Maxkamova Dilafruz Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jizzax cho‘li gipsli tuproqlari va ularning biologik faolligi», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B49.
Ilmiy rahbar: Gafurova Lazizaxon Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Isoqov Valijon Yunusovich, biologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Almon Usmanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat univrsiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipsli tuproqlarning asosiy xossa-xususiyatlari va biologik faolligining mavsumiy dinamikasini kompleks ravishda aniqlash hamda degradatsiyaga uchraganligi bo‘yicha indikator mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor hudud gipsli tuproqlarida mikroorganizmlarning fiziologik guruhlarini (bakteriyalar, zamburug‘lar, aktinomisetlar, azotfiksatorlar, nitrifikatorlar, denitrifikatorlar, aerob sellyuloza parchalovchilar, moy kislota hosil qiluvchi bakteriyalar) miqdori va tarqalishi aniqlangan;
fermentlar faolligi (katalaza, peroksidaza, polifenoloksidaza), tuproqning «nafas olish» xususiyati va ularga gips miqdori, sho‘rlanish darajasi ta’siri hamda yil fasllari bo‘yicha o‘zgarishlar dinamikasi aniqlangan;
biologik faollik (BF) ko‘rsatkichlari, umumiy nisbiy biologik faolligi (NBF) aniqlangan hamda tuproqlarning degradatsiyaga uchraganligi bo‘yicha indikatorlari ishlab chiqilgan;
gipsli tuproqlar va tuproqning mikrobiologik va fermentativ faolligi o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqliklar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jizzax cho‘li gipsli tuproqlari va ularning biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gipsli, degradatsiyaga uchragan tuproqlar uchun indikator mezonlari Jizzax viloyati er resurslari va davlat kadastri boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 8 maydagi 04/1-2468-son ma’lumotnomasi). Natijada indikator mezonlari tuproqlarning xossa-xususiyatlarini inobatga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish, tuproqlardan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Jizzax viloyatining qiyin melioratsiyalashgan gipsli tuproqlar uchun gips miqdori bo‘yicha gradatsiyalari «Tuproq bonitirovkasi» sho‘’ba korxonasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 8 maydagi 04/1-2468-son ma’lumotnomasi). Natijasida gips miqdori, gipsli qatlamlar qalinligiga qarab qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish, ekinlar hosildorligini belgilash va erlarni noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ajratish imkonini bergan.