Eshonkulova Nafisa Tirkashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Termokserofit Capparis spinosa L. o‘simligi yordamida dasht va cho‘l zonalarini o‘zlashtirish va biotexnologik mahsulotlar olish biotexnologiyasi», 03.00.12–Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B43.
Ilmiy rahbar: Axmedova Zaxro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuxamedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori; Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Botanika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mikrobiologik preparatlar bilan Capparis spinosa L o‘simligiga ishlov berish va uni O‘zbekistonning cho‘l hududlarida o‘stirib, o‘simlik mevalari asosida oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash biotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston arid hududlarida kovul o‘simligini tosh urug‘lariga ksilotrof zamburug‘i Aspergillus terreus H9 fermenti orqali ishlov berish, uning samarador, unib chiqish darajasini 91,0% gacha ko‘taradigan yangi enzimotexnologik uslubi ishlab chiqilgan;
Capparis spinosa o‘simligi urug‘ va ko‘chatlariga ekologik xavfsiz «Mikrozim-2» preparati qo‘llanilganda arid hududlari o‘zlashtirilishida tuproq unumdorligi oshganligi aniqlangan;
arid hududlarda kovul etishtirish jarayonida tuproqning biologik faolligi, mikroorganizmlar miqdor ko‘rsatkichi, fermentativ faolligi, nafas olishi, gumus va azot miqdorlari oshganligi isbotlangan;
yovvoyi va madaniylashtirilgan o‘simliklarning vegetativ organlari qiyosiy morfologik o‘zgarishlari, rivojlanishi, fitomassa chiqimi, meva elementlari, xosildorligi, mevalarining biokimyoviy tarkibining solishtirma ko‘rsatkichlari aniqlangan;
kovul sarhil mevasi tarkibidagi tannin, oshlovchi moddalarning miqdorlarini zamburug‘ fenoloksidaza fermentlari yordamida mo‘’tadillashning enzimatik usuli ishlab chiqilgan;
kovul gulg‘unchasining xamirturush faolligini, biomassa chiqimini, o‘sish vaqtining qisqartirilishiga olib kelishi va uning yordamida tayyorlangan proflaktik xususiyatiga ega non mahsuloti tayyorlash resepturasi ishlab chiqilgan;
madaniylashtirilgan kovul meva elementlaridan tayyorlangan ozuqa mahsulotlarining xavfsizlik va toksikologik xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Termokserofit Capparis spinosa L. o‘simligi yordamida dasht va cho‘l zonalarini o‘zlashtirish va biotexnologik mahsulotlar olish biotexnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Capparis spinosa L. (kovar) o‘simligi Jizzax viloyatining G‘allaorol, Baxmal, Sh.Rashidov tumanlarining fermer xo‘jaliklarida dasht va cho‘l hududlarini o‘zlashtirish va biomelioratsiya qilishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 14 noyabrdagi 02/20-586-son ma’lumotnomasi). Natijada cho‘l zonalarida o‘sadigan o‘simliklar maydonlari kengaytirish va tuproqning unumdorligi, biologik, ekologik holatlari yaxshilanish imkonini bergan;
termokserofit Capparis spinosa L. kovar o‘simligi Jizzax viloyatining Zafarobod tumani “Kovulchilik va dorivor o‘tlar” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 14 noyabrdagi 02/20-586-son ma’lumotnomasi). Natijada kovar o‘simligini qalamchasi va urug‘idan ekib ko‘paytirilgan hamda cho‘l zonalarini o‘zlashtirilishiga tuproqning meliorativ holati yaxshilanish imkonini bergan.