Azimov Ibragimjon Toshpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ohangaron daryosi havzasining o‘simliklar qoplami», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B183.
Ilmiy rahbar: Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Dsc.27.06.2017.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor; Radjabov Toshpulat Fayzullaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ohangaron daryosi havzasi o‘simliklar qoplami va uning transformatsiya darajasini aniqlash hamda yirik masshtabli xaritasini tuzishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Ohangaron daryosi havzasida 69 oila, 304 turkumga mansub 725 tur ro‘yxati ishlab chiqilgan;
havza o‘simliklar qoplamining fitotsenotik xilma xilligi tasniflangan va 4 mintaqadagi 93 assotsiatsiya, 21 formatsiya va 13 senotiplar asoslangan;
ilk bor O‘zbekiston o‘simliklar qoplami uchun 1 ta yangi formatsiya va 2 ta assotsiatsiya aniqlangan;
keng tarqalgan 9 ta formatsiyalarning adventiv turlar asosidagi transformatsiya darajalari asoslangan;
o‘simliklar qoplamida yuz berayotgan antropogen suksessiya jarayonlari ochib berilgan;
o‘simliklar qoplamining tik mintaqalar bo‘yicha tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan va ularning 42 ta muhofazaga muhtoj bo‘lgan hududlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ohangaron daryosi havzasining o‘simliklar qoplamini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
yirik masshtabli (M1:200000) “Ohangaron havzasi o‘simliklar qoplamining xaritasi” va uning izohi “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 5 maydagi 05-3465-son ma’lumotnomasi). Natijada antropogen-dinamik hududlarning balandlik mintaqalari bo‘yicha o‘simliklar qoplami xaritalarini tuzish, ularning cho‘llanish darajalarini aniqlashda reper sifatida foydalanish hamda ekstropolyasiya qilish imkonini bergan;
“Ohangaron havzasi o‘simliklar qoplamining xaritasi” (M1:200000), shuningdek, o‘simliklar qoplamining fitotsenotik xilma xilligini saqlab qolish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Toshkent viloyati Ohangaron tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2018 yil 17 yanvardagi 03-01/12-417-son ma’lumotnomasi). Natijada voha hududida tarqalgan o‘simlik jamoalari degradiyasini aniqlash, transformatsiya darajasini baholash, kamyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik turlarini muhofaza qilish chora-tadbirlari samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Ohangaron daryosi havzasining 60 oila, 700 turga mansub 980 nusxadagi gerbariy namunalari Botanika instituti Markaziy gerbariysi (TASH) Noyob ob’ektiga topshirilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 1 iyundagi 4/1255-1488-son ma’lumotnomasi). Namunalar Noyob ob’ektning G‘arbiy Tiyonshon okrugi, Qurama va Arashon botanik-geografik rayonlari fondini boyitgan hamda FLORUZ axborot-tahlil bazasini shakllantirish imkonini bergan.