Sayt test rejimida ishlamoqda

Rahmonqulov Alikul Amirkulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Binar to‘ldiruvchilar asosida termik barqaror polimer qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 05.05.05 – Issiqlik texnikasining nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T660.
Ilmiy maslahatchilar: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik; Uzakov Gulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor; Murtazaev Quvandik Mustafaevich, texnika fanlari doktori dotsent; Normurodoa Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: binar to‘ldiruvchilar asosida termo-fizik xususiyatlarga ega bo‘lgan polimer materiallarni resurstejamkor, ekologik xavfsiz texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kaolin, vermikulit va UNT asosidagi binar to‘ldiruvchilar bilan termoplastik va termoreaktiv polimerlarni modifikatsiyalab termik barqaror mahsulotlar olingan, hamda ularning maqbul nisbatlari ishlab chiqilgan;
mahalliy xom ashyolar asosidagi binar to‘ldiruvchilar bilan polietilen, polipropilen, pentoplast, ftor atomli polimerlar va epoksid smolalarni modifikatsiyalash natijasida ijobiy termo-fizik va fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan polimer materiallarda mikrokonsentratsion effektlar aniqlangan;
modifikatsiyalangan polimerlarning termo-fizik xususiyatlari, termobarqarorlik, yong‘inbardoshlik hamda fizik-mexanikaviy xossalariga binar to‘ldiruvchilarning ta’sir etish mexanizmi asoslangan;
epoksid smolasi va binar to‘ldiruvchilar asosida olingan polimer qoplamalaning termo-fizik, yong‘inbardoshlik, va fizik-kimyoviy xususiyatlariga to‘ldiruvchilarning ta’siri tadqiq etilib, ularning adgeziyasi 2,1% gacha yaxshilanganligi isbotlangan;
binar to‘ldiruvchilar bilan modifikatsiyalangan epoksid smolasi asosidagi polimer qoplamalarning texnik talablar me’yoridagi kislorod indeksi 26% va tutun hosil qilish koeffisienti 390 m2/kg gacha yaxshilanganligi isbotlangan;
modifikatsiyalangan polimerlarning termo-fizik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning strukturaviy shakllanish mexanizmining nazariy va eksperimental asoslari o‘rganilgan hamda keng qo‘llanilayotgan analoglarga nisbatan ekspluatatsion xossalariga ta’siri yuqori ekanligi aniqlangan;
binar to‘ldiruvchilar asosida termik barqaror polimer qoplamalar olish texnologiyasi ishlab chiqildi hamda mazkur texnologiya keng foydalaniladigan analoglarga nisbatan 21% ga samarador ekanligi texnik-iqtisodiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Binar to‘ldiruvchilar bilan termoplastik va termoreaktiv polimerlarni modifikatsiyalash asosida termik barqaror polimer qoplamalar olishning, yangi texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kaolin, qavariqlangan vermikulit va uglerod nanotrubkalari asosidagi binar to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan termoplastik va termoreaktiv polimerlar “Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” da korroziyaga barqaror polimer qoplamalar sifatida amaliyotga joriy qilingan (“Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2023 yil 24 iyuldagi OP02/BO-2684-son ma’lumotnomasi). Natijada, binar to‘ldiruvchilar bilan modifikatsiyalangan, yuqori haroratlarga chidamli polimer materiallarni olishning samarador texnologiyasi ishlab chiqish imkonini bergan;
polietilen, polipropilen, ftorpolimerlar va epoksid smolasi asosida kaolin, qavariqlangan vermikulit va uglerod nanotrubkalari bilan yuqori darajada to‘ldirilgan polimerlar “Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” da issiqlikdan himoyalovchi qoplamalar sifatida amaliyotga joriy qilingan (“Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2023 yil 24 iyuldagi OP02/BO-2684-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilgan haroratga barqaror polimer materiallarni iqtisodiy samaradorligi xorijiy analoglariga nisbatan o‘rtacha 24 % ga oshirish imkonini bergan.
binar to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan epoksid smolasi asosidagi yuqori haroratga chidamli polimer kompozisiyalar “Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” korxonasida yong‘indan himoyalovchi, termik barqaror qoplamalar sifatida amaliyotga joriy qilingan (“Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2023 yil 24 iyuldagi OP02/BO-2684-son ma’lumotnomasi). Natijada, binar to‘ldiruvchilar bilan modifikatsiyalash orqali haroratbardosh qoplamaning mexanik mustahkamligini 30% ga ooshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish