I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan sharoitida resurstejamkor qishloq xo‘jaligiga asoslanib qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik va 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DScQx94.
Ilmiy maslahatchi: Xalilov Nasriddin Xalilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nazarbay Madraimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Salomov Shavkat Turabovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Boboev Saidmurod Kimsanbaevich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyoda sug‘oriladigan dehqonchilik tizimlarida qishloq xo‘jaligida tuproqni himoyalovchi va resurstejovchi texnologiyalar amaliyoti asosida resurstejovchi qishloq xo‘jaligi amaliyotining qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga va tuproq unumdorligiga ta’sirini, qiyoslash va ishlab chiqarishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tuproqqa ishlov bermasdan urug‘larni ekish, o‘simlik qoldiqlarini tuproq yuzasida qoldirish, yangi almashlab ekish tizimlarini qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlarda yangi texnologiyani an’anaviy, minimal ishlov berish texnologiyalari bilan qiyoslanib uning ilmiy, ekologik, iqtisodiy jihatdan afzalliklari isbotlangan;
O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarda sug‘oriladigan erlarda tuproqni himoya qiluvchi hamda resurstejamkor ekinlarni etishtirish yangi texnologiyalari mintaqalar tuproq iqlim sharoiti, ekinlar turlari, navlari, biologik xususiyatlariga mos holda ilmiy asosda ishlab chiqilgan;
tadqiqotlarda yangi davr talablaridan kelib chiqqan holda qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimlari ishlab chiqilgan hamda ularning resurstejamkor qishloq xo‘jaligida ekinlardan mo‘l sifatli hosil olishga tuproq unumdorligini ijobiy ta’siri asoslangan;
Tojikistonda afrika tarig‘i, O‘zbekistonda soya, Qozog‘istonda mosh ekinlari tuproqqa ishlov bermasdan ekish usulida etishtirilib ularning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, hosil strukturasi aniqlangan;
Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonning bioiqlim resurslaridan foydalanishni to‘laroq ta’minlaydigan holda resurslarni tejashni tuproq unumdorligini oshirishni, tuproq degradatsiyasining oldini olishga imkon beradigan yangi texnologik tizimni agronomik, ekologik, iqtisodiy jihatlari tahlil qilingan holda nazariy yo‘nalishlar istiqbollar ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan sharoitida qishloq xo‘jaligida resurstejovchi texnologiyalarni qo‘llash orqali ekinlarni etishtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasi asosida:
kuzgi bug‘doy, soya va mosh ekinlari tuproqqa ishlov bermasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, doimiy pushtaga ekish, urug‘ ekish chuqurligi, muddati va o‘g‘it me’yorlari hamda muddatlari asosida etishtirish texnologiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatining fermer xo‘jaliklarida jami 1374 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 31 yanvardagi 02/20-44-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jalik ekinlarini resurstejovchi texnologiyalar bilan etishtirishda yoqilg‘i moylash materiallarini 80 foizga iqtisod qilingan va hosildorlik 15 foizgacha oshgan, iqtisodiy samaradorlik geketariga 1,0–3,0 mln. so‘mni tashkil etgan;
makkajo‘xori, kuzgi bug‘doy va mosh ekinlari qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimini resurstejovchi texnologiyalari Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi Qazig‘urt va Sayram tumanlaridagi fermer hamda shirkat xo‘jaliklarida jami 2783 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligining 2017 yil 31 yanvardagi 02/20-44-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doy, makkajo‘xorini erni haydalmasdan, urug‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekuvchi seyalka bilan ekilganda hosildorlik an’anaviy ekish usuliga nisbatan 20-25 foizga yuqori bo‘lishi bilan birgalikda gektaridan 736,5 AQSh dollari foyda olishga erishilgan;
doimiy pushtaga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish texnologiyalari asosida etishtirilgan kuzgi bug‘doy, mosh va afrika tarig‘i Tojikistonning Xatlon viloyatidagi Dang‘ara va Hisor tumanidagi fermer xo‘jaliklarida jami 500 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligining 2017 yil 31 yanvardagi 02/20-44-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida pushtaga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish texnologiyalarini qo‘llash orqali urug‘ni 50 foizga iqtisod qilingan va sug‘orish suvi 30 foizga tejagan va hosildorlik 15-20 foizga oshishiga erishilgan;
sug‘oriladigan erlarda tuproqni himoya qiluvchi va resurstejovchi texnologiyalar O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston Respublikalari fermer va shirkat xo‘jaliklarida jami 4657 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligining 2017 yil 31 yanvardagi 02/20-44-son ma’lumotnomasi). Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan sharoitida tuproqni himoya qiluvchi va resurstejovchi texnologiyalar qo‘llash natijasida hosildorlik gektariga 15-20 foizga yuqori bo‘lgan va yoqilg‘i moylash materiallari 80 foizgacha iqtisod qilingan.