Charshanbiev Umurzoq Yuldashevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za dalalaridagi bir va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx197.

Ilmiy rahbar: Mo‘minov Komil Mo‘minovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: O‘razmatov Nazir, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Haydarov Akrom, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida g‘o‘za dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi kurashda erni shudgorlash usullari va ta’sir doirasi har xil bo‘lgan gerbisidlarni ketma-ket, navbatlab qo‘llash hisobiga g‘o‘zadan yuqori hamda sifatli hosil etishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Toshkent viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘za dalalaridagi bir yillik begona o‘tlarga qarshi kurashda Samuray 33% e.k. gerbisidining maqbul me’yori va uning begona o‘tlarga ta’siri aniqlangan;

oddiy va ikki yarusli plugda shudgorlangan erda, ta’sir doirasi har xil bo‘lgan gerbisidlarni ketma-ket qo‘llashning g‘o‘za dalalaridagi begona o‘t turlariga ta’siri aniqlangan;

Samuray 33% e.k. va Triflureks 48% e.k. gerbisidlarini navbatlab qo‘llashning g‘o‘za dalalaridagi bir yillik begona o‘tlarning turlariga ta’siri aniqlangan;

erni ikki yarusli plugda 30 sm chuqurlikda shudgorlash Samuray 33% e.k. gerbisidini (1,5 l/ga) va Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) bilan Zellek super 10,4% e.k. (1,0 l/ga) gerbisidlarini ketma-ket qo‘llanilganda g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi hamda tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;

oddiy va ikki yarusli plugda shudgorlangan erlarda begona o‘tlarga qarshi Samuray 33% e.k. preparatini maqbul me’yorining Samuray 33% e.k. bilan Zellek super 10,4% k.e. gerbisidlarini ketma-ket qo‘llashning Samuray 33% e.k. va Triflureks 48% e.k. gerbisidlarini navbatlab qo‘llashning samaradorligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

G‘o‘za maydonlaridagi bir va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi shudgorlash usullari va gerbisidlarni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi erni ikki yarusli shudgorlash va gerbisidlarni ketma-ket qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 15 maydagi 02/023-39-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida begona o‘tlarga qarshi kurashishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

erni ikki yarusli plugda (30 sm chuqurlikda) shudgorlash va gerbisidlarni (Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) bilan Zellek super 10,4% e.k. (1,0 l/ga)) ketma-ket qo‘llash agrotexnologiyalari Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida 102 gektar, Yuqori Chirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida 40 gektar va Quyi Chirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida 51 gektar jami 193 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 15 maydagi 02/023-39-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida erni ikki yarusli plugda shudgorlab, Samuray 33% e.k. 1,5 l/ga me’yorda bir yillik begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilganda 81,7-86,0 foizga kamaygan hamda Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) bilan Zellek super 10,4% e.k. (1,0 l/ga) gerbisidlari ketma-ket qo‘llanilganda bir yillik begona o‘tlar 88,8-92,0 foiz, ko‘p yillik begona o‘tlar 85,9-90,6 foizga kamaygan, gektaridan 1,2-6,6 sentner qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan;

paxta dalalaridagi har xil biologik xususiyatga ega bo‘lgan bir yillik begona o‘tlarning gerbisidlarga nisbatan chidamliligini oshib borishining oldini olish uchun ta’sir doirasi har xil bo‘lgan gerbisidlarni (Samuraydan keyin Triflureks 48 % e.k. gerbisidini (1,5 l/ga), Triflureksdan keyin Samuray 33 % e.k. gerbisidini (1,5 l/ga)) navbatlab qo‘llash texnologiyasi O‘rta Chirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida 56 gektar, Yuqori Chirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida 25 gektar va Quyi Chirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida 36 gektar jami 117 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 15 maydagi 02/023-39-son ma’lumotnomasi). Natijada Samuraydan keyin Triflureks 48% e.k. gerbisidini 1,5 l/ga me’yorda, Triflureksdan keyin Samuray 33% e.k. gerbisidini 1,5 l/ga me’yorda navbatlab qo‘llanganda bir yillik begona o‘tlar 88,1-90,1 foizga kamaygan va gektaridan 3,6-4,8 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish