Xalmetova Feruza Iskandarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reaktiv artritda umurtqa zararlanishining klinik, immunologik va genetik jihatlari» 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib797.
Ilmiy maslahatchi: Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DCs.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodiqulova Gulandon Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi reaktiv artritning klinik kechishi va spondilit shakllanishida IL-17A va IL-18 va ularni IL-17A rs2275913 va IL18 rs 187238 gen polimorfizmlarini patogenetik o‘rnini hamda davolashni muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reaktiv artritga chalingan bemorlarda IL-17A ekspressiyasi negizida umurtqadagi tuzilmaviy buzilishlar va undagi suyak to‘qimasini remodellanishi aniqlangan;
reaktiv artritga chalingan bemorlarda spondilit shakllanishi va umurtqa pog‘onasida destruktiv o‘zgarishlarni rivojlanishida IL17A-rs2275913 va IL18-rs187238 gen polimorfizmlariningpatogenetik ahamiyati asoslangan;
reaktiv artritda tizimli yallig‘lanish jarayoni va klinik kechishini avjlanishida yallig‘lanish oldi sitokinlari IL-17A va IL-18 larning prognostik ahamiyati asoslangan;
reaktiv artritda umurtqa pog‘onasi xaritalash tizimidagi kuzatilgan belgi va ko‘rsatkichlari bilan IL-17A hamda IL-18 ekspressiyasi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
reaktiv artritda IL-17 ingibitorlarini qo‘llanilishi negizida umurtqa pog‘onasidagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni rivojlanishini to‘xtatishga qaratilgan davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 4 maydagi 05/105 - sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: reaktiv artritga chalingan bemorlarda IL-17A ekspressiyasi negizida umurtqadagi tuzilmaviy buzilishlar va undagi suyak to‘qimasini remodellanishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: reaktiv artritga chalingan bemorlarda umurtqada tuzilmaviy buzilishlarni erta tashxislash kasallikning avj olib borishini oldini olishga va davolash chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 26.10.2023-yildagi 33/1-sonli buyruq va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi 23.10.2023-yildagi 164-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umurtqadagi tuzilmaviy buzilishlarini erta tashxislashga, mumkin bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkoniyat beradi; davolash chora-tadbirlarni sifatini oshirishga va kasalxonaga qayta murojaat qilish sonini 38% ga kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) umurtqada tuzilmaviy buzilishlarini reaktiv artrit bilan xastalangan bemorlarda erta tashxislash 68% bemorlarda tuzilmaviy o‘zgarishlar rivojlanishining oldini olishga imkoniyat beradi; 2) umurtqada tuzilmaviy buzilishlarni erta tashxislash kasallikning avj olib borishini oldini olgan holda 1 nafar bemor uchun 2200000 so‘m iqtisod qilindi. 100 nafar bemordan kasallik avj olib borilishi 6 nafar bemordan 2 nafar bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 2200000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 6600000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil qiladi. Xulosa: reaktiv artritga chalingan bemorlarda umurtqada tuzilmaviy o‘zgarishlarni erta tashxislash kasallikda qaytmas struktur buzilishlar avj olib borishining oldini olish va bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 6600000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xalmetova Feruza Iskandarovnaning “Reaktiv artritda umurtqa zararlanishining klinik, immunologik va genetik jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 14-dekabrdagi 09-11393-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: reaktiv artritga chalingan bemorlarda spondilit shakllanishi va umurtqa pog‘onasida destruktiv o‘zgarishlarini rivojlanishida IL17A-rs2275913 va IL18-rs187238 gen polimorfizmlarining patogenetik ahamiyati asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: reaktiv artritga chalingan bemorlarda spondiloartrit rivojlangan bemorlarda IL17A-rs2275913 va IL18-rs187238 gen polimorfizmlarining patogenetik ahamiyatini o‘rganish umurtqa pog‘onasining tuzilmaviy o‘zgarishlarni avj olib borishini bashorat qilishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 26.10.2023-yildagi 33/1-sonli buyruq va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi 23.10.2023-yildagi 164-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: reaktiv artritga chalingan bemorlarda IL17A-rs2275913 va IL18-rs187238 gen polimorfizmlarini o‘rganish, umurtqa pog‘onasida destruktiv o‘zgarishlarini erta tashxislash, bemorlarda umurtqada tuzilmaviy buzilishlarni avj olib borishini va noxush asoratlarini bashorat qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gen-injener biologik dori vositasini, xususan IL-17A ning ingibitorini qo‘llash bemorlarda shifoxonada davolashning iqtisodiy xarajatlarini 52% ga kamaytirdi; 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 15,6 kundan 10,02 (5 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 860000 so‘mga kamaytirildi; shifoxonada davolash davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 220 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi. Xulosa: reaktiv artrit bilan xastallangan bemorlarda kasallik faolligini va umurtqa struktur buzilishini erta tashxislash kasallikni davolash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirishga imkon berdi. Natijada, bemorning shifoxonada qolish muddatini 15,6 kundan 10,02 kungacha qisqartirib shifoxonada qolish to‘lov miqdori 220 ming so‘mga kamaytirgan va 68% bemorlarda kasallikni remissiya davriga o‘tkazishga imkon bergan. Xalmetova Feruza Iskandarovnaning “Reaktiv artritda umurtqa zararlanishining klinik, immunologik va genetik jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 14-dekabrdagi 09-11393- sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: reaktiv artritda tizimli yallig‘lanish jarayoni va klinik avjlanishida yallig‘lanish oldi sitokinlari IL-17A va IL-18 larning o‘rni asoslangan va ularning prognostik ahamiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: umurtqa pog‘onasida tuzilmaviy o‘zgarishlar va tizimli yallig‘lanishi negizida reaktiv artrit klinik kechishi xususiyatlari, umurtqa pog‘onasi harakatchanligi funksiyasi buzilishini rivojlanish mexanizmlari hamda uning immun-yallig‘lanish jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ifodalashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 26.10.2023-yildagi 33/1-sonli buyruq va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi 23.10.2023-yildagi 164-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: reaktiv artritda yallig‘lanish jarayoni va klinik avjlanishida yallig‘lanish oldi sitokinlari IL-17A va IL-18 larning o‘rnini o‘rganish reaktiv artrit bilan xastalangan bemorlarda umurtqada tuzilmaviy o‘zgarishlarining avj olib borishini oldini olishga imkon yaratadi; tizimli yallig‘lanish va umurtqa pog‘onasida tuzilmaviy o‘zgarishlar negizida hujayraviy immunitet o‘zgarishlarini erta tashxislash va oldini olish kasallikni davolash samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: reaktiv artritga chalingan bemorlarda immun yallig‘lanish jarayonni pasaytirish maqsadida bazis dori-vositalar negizida IL 17 ingibitorlarini qo‘llash tavsiya etilgan va shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan; reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan. Xulosa: reaktiv artritda tizimli yallig‘lanish jarayoni va klinik avjlanishida yallig‘lanish oldi sitokinlari IL-17A va IL-18 larning miqdoriga ko‘ra kasallikni erta davolash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirishga imkon berdi. Natijada, bemorda immun yallig‘lanish jarayonini kamaytirish maqsadida bazis dori vositalar negizida IL 17 ingibitorlarini qo‘llash tavsiya etilgan va shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xalmetova Feruza Iskandarovnaning “Reaktiv artritda umurtqa zararlanishining klinik, immunologik va genetik jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 14-dekabrdagi 09-11393-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: reaktiv artritda umurtqa pog‘onasini xaritalash tizimi ishlab chiqilgan va IL-17A hamda IL-18 ekspressiyasi tufayli yuzaga kelgan o‘ziga xos o‘zgarishlarni erta aniqlashda uning o‘rni asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: spondiloartrit mavjud reaktiv artritga chalingan bemorlarda umurtqa pog‘onasini xaritalash tizimini qo‘llash kasallikda umurtqada yuzaga kelgan o‘ziga xos tuzilmaviy buzilishlarni erta muddatlarda aniqlash klinik, laborator va vizualizatsion usullar yordamida suyak to‘qimasini remodellanishini aniqlash va davolashning erta boshlanishi kasallik kechish muddatini qisqartiradi, tuzalishni imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 26.10.2023-yildagi 33/1-sonli buyruq va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi 23.10.2023-yildagi 164-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: spondiloartrit mavjud reaktiv artritga chalingan bemorlarda umurtqa pog‘onasini xaritalash tizimi yordamida umurtqada tuzilmaviy buzilishlar bilan kechgan bemorlarning taqdirini bashoratlash va o‘z vaqtida ko‘rsatilgan davo natijasida salomatligiga, mehnatga layoqatlilik davrini va o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarini uzoq muddatga saqlab qolishga va hayot sifatini yaxshilashga olib keldi, nogironlik va o‘lim xavfini kamaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umurtqa pog‘onasini xaritalash tizimi yordamida umurtqada yuzaga kelgan o‘ziga xos tuzilmaviy buzilishlar, undagi suyak to‘qimasini remodellanishi mavjudligi statsionar bo‘lish kunlarini kamayishiga, tashxislashga hamda takroriy davolashga ketadigan mablag‘ni tejalishiga erishilgan. Xulosa: spondiloartrit mavjud reaktiv artritga chalingan bemorlarda umurtqa pog‘onasini xaritalash tizimini qo‘llash umurtqada yuzaga kelgan o‘ziga xos tuzilmaviy buzilishlarni avj olishini oldini olish va byudjetdan tashqari mablag‘larni 860000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xalmetova Feruza Iskandarovnaning “Reaktiv artritda umurtqa zararlanishining klinik, immunologik va genetik jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 14-dekabrdagi 09-11393-sonli xati yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: IL17A-rs2275913 gen polimorfizmini genotiplash va rivojlangan spondiloartritning davolashda IL-17 ingibitorlarini qo‘llanilishi negizida reaktiv artritga chalingan bemorlar uchun shaxsiylashtirilgan bazisli davo usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: spondilit mavjud reaktiv artrit bilan xastalangan bemorlarda IL-17A ni ingibirlash orqali davolash umurtqa pog‘onasidagi tuzilmaviy o‘zgarishlar rivojlanishining oldini olish va erta nogironlik xavfini kamaytirish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 26.10.2023-yildagi 33/1-sonli buyruq va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi 23.10.2023-yildagi 164-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: spondilit mavjud reaktiv artrit bilan xastalangan bemorlarda gen-injener biologik dori vositalarni qo‘llash tizimli asoratlar rivojlanishini, nogironlik va kasallik zo‘rayishini oldini olish, mehnat qobiliyatini uzoq muddatga saqlab qolishiga imkoniyat bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gen-injener biologik dori vositasini, xususan IL-17A ning ingibitorini qo‘llash bemorlarda shifoxonada davolashning iqtisodiy xarajatlarini 52% ga kamaytirdi; 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 15,6 kundan 10,02 (5 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 860000 so‘mga kamaytirildi; shifoxonada davolash davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 220 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi. 15,6 kundan 10,02 kungacha qisqartirib shifoxonada qolish to‘lov miqdori 220 ming so‘mga kamaytirgan va 68%. Xulosa: spondiloartrit mavjud reaktiv artritga chalingan bemorlarda davolash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish nogironlikni oldini olish va byudjetdan tashqari mablag‘larni 860000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xalmetova Feruza Iskandarovnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini (14.00.05–ichki kasalliklar) olish uchun “Reaktiv artritda umurtqa zararlanishining klinik, immunologik va genetik jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 14 dekabrdagi 09/11393- sonli xati yuborilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Reaktiv artritda umurtqa zararlanishining klinik, immunologik va genetik jihatlari” mavzusida dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 4- maydagi 05/105-sonli xulosasi.