Rasulev Abdulaziz Karimovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot texnologiyalari va xavfsizligi sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy va kriminologik choralarini takomillashtirish», 12.00.08–Jinoyat huquqi, huquqbuzarliklarni oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Yu40.

Ilmiy maslahatchi: Abdurasulova Qumrinisa Raimkulovna, yuridik fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.25.01.

Rasmiy opponentlar: Zufarov Rustam Axmedovich, yuridik fanlar doktori, professor; Mirzaev Aziz Alisherovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Maxkamov Otabek Muxtarovich, yuridik fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: axborot texnologiyalari va xavfsizligi sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy va kriminologik choralarini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

shaxsiy hayot daxlsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, fuqarolarning huquqlari muhofaza qilinishini ta’minlash, shuningdek huquqiy bo‘shliqni bartaraf etishda shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash zarurati asoslangan;

shaxsning shaxsiy hayot daxlsizligini jinoyat-huquqiy muhofaza qilinishi va javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashda shaxsiy hayot daxlsizligiga tajovuz qilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi JK 1411-moddasida javobgarlik belgilash zarurati isbotlangan;

jinoyat qonunining odillik va insonparvarlik prinsiplarini ta’minlash maqsadida axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni sodir etganlarga nisbatan ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni qo‘llash maqsadga muvofiqligi asoslangan;

ayrim turdagi jinoyatlar (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish (JK 1881-moddasi), jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish (JK 2441-moddasi))ning telekommunikatsiya tarmoqlari va internet orqali sodir etilishining ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoriligi isbotlangan;

telekommunikatsiya tarmoqlari va internet orqali o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish, o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash uchun javobgarlik belgilash zarurati asoslangan;

hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan internet saytlarida salbiy axborotni tarqatganlik uchun blogerning javobgarligini qonuniga kiritish kerakligi isbotlangan;

elektron tijoratni amalga oshirishda ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlaridan shartnomada belgilanmagan maqsadlarda foydalanish, mazkur ma’lumotlarning oshkor etilishi ta’qiqlanishi lozimligi asoslangan;

g‘ayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keladigan, jamiyatda buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi axborotning bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlanishi va bunday harakatlar uchun javobgarlik belgilanishi taklif etilgan;

axborot sohasidagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan «ishonchli muloqot» uslubining qo‘llanishi maqsadga muvofiqligi, ularning psixologik holatidan kelib chiqib, surishtiruv, tergov va profilaktik chora-tadbirlarning amalga oshirilishi lozimligi ko‘rsatilgan;

axborot texnologiyalari vositasida shaxsning hayoti, sog‘lig‘i va ahloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatilishi sababli mazkur harakatlar ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tan olinishi lozimligi taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Axborot texnologiyalari va xavfsizligi sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy va kriminologik choralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ–411-sonli Qonuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi MJtK 461-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2016 yil 28 sentyabrdagi 06/1-05/1148-vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘zgartirish shaxsiy hayot daxlsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, fuqarolarning huquqlari muhofaza qilinishini ta’minlash, shuningdek huquqiy bo‘shliqni bartaraf etishga xizmat qilgan;

shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ–411-sonli Qonuni bilan kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi JK 1411-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2016 yil 28 sentyabrdagi 06/1-05/1148-vx-son ma’lumotnomasi). Shaxsiy hayot daxlsizligiga tajovuz qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi shaxsning shaxsiy hayot daxlsizligini jinoyat-huquqiy muhofaza qilinishini va javobgarlikning muqarrarligini ta’minlagan;

axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga ozodlikni cheklash jazosini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi O‘RQ–389-sonli Qonuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi JK 2781–2786-moddalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2018 yil 2 iyuldagi 06/1-05-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun muqobil jazo tayinlanishiga xizmat qiladi;

ayrim turdagi jinoyatlarni telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet orqali sodir etilishining ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoriligi O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi O‘RQ–405-sonli Qonuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi JK 1881-moddasi, 2441-moddasi uchinchi qismi «g» bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2018 yil 2 iyuldagi 06/1-05-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifga muvofiq axborot texnologiyalaridan jinoiy maqsadlarda foydalanish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan;

telekommunikatsiya tarmoqlari va internet orqali o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish, o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash uchun O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi O‘RQ–436-sonli Qonuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi JK 103- va 1031-moddalarida javobgarlik belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2018 yil 2 iyuldagi 06/1-05-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif inson hayotiga tahdid soluvchi turli axborot hurujlari uchun jinoiy javobgarlik belgilanishiga xizmat qilgan;

hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan ayrim turdagi salbiy axborotni Internetda tarqatganlik uchun blogerning javobgarligi to‘g‘risidagi qoidalar O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi 560-II-sonli Qonunining 3- va 121-moddalariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2018 yil 2 iyuldagi 05/2-01-71-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif internet tarmog‘idan foydalanib, sodir etiladigan turli jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi;

elektron tijoratni amalga oshirishda ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlaridan shartnomada belgilanmagan maqsadlarda foydalanish mumkin emasligi, mazkur ma’lumotlarning oshkor etilmasligi lozimligi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 22 maydagi «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘RQ–385-sonli Qonunining 18-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2018 yil 2 iyuldagi 05/2-01-71-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan shaxsiy ma’lumotlardan g‘ayriqonuniy foydalanishning taqiqlanishiga asos bo‘lgan;

g‘ayriqonuniy hulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keladigan, jamiyatda buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi axborotni bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlanishi va bu harakatlar javobgarlikka olib kelishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 8 sentyabrdagi «Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘RQ–444-sonli Qonunining 16-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2018 yil 2 iyuldagi 05/2-01-71-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif bolalar orasida ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborot tarqatilishining g‘ayriqonuniy harakat sifatida baholanishiga xizmat qilgan;

axborot texnologiyalari va xavfsizligi sohasidagi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi PQ–3723-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida tahliliy ma’lumotlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2018 yil 2 iyuldagi 05/2-01-71-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlanishiga xizmat qilgan;  

axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan «ishonchli muloqot» uslubining qo‘llanishi maqsadga muvofiqligi, mazkur shaxslarning psixologik holatini inobatga olib, surishtiruv, tergov va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 2 iyuldagi 33/1985-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi jinoyatlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi jinoyatlarning sabablarini o‘rganishda tashqi ta’sirlarni, xodimlarning kompetentlik va amaliy ko‘nikmalari darajasini, huquqbuzarlik motivlarini aniqlash, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar monitoringi olib borilishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 2 iyuldagi 33/1985-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi jinoyatlarning sabablarini aniqlash hamda ularni  barvaqt oldini olishga xizmat qilgan;  

axborot xavfsizligi davlatning milliy manfaatlari bilan bevosita bog‘liqligi sababli jinoyat-huquqiy muhofaza ob’ekti ekanligi O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasida o‘z aksini topdi (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazining 2017 yil 13 noyabrdagi 03-07-02/124-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif axborot xavfsizligi jinoyat-huquqiy muhofaza ob’ekti sifatida himoya qilinishiga xizmat qilgan;

axborotni muhofaza qilishda axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozimligi O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazining 2017 yil 13 noyabrdagi 03-07-02/124-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining axborotni muhofaza qilishga yo‘naltirilishini ta’minlab bergan;

ahborot xavfsizligiga tahdid soluvchi xavflarning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon etkazishi O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazining 2017 yil 13 noyabrdagi 03-07-02/124-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif axborot tahdidlarining ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoriligini va axborot sohasida jinoyat sodir etilishining omili sifatida baholash imkonini bergan;

shaxsning ongiga axborot texnologiyalari vositasida ta’sir ko‘rsatish uning hayoti, sog‘lig‘i va ahloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi sababli shaxsni g‘ayriqonuniy axborot ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qoida O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazining 2017 yil 13 noyabrdagi 03-07-02/124-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ushbu harakatlarning ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tan olinishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish