Saidov Sadriddin Muydinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuzgi bug‘doy hosildorligi va don sifatini oshirishda gerbisidlar qo‘llash tizimini takomillashtirish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx207.

Ilmiy rahbar: Turdieva Nilufar Mo‘minovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, PhD.27.06.2017.Qx.12.01.

Rasmiy opponentlar: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Bobomirzaev Pirnazar Xursanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kuzgi bug‘doyni begona o‘tlardan samarali himoya qilishda zamonaviy gerbisidlarni uyg‘unlashgan holda qo‘llash tizimini takomillashtirish, yuqori va sifatli don etishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor kuzgi bug‘doy hosili o‘rimidan keyin va ekinning tuplanish davrida bir va ko‘p yillik boshoqli hamda ikki pallali begona o‘tlarga qarshi kurash tizimi yangi gerbisidlar asosida takomillashtirilgan;

Samarqand va Andijon viloyatlari g‘alla maydonlaridagi begona o‘t turlari, miqdori aniqlanib, ularga qo‘llaniladigan gerbisidlar guruhlarga ajratilgan;

kuzgi bug‘doyning er ustki qismi va ildiz tizimining shakllanishi hamda don sifatiga «Derbi 175 SC, 17,5%», «Starane 200, 20%» va «Everest 70%» gerbisidlarining ta’siri yuqoriligi aniqlangan;

kuzgi bug‘doyning o‘suv va noo‘suv davrida «Derbi 175 SC, 17,5%» va «Nokdaun maks 74,8%» gerbisidlarini begona o‘tlarning turlari va zarar etkazish ko‘rsatkichi bo‘yicha uyg‘unlashgan holda qo‘llash tartibi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kuzgi bug‘doy maydonlarida begona o‘tlarga qarshi kimyoviy kurash agrotexnologiyasini takomillashtirish borasida olib borilgan tadqiqotlar asosida:

kuzgi bug‘doy hosildorligi va don sifatiga gerbisidlar ta’sirining samarali agrotexnologiyalari 2014–2016 yillarda Samarqand viloyatining g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida jami 245 gektar bug‘doyzorlarda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 02/21-592-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doy don hosildorligi 23,8 foizga, oqsil miqdori 0,8 foizga, kleykovina miqdori 3,1 foizga oshgan hamda gektaridan 1100 ming so‘m sof foyda olishga erishilgan;

begona o‘tlarga qarshi gerbisidlarni uyg‘unlashgan holda qo‘llash orqali kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli hosil olish agrotexnologiyasi Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida jami 187 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 02/21-592-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 8,3 sentner qo‘shimcha don hosili olingan va rentabellik darajasi 48,9 foizni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish