan yangi qora ildiz chirishga chidamli yangi ingichka tolali Ia tipga mansub Surxon-104 navi 2017 yilda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Jarqo‘rg‘on” dastlabki ko‘paytirish elita urug‘chilik xo‘jaligida 2,6 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 27 noyabrdagi 02/20-612-son ma’lumotnomasi). Natijada ingichka tolali Surxan-104 g‘o‘za navidan gektariga 3,8 sentner qo‘shimcha paxta hosil olingan, rentabellik darajasi 97,8 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish