Nasimov Sadriddin Xurazboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini maktabga adaptatsiyasining ijtimoiy – psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/P95.
Ilmiy rahbar: Majidov Nabi Maxmudovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meylikulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jalilova Sabohat Halilovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini maktabga adaptatsiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
empatiya hissi yuqori bo‘lgan pedagoglar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sintonik munosabat muhitini shakllantirishi natijasida ularning ijtimoiy muhitga adaptatsiyasidagi sotsial xavotir va sotsiofobiya kabi hissiy diskomfortlarni bartaraf etishi aniqlangan;
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning o‘zaro hurmatiga asoslangan emotsional munosabat muhitining yaratilishi, o‘quv topshiriqlarini tushunish, anglash va fikrlarni bayon etish ko‘nikmalarini kuchaytirishi natijasida, ularda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning kognitiv komponentlarini  rivojlantirishi dalillangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv faoliyati, o‘quv predmetlari, sinfdoshlari va o‘z “Men”iga nisbatan hurmat munosabatini dars va darsdan tashqari birgalikdagi faoliyat asosida shakllantirish orqali ularda “ulg‘ayganlik tuyg‘usi”ni kamol toptirish sababli bolalarning maktabga adaptatsiyasiga to‘siq bo‘luvchi agressivlik va nizoga moyillikni pasaytirishi asoslangan;
bolaning sinf jamoasiga, maktabdagi o‘rniga, o‘qituvchisiga adaptatsiyasi, pedagogning ham o‘quvchilarga muvaffaqiyatli moslashuvi natijasida o‘quvchining xulq-atvor me’yorlari, an’analari va qoidalariga munosabati, o‘zini-o‘zi hurmat qilishi, tengdoshlari bilan o‘zaro muloqotning ijtimoiy ahamiyati anglash ularning maktab muhitiga moslashuvning asosiy psixologik alomatlari ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini maktabga adaptatsiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari mavzusidagi olib borilgan tadqiqot natijalari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
empatiya hissi yuqori bo‘lgan pedagoglar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sintonik munosabat muhitini shakllantirishi natijasida ularning ijtimoiy muhitga adaptatsiyasidagi sotsial xavotir va sotsiofobiya kabi hissiy diskomfortlarni bartaraf etishi yangiliklar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 4-yanvardagi PM-20-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-yanvardagi PM-20-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz laboratoriyalarining ilmiy-metodik ta’minoti yanada boyishining ta’minlanishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini maktabga adaptatsiyasining ijtimoiy – psixologik xususiyatlari yuzasidan nazariy va amaliy ma’lumotlar aks etgan bo‘lib, boshlang‘ich sinflarda sinfdoshlari bilan bir-birini tushunishi, qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro hurmatlashishga asoslangan emotsional munosabat muhitining yaratilishi o‘quvchilarda o‘quv topshiriqlarini tushunish, anglash, tahlil qilish va fikrlarni bayon etish ko‘nikmalarini kuchaytirishi natijasida o‘quvchilarda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning kognitiv komponentlarini rivojlantirishi dalillangan yangiliklar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 4-yanvardagi PM-20-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya va differensial psixologiya” modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-yanvardagi PM-20-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz laboratoriyalarining ilmiy-metodik ta’minoti yanada boyishining ta’minlanishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv faoliyati, o‘quv predmetlari, sinfdoshlari va o‘z “Men”iga nisbatan hurmat munosabatini dars va darsdan tashqari birgalikdagi faoliyat asosida shakllantirish orqali ularda “ulg‘ayganlik tuyg‘usi”ni kamol toptirish sababli bolalarning maktabga adaptatsiyasiga to‘siq bo‘luvchi agressivlik va nizoga moyillikni pasaytirishi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 4-yanvardagi PM-20-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-yanvardagi PM-20-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz laboratoriyalarining ilmiy-metodik ta’minotini yanada boyishining ta’minlanishiga xizmat qilgan;
bolaning sinf jamoasiga, maktabdagi o‘rniga, o‘qituvchisiga adaptatsiyasi, pedagogning ham o‘quvchilarga muvaffaqiyatli moslashuvi natijasida o‘quvchining xulq-atvor me’yorlari, an’analari va qoidalariga munosabati, o‘zini-o‘zi hurmat qilishi, tengdoshlari bilan o‘zaro muloqotning ijtimoiy ahamiyati anglash ularning maktab muhitiga moslashuvning asosiy psixologik alomatlari ekanligi aniqlanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 4-yanvardagi PM-20-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 4-yanvardagi PM-20-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalarida kasbiy faoliyat yuritadigan mutaxassislar va amaliyotchi psixologlarning psixologik xizmat faoliyatiga doir, malaka va ko‘nikmalarini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish