Kuchkarov Tuxtamurod Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yozma manbalardagi epik syujetlarning badiiy evolyusiyasi», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil130.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Mamatquli, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Boynazar, filologiya fanlari doktori, professor; O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sak-massaget eposining o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtirish, qadimgi yozma manbalar orqali etib kelgan arxaik syujetlarning genezisi, badiiy evolyusiyasi va yozma adabiyotdagi talqinlarini yoritishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotshunosligida birinchi marta qadimgi sak-massaget qabilalari badiiy ijodiyotida dostonchilik an’analari mavjud bo‘lganligi isbotlangan;
sak-massaget eposining janrlar tarkibi tarixiy qo‘shiqlar, bahodirlik rivoyatlari, tarixiy hamda qahramonlik dostonlaridan iborat bo‘lganligi aniqlangan;
qadimgi yunon yozma manbalari orqali etib kelgan epik syujetlar bilan «Go‘ro‘g‘li» turkumiga mansub asarlar hamda «Oysuluv» dostoni syujeti o‘rtasida tarixiy-vorisiy aloqadorlik mavjudligi asoslangan;
sak-massaget qahramonlik eposidagi To‘maris rivoyati syujetining badiiy evolyusiyasi «real hayotiy voqelik → og‘zaki hikoya → tarixiy rivoyat → qahramonlik eposi → tarixiy qissa (she’r, doston, drama)» bosqichlaridan iboratligi ko‘rsatib berilgan;
Shiroq haqidagi tarixiy rivoyatlar syujetining o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos talqinlari milliy o‘zlikni anglash jarayonining badiiy ifodasi sifatida yuzaga kelganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yozma manbalardagi epik syujetlarning badiiy evolyusiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qadimgi turkiylarning arxaik eposi asosida shakllangan epik syujetlarning o‘rta asr yozma manbalaridagi talqinlari tahliliga doir qarashlar Navoiy davlat pedagogika institutida bajarilgan F1-XT-0-19919 raqamli «O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni» nomli fundamental ilmiy loyihaning qadimgi davr fol`klori va mifologik tasavvurlarni aks ettirgan epik syujetlar tadqiqiga doir qismini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 iyundagi 89-03-2182-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy xalqlar badiiy tafakkuri takomilida muhim o‘rin tutgan mif va mifologik syujetlarning o‘ziga xos xususiyatlari oydinlashtirilgan;
Buxoro davlat universitetida 2012-2016 yillarda bajarilgan F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” mavzusidagi loyihada istiqlol davri adabiyotida yaratilgan badiiy asarlarda epik obraz va motivlarga murojaat masalasini o‘rganganda mazkur dissertatsiyada bayon etilgan davr shoir va yozuvchilari tomonidan To‘maris va Shiroq rivoyatlarining qayta badiiy ishlanishi, ular nomi bilan bog‘liq epik syujetning poetik taraqqiyoti muammolari echimiga aloqador ma’lumotlar fol`klorning yozma adabiyotga ta’sirini, ularning davr adabiyotidagi aloqasi bardavomligini asoslashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 iyundagi 89-03-2182-son ma’lumotnomasi). Natijada Gerodot va Polien asarlari orqali etib kelgan To‘maris va Shiroq rivoyatlari Sharqu G‘arb an’analari tarixini asoslash bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini bergan;
yozma adabiyotdagi epik syujet badiiy evolyusiyasi «Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi» telekanalidagi «Qadriyat» ko‘rsatuviini tayyorlashda foydalanilgan (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2017 yil 11 sentyabrdagi 02-08/49-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar yozma adabiyotdagi epik syujet haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lgan.