Nasirov Azimidin Normamatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Odil Yoqubov romanlari poetikasi”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018. 1.DSc/Fil105.
Ilmiy maslahatchi: Umurov Hotam Ikromovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponetlar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Naim Fotixovich, filologiya fanlari doktori, professor, akademik; Karimov Bahodir, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadining: roman poetikasi negizida alohida ijodkor – Odil Yoqubovning janr poetik strukturasini yangilashdagi o‘ziga xosligini tizimli asosda, adabiy jarayon kontekstida tadqiq etish natijasida nazariy umumlashmalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poetika tushunchasi anglatadigan mazmun-mohiyat mavjud nazariy qarashlarni umumlashtirgan holda yaxlit adabiy jarayon kontekstida ochib berilgan;
Odil Yoqubov romanlari poetikasi badiiy matni semantik-struktur qatlamlari mohiyati xususiy, nazariy va tarixiy poetika yo‘sinida yaxlit tizim sifatida umumlashtirilgan va ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
romanlardagi falsafiy fikr ifodasida poetik nutq, badiiy mushohada o‘ziga xos janriy xususiyatlari shakliy ixchamlik, falsafiy mushohadaning teranligi, mantiqiy izchillik, badiiy funksionallik aniqlangan;
adib tarixiy romanlari qiyosiy-tipologik tahlili asosida asar voqealarining hayotiy asoslari va poetik ifodaga ko‘chish jarayonlarining mushtarakligi asoslab berilgan;
individual ijodkor poetik mahoratining ichki rivoji va tadriji sof estetik qonuniyatlar negizidava jahon adabiyotshunosligining ustuvor konsepsiyalariga muvofiqo‘rganilib, milliy romaniy tafakkur taraqqiyotidagi ijtimoiy-psixologik omillarning yaxlit tizim ekanligi isbotlangan;
adib romanlari asosida syujet va kompozision yaxlitlik, badiiy konseptuallik, xarakter va ruhiyat ifodasining xronotop poetikasi bilan uzviy bog‘liqligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Adabiyot nazariyasi, roman poetikasi Odil Yoqubov ijodini jahon badiiy tafakkuri kontekstida tipologik tadqiq etish, milliy adabiyot nazariyasining tarixiy-badiiy, ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish, ilmiy-amaliy natijalarni belgilash asosida:
roman poetikasi, roman xronotopi, epos, roman, qissa janrlari tipologiyasiga doir xulosalardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-F1 GOO2 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 apreldagi 89-03-1399-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida o‘zbek romanchiligining tarixiy taraqqiyoti, bu jarayonda Odil Yoqubov ijodi va romanlari badiyatidagi xalq og‘zaki ijodi an’analarining tasviri muammolari ochib berilgan;
ijodkor yaratgan badiiy asarlarni qiyosiy o‘rganish, asardan asarga uslubiy mukammallashish jarayonlariga e’tibor qaratilgan bo‘lib, F1-FA-0-55746 raqamli “Markaziy Osiyo xalqlari adabiy qo‘lyozma yodgorliklarini tadqiq etish. O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini to‘plash va ularni ilmiy tavsiflab nashrga tayyorlash” fundamental ilmiy tadqiqotini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 apreldagi 89-03-1399-son ma’lumotnomasi). Olingan nazariy va amaliy natijalarning qo‘llanilishi natijasida roman poetikasi, janr, kompozisiya, obraz xronotopiga doir nazariy xulosalarga ega bo‘lingan;
Odil Yoqubov ijodiy merosining Markaziy Osiyo xalqlari adabiyotiga va badiiy tafakkuriga ko‘rsatgan ta’siri, uning romanlarining qiyosiy va ilmiy tasnif masalalariga oid nazariy xulosalar Navoiy davlat pedagogika institutida bajarilgan F1-F8-0-19919 raqamli “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental loyihada tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 apreldagi 89-03-1399-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida badiiy tafakkurning shakllanishida adabiy aloqalarning roli, romanlardagi obrazlar silsilasi va ularning semantik-struktural xossalari belgilangan, adabiy ta’sir, an’anaviylik, novatorlik muammolariga asoslangan;
Odil Yoqubov romanlarining ellikdan ortiq tillarga tarjima etilishi, turkiy xalqlar adabiyotida janr taraqqiyotining ifodasi jarayonidagi xulosalardan Ozarbayjon Milliy Ilmlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutining “Ozarbayjon-Turkmaniston-O‘zbekiston adabiy aloqalari” bo‘limida adabiy aloqalar, janriy o‘zgarishlar, xronotop nazariyasi, romaniy tafakkur yuzasidan chiqarilgan xulosalarga tayanilgan (Ozarbayjon Milliy Ilmlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutining 2018 yil 24 apreldagi 48-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek romanlaridagi badiiylik va shaxs konsepsiyasining talqini, poetik xususiyatlar haqidagi bilmlarini oshirishga erishilgan;
shaxs konsepsiyasi, ruhiyat talqini, romaniy tafakkur, obrazlarning poetik xususiyatlari haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 13 martdagi “An’anaviy yillik nasr” yig‘ilishida foydalanilgan (Yozuvchilar uyushmasi-ning 2018 yil 24 apreldagi 01-03/488-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga tadbiq etilishida keyingi yillar zamonaviy romanlaridagi adabiy-estetik hodisalarni tipologik o‘rganish bo‘yicha nazariy umumlashmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli turkum ko‘rsatuvida dissertatsiya natijalari muhim metodologik asos vazifasini bajarib kelmoqda (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining 2018 yil 13 apreldagi O‘z/R-s-71-son ma’lumotnomasi). Natijada Odil Yoqubov ijodining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-estetik ahamiyatini atroflicha yoritishga asos bo‘lgan.