Raximov Toxir Xakimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan oksidlovchi polimer nanokatalizatorlarning sintezi va fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.04–Fizik kimyo; 02.00.12–Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/K8.
Ilmiy maslahatchi: Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Miraxmat Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Umarov Abdusalom Vaxitovich, texnika fanlari doktori, professor; Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan oksidlovchi polimer nanokatalizatorlarning sintez qilish va ularning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor polimer tolalarda palladiy tutgan nanozarrachalarning o‘z-o‘zidan hosil bo‘lishining fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
polimer matrisadagi polimer tashuvchining tabiatini o‘zgartirib turgan holda nanozarrachalarning o‘lchamlarini boshqarish aniqlangan;
palladiy nanozarrachalari bilan modifisirlangan polimerlar ishtirokida tebranishlar davri katta bo‘lgan ossillyasiyalar bilan boradigan SOni past xaroratlarda oksidlanish reaksiyasining avtokatalitik xarakteri isbotlangan;
polimer matrisadagi palladiy nanozarrachalarini o‘lchami bilan katalitik faollik o‘rtasidagi bog‘lanish borligi asoslangan;
nanozarrachalargagina xos bo‘lgan va ularning xossalariga javob beradigan fazaviy holatlarni mavjud bo‘lish chegaralarini aniqlash uchun yaratilgan nazariy model asosida chegaraviy o‘lchamlarni hisoblash usuli ishlab chiqilgan hamda ushbu nanozarrachalar o‘lchamlarini nanotizimlardan talab qilinadigan xossalarning maksimal qiymatlari aniqlangan;
tashuvchilar sirtida joylashgan palladiy tutgan nanozarrachalarning tarkibidagi faol markazlar kristall panjaraning qirralarida emas, balki fasetlarida joylashishi va bu esa boshqa nanozarrachalar tutgan tizimlarda ham kuzatilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan oksidlovchi polimer nanokatalizatorlarning olish va ularning xossalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nazariy model asosida ishlab chiqilgan surtilgan nanokristallarning faol fraksiyalarining o‘lchamlari chegarasini hisoblash usuli «O‘ZKIMYoSANOAT» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘ZKIMYoSANOAT» AJning 2016 yil 14 avgustdagi 10/2355/Ch-son ma’lumotnomasi). Natijada samarali o‘lchamlarga ega bo‘lgan nanokatalizator zarralarini olish va qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
nanokristallarni faol fraksiyalarini chegaraviy o‘lchamlarini hisoblash usuli «Maksam Chirchiq» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘ZKIMYoSANOAT» AJning 2016 yil 14 avgustdagi 10/2355/Ch-son ma’lumotnomasi). Natijada ammiak ishlab chiqarishdagi gazlarning konversiyasi jarayonida qo‘llaniladigan nanokatalizator zarrachalarining optimal o‘lchamlarini aniqlash imkonini bergan;
nanokristallarning faol fraksiyalari o‘lchamlarining chegarasini hisoblash usuli 3467352435/2016/Rus raqamli «Razrabotka i vivod na mirovoy rinok serii lekarstvennix preparatov na osnove nanoplatformi novogo pokoleniya BIND AccurinsTM» mavzusidagi loyihani bajarishda turli ko‘rinishdagi nanotizimlar va nanomateriallarning faolligi chegara o‘lchamlarini aniqlashda foydalanilgan (Tibbiy ta’lim xalqaro institutining (Rossiya) 2017 yil 20 fevraldagi 35/17-son ma’lumotnomasi). Natijada nanoplatformalar asosida dori vositalarining yangi avlodini yaratish imkonini bergan;
«Joylashtirilgan nanokristallarning faol fraksiyalari o‘lcham chegaralarini aniqlash» usuli F-7-012 raqamli «Ion tutuvchi metallar model sistemalari strukturasi va yuza markazlarining shaklanish qonuniyatlari va ular asosida neft` va gazni qayta ishlash gidrogenizatsion jarayoni katalizatori» fundamental loyihasida sintez qilib olingan katalizatorlar namunalarini faol strukturalari o‘lchamlarini va olingan natijalarni katalitik faolligi orasidagi bog‘liqlikni aniqlashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 7 noyabrdagi FTA-02-11/1035-son ma’lumotnomasi). Natijada katalizatorlarning eng faol strukturalari o‘lchamini (5,0–10,0 nm) aniqlash imkoniyati yaratilgan.