Ajiniyazov Baxitbay Kenesbaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘k rangli qorako‘l qo‘ylarning mahsuldorlik va biologik xususiyatlarini o‘rganish», 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Qx63.

Ilmiy rahbar: Yusupov Suratbek Yunusovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, Chorvachilik va parandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.V/Qx.12.01.

Rasmiy opponentlar: Qaxxarov Abdusattor, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Jumadullaev Burxon Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘k va qora rangli qorako‘l qo‘ylarini rangi bo‘yicha turli xil juftlashdan olingan avlodlarning mahsuldorlik va biologik xususiyatlari asosida Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘k rangli qorako‘l qo‘ylarini urchitishning seleksiya uslublarini yaratishdan iborat.

II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Qoraqalpog‘iston sharoitida havorang va kumush rangbaranglikdagi ko‘k rangli qo‘chqorlarni qora rangli sovliqlar bilan juftlashdan olingan avlodlarda belgilarning namoyonlanish xususiyatlari aniqlangan;

avlodlarining o‘sish va rivojlanishi xususiyatlari aniqlangan;

qo‘ylarning qayta urchish va pushtdorlik chegaralari hamda qo‘ylarda hayotchanlik va qon morfologiyasi ko‘rsatkichlari aniqlangan;

jun va qorako‘l teri mahsuldorligining shakllanish xususiyatlari va ko‘k qorako‘l qo‘ylarini urchitishning samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘k rangli qorako‘l qo‘ylarning mahsuldorlik va biologik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘k qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorlik va biologik xususiyatlarini oshirish texnologiyasi Taxtako‘pir tumani «Mulk» qorako‘lchilik xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 5 dekabrdagi 011/09-1675-son ma’lumotnomasi). Natijada qimmatli havorang rangbaranglikning avlodlarga o‘tish darajasini 32 foiz, ular irsiyatining mustahkamlanishi va nasliy xususiyatlari yuqori bo‘lgan va rentabellik darajasi 26,9 foizga oshishiga erishilgan;

Qoraqalpog‘iston sharoitida havorang va kumush rangbaranglikdagi ko‘k rangli qo‘chqorlarni qora rangli sovliqlar bilan juftlash texnologiyasi ishlab chiqilgan va joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Chorvachilikda naslchilik ishlari bo‘yicha davlat inspeksiyasining 2017 yil 30 noyabrdagi 100-son ma’lumotnomasi.) Natijada avlodlarning o‘sish va rivojlanishi, qayta urchish xususiyatlari, pushtdorligi, hayotchanligi, qon morfologiyasi, jun va qorako‘l teri ishlab chiqarish ko‘rsatkichi oshgan;

ko‘k rangli qo‘ylarning naslli suruvi yaratilgan va Taxtako‘pir tumani «Mulk» qorako‘lchilik xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qorako‘l» uyushmasining 2017 yil 5 dekabrdagi 10-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ko‘k qorako‘l qo‘ylarini urchitishning iqtisodiy samaradorligi qora rangli qo‘ylarga nisbatan 8,0 foizga yuqori bo‘lishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish