Toshmurodov Yorqin Qaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kremniy asosida katta o‘lchamli ionlovchi nurlanishli yarimo‘tkazgichli koordinat-sezuvchanli detektorlar ishlab chiqish va tayyorlash», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T21.
Ilmiy rahbar: Radjapov Sali Ashirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduqodirov Muhiddin Abdurashidovich, texnika fanlari doktori, professor; Nasriddinov Sayfillo Saidovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: katta diametrli kremniy monokristallari asosida ionlovchi nurlanishli yarimo‘tkazgichli koordinat-sezuvchanli detektorlar ishlab chiqish texnologiyasini va ularning funksional xarakteristikalari xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta diametrli dastlabki kremniy materialini mexanik va kimyoviy ishlov berishning texnologik usullari ishlab chiqilgan;
katta o‘lchamli koordinat-sezuvchanli detektorlar tayyorlash uchun kremniy strukturalarida vaqtini ikki marta kamaytirish imkonini beruvchi ikki tomonlama diffuziya usuli ishlab chiqilgan;
Si(Li) p-i-n struktura asosida 8, 16 va 32 tasmali yarimo‘tkazgichli koordinat-sezuvchanli detektorlar tayyorlash uchun texnologik marshrut kartasi ishlab chiqilgan;
Al-aGe-pSi-Au-geteroo‘tish asosida analoglardan sezgirligi 20% ustun bo‘lgan 8 tasmali yarimo‘tkazgichli koordinat-sezuvchanli detektor yaratilgan;
Al-aGe-pSi-Au-geteroo‘tish asosidagi 8 tasmali yarimo‘tkazgichli koordinat-sezuvchanli frontal omik kontaktli va tag tomoni kontakti esa jipslashgan termik sovutuvchi Pel`t`e elementli, sirqish tokini ikki marta kamaytirish imkonini beruvchi detektorning tajriba namunasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
yarimo‘tkazgichli koordinat-sezuvchanli detektorlar ishlab chiqish asosida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (FAP 01248; 27.09.2017 y.). Ishlab chiqilgan detektor analogga nisbatan sirqish tokini ikki marta kamaytirish imkonini bergan;
yarimo‘tkazgichli koordinat-sezuvchanli detektorlarning ikki tomonlama diffuziya o‘tkazish texnologiyasi 3205/GF4 raqamli «Quyosh elementlarini yaratishda frontal kontaksiz nanotexnologiyalarda kremniy qatlamli qoplashni ilmiy asosini ishlab chiqish» (2015–2017) fundamental loyihasida simmetrik bo‘lgan kirishmalar joylashishini hosil qilishda qo‘llanilgan (Qozog‘iston Milliy universiteti Milliy nanotexnologiya laboratoriyasining 2017 yil 12 oktyabrdagi 12/10/K-102-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish diffuziya jarayoni vaqtini ikki marta kamaytirish imkonini bergan;
kremniy asosida sakkiz tasmali koordinat-sezuvchanli detektor ishlab chiqilgan (Yoshlarning «Innovatsion g‘oyalari» Respublika ko‘rik tanlovi g‘olibi, sertifikat, Toshkent, 2016 y.). Ishlab chiqilgan detektor o‘xshash namunalarga nisbatan yadroviy zarrachalarni qayd qilish sezgirligini 20 foizga oshirish imkonini bergan.