Yuldoshov Nurbek Ergashovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gel`mintozlarga qarshi kurashning zamonaviy uslub va vositalari», 03.00.06–Zoologiya (veterinariya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/V5.

Ilmiy maslahatchi: Oripov Anvar Oripovich, veterinariya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, Chorvachilik va parandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.V/Qx.12.01.

Rasmiy opponentlar: Salimov Bo‘ri Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Izzatullaev Zubaydulla Izzatullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Mavlonov Sobirjon Ibodullaevich, veterinariya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: L.M.Isaev nomidagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot istituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: turli geografik hududlar va bioekologik sharoitlarda chorvachilikning hozirgi texnologiyasini hisobga olgan holda gel`mintozlarga qarshi kurashning zamonaviy uslub va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor O‘zbekistonda chorva mollarining asosiy gel`mintozlari va ularning epizootologiyasi bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida davolash va profilaktika qilishning takomillashgan usuli ishlab chiqilgan;

turli hududlarda tuproq va suvning kimyoviy tarkibi bo‘yicha olingan natijalar asosida gel`mintozlarning tarqalishi va epizootik holatiga ta’siri aniqlangan;

mikroelementlar bilan boyitilgan antgel`mintli-tuz aralashmalar, antgel`mintli-tuz yalamalar ishlab chiqilgan va ularning qo‘y-echki va qoramollarning asosiy gel`mintozlariga qarshi kurashning samaradorligi aniqlangan;

gel`mintozlar – fassiolyoz, orientobil`garsioz va paramfistomatozlarga qarshi kurashda ularning oraliq xo‘jayinlariga qarshi yangi mollyuskotsid vositalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Gel`mintozlarga qarshi kurashning zamonaviy uslub vositalari bo‘yicha olib borilgan ilmiytadqiqotlar natijalari asosida:

«Gel`mintozlarga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2014 yil 11 avgustdagi 6-son ma`lumotnomasi). Natijada gel`mintoz bilan zararlangan qishloq xo‘jalik hayvonlarini davolashda zamonaviy antgel`mintik preparatlarni rejali tarzda o‘z vaqtida qo‘llash orqali hayvonlarning ushbu kasallik bilan kasallanishi sezilarli darajada kamayishiga erishilgan;

«Qorako‘lchilik xo‘jaliklarida gel`mintozlarga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarining zamonaviy uslub-vositalari bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2010 yil 19 oktyabrdagi 36-son ma`lumotnomasi) Natijada respublikaning barcha qorako‘lchilik xo‘jaliklarida gel`mintoz bilan zararlanish 60-70 foizga kamayishiga erishilgan va iqtisodiy samaradrlik 200-300 mln. so‘mni tashkil etgan;

qo‘y gel`mintozlariga qarshi albendazol, mis kuporosi va tuz aralashmasini qo‘llash texnologiyasi Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarining qorako‘lchilik xo‘jaliklarida joriy etilgan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 5 sentyabrdagi 01/13-208-son ma`lumotnomasi). Natijada qo‘y va echkilarning gel`mintozlar bilan zararlanishi 65-90 foizdan 25-35 foizgacha kamaygan va iqtisodiy samaradorlik har bir bosh qo‘y hisobiga 6355 so‘mni tashkil etgan;

chorva hayvonlarining gel`mintozlarga qarshi kurash bo‘yicha yaratilgan tuproq va suvning kimyoviy tarkibi, yangi antgel`mentli-tuz aralashmalar, antgel`mintli-tuz yalamalar, mollyuskatsid vositalar Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarining qorako‘lchilik, fermer, yoramchi va shaxsiy xo‘jaliklarida joriy etilgan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 5 sentyabrdagi 01/13-208-son ma`lumotnomasi). Bunning natijasida mayda shoxli hayvonlarning oshqozon-ichak nematodozlari va sestodozlariga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy vositalar, turli antgelmint-tuz aralashmalarini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi o‘rtacha har bir bosh hayvon hisobiga 2400-7892 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish