Sayt test rejimida ishlamoqda

Axmedov Sayqal Abdurakhmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Abu Barakot Nasafiyning hanafiy fiqhi rivojiga qo‘shgan hissasi (Al-Vofiy asari asosida)» (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar838.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori (DSc), professor Maxsudov  Davronbek Ikromovich.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Rajabova Mavjuda Abdullaevna, islomshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori Qosimov Mirjalol Abdug‘afforovich.
Etakchi tashkilot: O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “al-Vofiy” asari asosida Abul Barakot Nasafiyning hanafiy fiqhi rivojidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“al-Vofiy” (الوافي) asarining kirish qismida qo‘llanilgan gapini qaytarib bo‘lmaydigan azizlarning iltimoslaridan keyin kitobni yozdim – بعد إلتماس ممن لا يرد كلامه jumlasidagi iltimos so‘zi arab adabiyotlarida uchramay, balki turkiy olimlar tomonidan keng ishlatilishi asosida Abul Barakot Nasafiy kelib chiqishi turkiy xalqlarga mansub olim ekani dalillangan;
Abul Barakot Nasafiy “al-Vofiy” asarida to‘rt mazhabning etakchi olimlari ismlarining bosh harflarini qo‘llash orqali fiqhiy asarlar tizimiga shartli qisqartmalar qo‘llash uslubini olib kirganligi aniqlangan;
asarning boblari yakunida turli masalalar –المسائل المتفرقة  qismini keltirib, mavzu doirasida kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy masalalarning shar’iy javoblari berilishi bilan manbaning ham tarixiy, ham keyingi davr uchun ahamiyatli ekani asoslab berilgan;
olim odatda kitob yozishning ikki xil an’analari (hadis kitoblarida har bir mavzu kitob – كتاب, fiqhiy asarlarda esa, bob – باب deb nomlanishi)dan farqli ravishda “al-Vofiy” nomli fiqhiy asari boblariga kitob – كتاب sarlavhasi ostida nom bergani bilan uning ayrim hadis ilmi manbalariga xos uslublarni fiqhiy kitoblar tizimiga ham olib kirgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Abu Barakot Nasafiyning Movarounnahr xanafiy fiqhining rivojiga qo‘shgan xissasi bo‘yicha olib borrilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
“al-Vofiy” (الوافي) asarining kirish qismida qo‘llanilgan gapini qaytarib bo‘lmaydigan azizlarning iltimoslaridan keyin kitobni yozdim – بعد إلتماس ممن لا يرد كلامه jumlasidagi iltimos so‘zi arab adabiyotlarida uchramay, balki turkiy olimlar tomonidan keng ishlatilishi asosida Abul Barakot Nasafiy kelib chiqishi turkiy xalqlarga mansub olim ekani dalillangani to‘g‘risidagi xulosalardan buyurtma asosida tayyorlangan “O‘rta asrlarda yashagan mashhur samarqandlik allomalar” va “O‘rta asr sharq allomalari ensiklopediyasi” kitoblar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 4-fevraldagi 02/152 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Abul Abul Barakot Nasafiy tarjimai holiga doir qimmatli ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
Abul Barakot Nasafiy “al-Vofiy” asarida to‘rt mazhabning etakchi olimlari ismlarining bosh harflarini qo‘llash orqali fiqhiy asarlar tizimiga shartli qisqartmalar qo‘llash uslubini olib kirganligi aniqlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Hanafiy faqihlari nazdida hadis ilmi qoidalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil 18-fevraldagi 1623 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, usul al-fiqh va hadis ilmi istilohlari fanlaridagi adabiyotlar va qo‘llanmalarda keng uchraydigan tushunchalar va istilohlar mazmuniga oid bilimlar talaba o‘quvchilar e’tiboriga etkazildi;
asarning boblari yakunida turli masalalar – المسائل المتفرقة  qismini keltirib, mavzu doirasida kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy masalalarning shar’iy javoblari berilishi bilan manbaning ham tarixiy, ham keyingi davr uchun ahamiyatli ekani asoslab berilgan  to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Islom ensiklopediyasi” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2024-yil 11-yanvardagi 02-03/3198 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, keng ommaga movarounnahrlik faqihlar asarlarining o‘ziga xos afzalliklari, mazkur davrning ilmiy va ijtimoiy holatlari o‘z aksini topgani haqidagi malumot etkazildi;
olim odatda kitob yozishning ikki xil an’analari (hadis kitoblarida har bir mavzu kitob – كتاب, fiqhiy asarlarda esa, bob – باب deb nomlanishi)dan farqli ravishda “al-Vofiy” nomli fiqhiy asari boblariga kitob – كتاب sarlavhasi ostida nom bergani bilan uning ayrim hadis ilmi manbalariga xos uslublarni fiqhiy kitoblar tizimiga ham olib kirgani ochib berilgani haqidagi xulosalardan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining buyurtmasi asosida tayѐrlangan “Abul Usr Nasafiy” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 16-yanvardagi 01/161 sonli ma’lumotnomasi). Natijada aholining fiqhiy kitoblardagi masalalar qamrovi, mazmun-mohiyati haqidagi bilimlari oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish