Kalanova Sabohat Muradovnaning
falsafa doktori (PhD) bo‘yicha dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avlodlar almashinuvi yangi sotsiomadaniy qadriyatlar shakllanishining omili sifatida”, 22.00.02–Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Sots11.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Ilmiy rahbar: Ganieva Marifat Xabibovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Qahharova Matlyuba Mannafovna, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avlodlar almashinuvi jarayonlari yangi sotsiomadaniy qadriyatlarni shakllantirish omili ekanligini asoslab berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«avlod» va «zamonaviy avlod» tushunchalarini sotsiologik anglashning falsafiy, tarixiy, demografik va davriy tamoyillari asosiy mezon sifatida asoslab berilgan;
avlodlar vorisiyligining sotsiomadaniy takomillashuv dinamikasi tabiatini belgilab beruvchi yosh senzi, milliy-etnik xususiyatlari asosida avlodlar identikligidagi «yoshlik, «etuklik», «mukammallik» va «keksalik» davrlariga ko‘ra tasnifi va mentalligi ochib berilgan;
avlodlar almashinuv jarayonida yangi sotsiomadaniy qadriyatlarni umumlashtiruvchi «keksalarga hurmat», «oilaviy munosabatlarda axloqiy fazilatlarni asrash», «yoshlar – avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy merosimiz vorislari», «milliy g‘urur va iftixor an’analariga sodiqlik» tushunchalari sotsiologik tadqiqot natijalariga tayanib, vorisiylik tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
avlodlararo vorisiylik aloqalaridagi nizolar an’anaviy mexanizm elementlari («kattalar har doim haq» tamoyili, endogamik oila-nikoh munosabatlari)ning parchalanishi, ijtimoiy va madaniy dinamika parametrlari (yoshlarning migratsiya jarayonlarida faollashuvi va uning ma’naviy-tarbiyaviy jihatlarga ta’siri, Internet makoni va ijtimoiy tarmoqlardagi ishtirok ta’siri natijasida katta avlod va kichik avlod o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning murakkablashuvi va shu kabilar)ning izdan chiqishiga bog‘liqligi bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Avlodlar almashinuvi yangi sotsiomadaniy qadriyatlar shakllanishining omili sifatida o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
avlodlar almashinuv jarayonida yangi sotsiomadaniy qadriyatlarni umumlashtirish, «keksalarga hurmat», «oilaviy munosabatlarda ahloqiy fazilatlarni asrash», «yoshlar – avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy merosimiz vorislari», «milliy g‘urur va iftixor an’analariga sodiqlik» tushunchalari, bir avloddan keyingi avlodga mavjud axborot, madaniyat va orttirilgan tajribani uzatish bilan bog‘liq jarayonlarga oid takliflari «Yetakchi» yoshlar markazining 2015 yil 2 sentyabrdagi 01-04/56-son buyrug‘i asosida tashkil etilgan sotsiologik tadqiqotlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2017 yil 14 dekabrdagi 04-13/2421-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqotlar turli avlod vakillarining dunyoqarashi, siyosiy-huquqiy savodxonligi va madaniyati, fuqarolik qarashlarini shakllantirish, ajdodlar qoldirgan eng yaxshi an’analariga sodiq ravishda tarbiyalash, avlodlararo o‘zaro munosabatlardagi muammolarni o‘rganish va tahlil qilish imkonini bergan;
tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4906-son Farmoni ijrosini ta’minlashda hisasini qo‘shgan («Nuroniy» jamg‘armasining 2017 yil 25 maydagi 07-1240-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi «avlod» tushunchasi sotsiomadaniy birlik sifatida jamiyat rivojlanishining ijtimoiy va madaniy o‘ziga xos xususiyatlari orqali avlodlar faoliyatining umumlashtiruvchi mezonga egaligi va avlodlararo ma’naviy meros va milliy qadriyatlarni targ‘ib etishga o‘z hissasini qo‘shgan;
axborotlashgan jamiyatda avlodlararo munosabatlardagi sotsial ziddiyatlarga sabab bo‘luvchi muammolarni bartaraf etishning nazariy va empirik jihatlari o‘rganilgan ilmiy ish sifatida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining rivojlanishini monitoring qilish mustaqil instituti amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan, natijalardan istiqbolli tahliliy sotsiologik tadqiqotlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining rivojlanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2017 yil 30 noyabrdagi 11/349-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning «Jamoatchilik fikrini o‘rganish sektori» tomonidan «Fuqarolik jamiyatini shakllantirib borishda huquqiy madaniyatning o‘rni va roli» mavzusida o‘tkazilgan fokus-guruh tadqiqotlarda qo‘llanilishi zamonaviy avlodning sotsial qiyofasini belgilab berishda o‘z hissasini qo‘shgan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining «O‘zbekistonda zamonaviylashuv sharoitida oila va bolalarni himoya qilish tizimida ijtimoiy hamkorlik masalasi» mavzusidagi A-1-161 raqamli loyihasi doirasida o‘tkazilgan seminar-trening ishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 1 maydagi 89-03-1610-son ma’lumotnomasi) Bu ijtimoiy soha xodimlarining kasbiy so‘nish sindromi va avlodlararo ziddiyatlarni bartaraf etish metodlarini takomillashtiriga hamda mazkur soha ishchi xodimlarining nazariy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan;
turli avlod vakillari o‘rtasidagi munosabatlardagi sotsial ziddiyatlarga sabab bo‘luvchi muammolarning vujudga kelish sabablarini o‘rganishga hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqot dasturlarini amalga oshirish (respublika bo‘ylab to‘plangan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish) doirasida Respublika «Oila» ilmiy markazi tomonidan qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Oila” ilmiy-amaliy markazining 2017 yil 19 noyabrdagi 01/321-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan ish olib boruvchi pedagog va ijtimoiy xodimlarning ijtimoiylashuvi masalalarini ijobi hal etishga xizmat qilgan.