Samadiy Murodjon Abdusalimzodaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Orol dengizi sho‘rlangan suvlari asosida litiy birikmalari va Xandiza koni xomashyo manbalaridan rux xloridini olish texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/T495.
Ilmiy maslahatchi: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023. K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Sharafitdinov Ulug‘bek Ziyatovich, kimyo fanlari doktori, professor; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Sherkuziev Doniyor Shermamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xandiza koni rux saqlovchi rudasi va konsentratini rux xloridga qayta ishlash, hamda Orol dengizi suv resurslaridan litiy birikmalarini ajratib olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 500oS haroratda termik ishlov berilgan Xandiza koni rux saqlovchi konsentrati xlorid kislotada parchalanganda ruxning parchalanish darajasini 68,45% dan 90,05% gacha oshganligi, kal`siy, mis, qo‘rg‘oshin, molibden, kadmiy va kremniylarning eruvchanligi esa bir necha barobar kamayganligi isbotlangan;
rux xlorid eritmasini tozalash jarayonida kal`siy xlorat, kal`siy oksid, rux gidrooksid yordamida temir va kal`siy tuzlarining 98,33 va 99,82% miqdorda cho‘kishi aniqlangan;
rux saqlovchi konsentratni yuqori bosimli avtoklav qurilmasida xlorid kislota bilan parchalash asosida tozalik darajasi 97,7% rux xloridi sintez qilingan va olinish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor absolyut etil spirti ishtirokida litiy karbonati va titan oksidi aralashmasini 1023K haroratda qattiq-fazali modifikatsiyalash usulida LiTi2O4 (LTO-1) adsorbenti sintez qilingan;
LTO-1 adsorbent kukuniga karboksilmetilsellyuloza (KMS), temir xloridi, dietilen glikol glisidil efir (DEEG) va melamindan (ME) iborat eritma bilan ishlov berish yo‘li bilan xlorid kislota muhitiga barqaror va adsorbsiyalash sig‘imi 12,02 mg/g bo‘lgan donador KMS-LTO-DEEG-ME kompozisiyasi ishlab chiqilgan;
Orol dengizi suvidan KMS-LTO-DEEG-ME kompozisiyasida litiyni adsorbsiyalash, xlorid kislotali desorbsiyalash va natriy karbonatda cho‘ktirish usullarida litiy karbonati olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xandiza koni rux saqlovchi konsentratini rux xloridiga qayta ishlash va Orol dengizi sho‘r suvidan litiy birikmasini ajratib olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karboksimetilsellyuloza, litiy-titan oksidi, dietilen glikol glisidil efir va melamin asosida KMS-LTO-DEEG-ME adsorbentini olish texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 15 fevraldagi 23/01-01-07/65-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orol dengizi suvlaridan litiyni tanlamali ajratib olish xususiyatiga ega adsorbent olish imkonini beradi;
Orol dengizi suvidan adsorbsiya usulida litiy karbonat sintez qilib olish «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ ning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 15 fevraldagi 23/01-01-07/65-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orol dengizi suvlaridan akkumumlyatorlar uchun litiy karbonat olish imkonini beradi;
Orol dengizi suvidan litiy karbonat olish texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ ning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 15 fevraldagi 23/01-01-07/65-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orol dengizi suvlaridan litiy karbonat olish texnologiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.