Nasridinov A’zamjon Umaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforiti, kalsiy karbonat va ammiak asosida mineral qo‘shimlar, ozuqabop kalsiyammoniyfosfat olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3579.
Ilmiy rahbar: Mirzaqulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazorovich, texnika fanlari doktori, professor; Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: MQ fosforitlaridan kalsiy karbonat, ammiak va EFK asosida mineral qo‘shimchalar, ozuqabop monoammoniyfosfat, monokalsiyfosfat va kalsiy-ammoniyfosfat olishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ohaktoshni chuqur ftorsizlantirilgan hamda konsentrlangan EFK bilan parchalash va ular asosida ozuqabop monokalsiyfosfat olish jarayonining maqbul texnologik parametrlari aniqlangan;
ilk bor monoammoniyfosfat, ohaktosh va chuqur ftorsizlantirilgan, konsentrlangan EFK asosida suvda eruvchan shaklda ozuqa komponentlari bo‘lgan, ozuqabop kalsiy-ammoniyfosfat olish jarayoninig maqbul sharoitlari va texnologik parametrlarning ta’siri isbotlangan;
ohaktosh, monoammoniyfosfat eritmasi va chuqur ftorsizlantirilgan, konsentrlangan EFK asosida olingan ozuqabop monokalsiyfosfat va kalsiy-ammoniyfosfatning fizik-kimyoviy tavsiflari va tovar xossalarini texnologik parametrlarga bogʻliqligi aniqlangan;
ohaktoshni chuqur ftorsizlantirilgan, konsentrlangan EFK va/yoki NH4H2PO4 eritmasi bilan qayta ishlab ozuqabop monokalsiyfosfat va kalsiy-ammoniyfosfat sintez qilishning moddiy oqimi hisoblangan va prinsipial texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ozuqabop toza monokalsiyfosfat va kalsiy-ammoniyfosfat komponentlaridan iborat suvda eruvchan mineral qo‘shimchalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
ohaktoshni  chuqur ftorsizlantirilgan va konsentrlangan EFK bilan qayta ishlash orqali ozuqabop monokalsiyfosfat olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2024-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2023 yil 10 iyuldagi 99-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, intensiv va energiya tejamkor texnologiya bo‘yicha ozuqabop monokalsiyfosfat ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini beradi;
tozalangan EFK, monoammoniyfosfat eritmasi va ohaktosh asosida, tarkibida suvda eruvchan shaklda uch turdagi ozuqa komponentlari (NPCa) bo‘lgan mineral qo‘shimchalar, ozuqabop kalsiy-ammoniyfosfat olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJ ning “2024-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2023 yil 10 iyuldagi 99-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik uchun tarkibida, bir mahsulotda uch turdagi ozuqa komponentlari bo‘lgan kalsiy-ammoniyfosfat ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish