Mirzaeva Adolat Usmonboevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy O‘zbekiston sharoitida Argasidae kanalari parazitar tizimining shakllanish xususiyatlari», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B82.

Ilmiy rahbar: Akramova Firuza Djalaliddinovna, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.

Rasmiy opponentlar: Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlari doktori; Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy O‘zbekiston sharoitida Argasidae oilasi kanalari tur tarkibi, dominant turlarining ekologiyasi va hayot sikllarini hamda argazid kanalari so‘lak bezi sekretlarining biologik faolligini aniqlash va kanalarga takomillashgan qarshi kurash usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Argas va Ornithodoros avlodlari kanalarining Janubiy O‘zbekiston ekosistemalarida landshaftlar bo‘yicha tarqalishi ochib berilgan;

“argazidlar-umurtqalilar” parazitar tizimining shakllanish va moslanish xususiyatlari aniqlangan;

Argasidae kanalarining haroratga bog‘liq holda nafas olish xususiyatlari aniqlangan;

argazid kanalari so‘lak bezlari sekretlaridan biologik faol moddalar ajratib olingan va toksik xususiyatlari aniqlangan;

kana so‘lak bezlari sekretlari biologik faol birikmalarining hayvonlar qon-tomir tizimiga relaksant va antikoagulyant ta’siri isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Janubiy O‘zbekiston sharoitida Argasidae kanalari parazitar tizimining shakllanish xususiyatlarini tadqiq qilishdan olingan natijalar asosida:

Argasidae kanalariga qarshi takomillashgan TN-1 o‘simlik preparati va Ektosan kimyoviy preparati parrandachilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 21 iyuldagi 02/13-49-son ma’lumotnomasi). Natijada TN-1 o‘simlik preparati qo‘llanilganda o‘rtacha 85%, Ektosan preparati bilan parrandalarni kanasizlantirish o‘rtacha 80% samaradorlikka erishish imkonini bergan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi parrandachilik fermer xo‘jaligida Neostomozan preparati argasid kanalariga qarshi qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 31 oktyabrdagi 25/04-86-son ma’lumotnomasi). Neostomozan preparati bilan parrandalarni kanasizlantirish o‘rtacha 75% kamaytirish imkonini bergan;

Argas avlodi kana turlarini so‘lak bezi komponentlaridan ajratib olingan 5 xil oqsil fraksiyalari virusologiya amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 11 dekabrdagi 012-5/2569-son ma’lumotnomasi). Natijada kanalar so‘lak bezi komponentlarining spesifik-antikoagulyant ta’sirini aniqlash va fraksiyalar tarkibida viruslar genomi yo‘qligini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish