Bobojonov Azizjon Babaxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda axborot mahsulotlari va xizmatlari biznesini rivojlantirishning uslubiy jihatlari», 08.00.14–Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.1.PhD/Iqt72.
Ilmiy rahbar: Begalov Bahodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Qo‘chqorov Toxir Safarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborot mahsulotlari va xizmatlari biznesini rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularning bozor narxini belgilash jarayonlariga ekonometrik modellarni tatbiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi jarayonida axborot mahsulotlari va xizmatlari industriyasini infratuzilma, elektron ta’lim, bulutli texnologiyalar, autsorsing, elektron tijorat asosida rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
kompaniyalar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining bevosita ta’sirini Kobb-Duglas modeli asosida ishlab chiqarish hajmi, sarflangan vaqt, ishlab chiqarish darajasi, axborot mahsulotlari va xizmatlariga kiritilgan investisiya, mehnat xarajatlari kabi omillarni qamrab olgan holda baholash yondashuvi takomillashtirilgan;
axborot mahsulotlari va xizmatlari narxlarini ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot sifati, ularning bozordagi ulushi, rentabelligi, kutilayotgan sotuv hajmi kabi omillar asosida optimal belgilash yondashuvi taklif qilingan;
axborot mahsulotlari va xizmatlarining sifatiga iste’molchilar tomonidan qo‘yiladigan talablar (funksionallik, unumdorlik, foydalanish qulayligi, ob’ektivlik, shaffoflik, aniqlilik, ishonchlilik, moslashuvchanlik) va tashqi hamda ichki ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda sifatini baholash taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborot mahsulotlari va xizmatlari biznesini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi jarayonida axborot mahsulotlari va xizmatlari industriyasini infratuzilma, elektron ta’lim, bulutli texnologiyalar, autsorsing, elektron tijorat asosida rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi faoliyatini tashkil qilishda foydalanilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2017 yil 5 sentyabrdagi 01/3-01-19/2-1094-son ma’lumotnomasi). Natijada AMX ishlab chiqarish jarayonlari, ularni mahalliy va xorijlik iste’molchilarga sotish jarayonlari takomillashtirilgan;
kompaniyalar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining bevosita ta’sirini Kobb-Duglas modeli asosida ishlab chiqarish hajmi, sarflangan vaqt, ishlab chiqarish darajasi, axborot mahsulotlari va xizmatlariga kiritilgan investisiya, mehnat xarajatlari kabi omillarni qamrab olgan holda baholashning takomillashtirilgan yondashuvi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2017 yil 5 sentyabrdagi 01/3-01-19/2-1094-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilayotgan axborot mahsulotlari va xizmatlariga sarflanadigan xarajatlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Mehnat xarajatlari 17 % ga qisqartirilib, texnik vosita-lariga xarajatlar 24 % ga oshirilgan;
axborot mahsulotlari va xizmatlari narxlarini ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot sifati, ularning bozordagi ulushi, rentabelligi, kutilayotgan sotuv hajmi kabi omillar asosida optimal belgilash yondashuvi bo‘yicha takliflar Davlat statistika qo‘mitasining Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2017 yil 5 sentyabrdagi 01/3-01-19/2-1094-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etish natijasida AMXning real haridorlari va ularning ehtiyojlarini o‘rganishga erishilgan. AMXni sotish hajmi 27 % va uning geografiyasi 4 barobarga o‘sgan;
axborot mahsulotlari va xizmatlarining sifatiga iste’molchilar tomonidan qo‘yiladigan talablar (funksionallik, unumdorlik, foydalanish qulayligi, ob’ektivlik, shaffoflik, aniqlilik, ishonchlilik, moslashuvchanlik) va tashqi hamda ichki ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda sifatini baholash bo‘yicha takliflari «Bepro Norma» kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan «Bepro Norma» kompaniyasining 2017 yil 25 sentyabrdagi 113-son ma’lumotnomasi). Natijada «Bepro Norma» kompaniyasi taklif etayotgan axborot mahsulotlari va xizmatlarining sifatini baholash yo‘lga qo‘yilib, internet orqali ularning marketingini yuritish yo‘nalishlari aniqlangan.