Muxtorov Erkin Mustafoevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vrach kasbiy mahoratini rivojlantirishining psixologik mexanizmlari”, 19.00.03-Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi (kasb psixologiyasi) (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/P25.
Ilmiy maslahatchi: Begmatov Abduladjan Seradjinovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ibodullaev Zarifboy Rajabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jabborov Xazrat Xuseynovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vrach kasbiy mahoratini rivojlantirishining psixologik mexanizmlari aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaliyotchi vrachlarning kasbiy mahoratini rivojlanishida faoliyatdagi ijtimoiy normalarga rioya qilish, bemorlar va hamkasblarining ichki kechinmalarini to‘g‘ri baholash, tibbiy muloqotni konstruktiv tashkil etishda “xulqiy”, “kreativlik”, “kognitiv”, “altruizm” kabi professional attityudlarning ish stajiga bog‘liq shakllanishi tufayli kasbiy motivatsiya integral ta’sirga ega usutvor psixologik omil ekanligi dalillangan;
vrachlar kasbiy mahoratini namoyon bo‘lishida “vrach-mijoz-mijozning yaqinlari” munosabatlarida bir-birining kechinmalarini autent baholash, idrok etishni aks ettiruvchi empatiyaning ratsional va hissiy kanalini, lingvistik, matematik mantiq va shaxslararo intellektni tibbiy muloqotdagi profesional deontologiyaga simbioz ifodalanishi tufayli shaxsning emotsional xususiyatlari va intellekt tiplari usutvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
vrach-bemor o‘rtasida optimal komplaensning shakllanishi insonlar va vaziyatni tushunishning altruizmga, emotsional barqarorlikning kasbiy mahoratni xulqiy, kognitiv, ijtimoiy adaptatsion sifatlariga uyg‘un holda professional muloqotga ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli sotsial kommunikativ kompetentlikning integral xususiyatlariga bog‘liq ekani isbotlangan;
vrachlardagi kasbiy mahoratni rivojlanganligi baholashda “bemor-shifokor”, “shifokor-shifokor” munosabatlaridagi disfunksional-barerlarni engib o‘tishni ifodalovchi kommunikativ sifatlar integratsiyasi ijtimoiy tafakkurni faollashtirganligi tufayli tibbiy vaziyatlardagi kommunikativ-shaxslilik imkoniyati, sotsial persepsiya, refleksiya shaxsga ta’sir etuvchi muhim “professional-psixologik prediktorlar” ekanligi isbotlangan;
vrachlarda kasbiy mahoratni rivojlantirish modeli professional tushunchalarni anglash, tibbiy vaziyatdagi muloqot va shaxslararo munosabatlardagi identifikasiyaning kasbiy ko‘nikmalar negizida shakllanishi muhimligi tufayli korreksion-adaptiv bosqichdagi “kognitiv”, “adaptatsion”, “emotsional”, “xulqiy” komponentlarni uyg‘unlashtirish asosida takomilashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vrach kasbiy mahoratini rivojlantirishining psixologik mexanizmlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
amaliyotchi vrachlarning kasbiy mahoratini rivojlanishida faoliyatdagi ijtimoiy normalarga rioya qilish, bemorlar va hamkasblarining ichki kechinmalarini to‘g‘ri baholash, tibbiy muloqotni konstruktiv tashkil etishda “xulqiy”, “kreativlik”, “kognitiv”, “altruizm” kabi professional attityudlarning ish stajiga bog‘liq shakllanishi tufayli kasbiy motivatsiya integral ta’sirga ega usutvor psixologik omil ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-124-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-124a-son ma’lumotnomasi). Natijada vrachlarning kasbiy faoliyat samaradorligi oshgan;
vrachlar kasbiy mahoratini namoyon bo‘lishida “vrach-mijoz-mijozning yaqinlari” munosabatlarida bir-birining kechinmalarini autent baholash, idrok etishni aks ettiruvchi empatiyaning ratsional va hissiy kanalini, lingvistik, matematik mantiq va shaxslararo intellektni tibbiy muloqotdagi profesional deontologiyaga simbioz ifodalanishi tufayli shaxsning emotsional xususiyatlari va intellekt tiplari usutvor xarakterga ega ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-124-son buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-124a-son ma’lumotnomasi). Natijada vrashlar faoliyatida namoyon bo’ladigan kasbiy mahorat omillarini rivojlanishiga ta’sir etuvshi mexanizmlar aniqllashtirilgan;
vrach-bemor o‘rtasida optimal komplaensning shakllanishi insonlar va vaziyatni tushunishning altruizmga, emotsional barqarorlikning kasbiy mahoratni xulqiy, kognitiv, ijtimoiy adaptatsion sifatlariga uyg‘un holda professional muloqotga ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli sotsial kommunikativ kompetentlikning integral xususiyatlariga bog‘liq ekani isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-124-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-124a-son ma’lumotnomasi). Natijada vrashlar faoliyatidagi shaxslilik xususiyatlari, faoliyat davomiyligi va gender xususiyatlarining o’zaro aloqadorlik ko’rsatkishlari aniqlangan;
vrachlardagi kasbiy mahoratni rivojlanganligi baholashda “bemor-shifokor”, “shifokor-shifokor” munosabatlaridagi disfunksional-barerlarni engib o‘tishni ifodalovchi kommunikativ sifatlar integratsiyasi ijtimoiy tafakkurni faollashtirganligi tufayli tibbiy vaziyatlardagi kommunikativ-shaxslilik imkoniyati, sotsial persepsiya, refleksiya shaxsga ta’sir etuvchi muhim “professional-psixologik prediktorlar” ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-124-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-124a-son ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy mahorat omillari darajasini tadqiq etish ushun psixodiagnostik metodikalar tizimlashtirilgan;
vrachlarda kasbiy mahoratni rivojlantirish modeli professional tushunchalarni anglash, tibbiy vaziyatdagi muloqot va shaxslararo munosabatlardagi identifikasiyaning kasbiy ko‘nikmalar negizida shakllanishi muhimligi tufayli korreksion-adaptiv bosqichdagi “kognitiv”, “adaptatsion”, “emotsional”, “xulqiy” komponentlarni uyg‘unlashtirish asosida takomilashtirilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-124-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-124a-son ma’lumotnomasi). Natijada vrash faoliyatining muvaffaqiyatli bo’lishini ta’minlash mexanizmlari samaradorligiga erishilgan.