Nabiev Ibroximjon Murodil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkini jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2023.2.PhD/Tib3630.
Ilmiy rahbar: Nishanov Murodjon Foziljonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nuritdinov Orif Tolipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tashrih vaqtida qoldiq bo‘shliqqa antiparazitar va yallig‘lanishga qarshi kompleks ishlov berish orqali yiringlash bilan asoratlangan jigar exinokokkozini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiq qilinayotgan mahalliy antiseptik vositasi yorug‘likni singdirishning yuqori spektriga ega ekanligi, bunda olingan spektral diapazon ul`trabinafsha, ko‘k va yashil spektrlarda nurlantirish yordamida antiparazitar samarani kuchaytirish uchun fotofaollashtirishni o‘tkazish imkonini berishi isbotlangan;
antiseptik suyuqlikka yashil spektrda lazerli ta’sir ko‘rsatish uch daqiqa davomidayoq nativ exinokokk suyuqligidagi skolekslarning to‘liq denaturatsiyasi, antiparazitar faollikni kuchayishi va tezlashishi bilan namoyon bo‘luvchi fotosensibilizatsiyalovchi samarani ta’minlashi aniqlangan;
fotodinamik samaranining fibroz kapsula va uning atrofidagi jigar to‘qimasi gistotuzilmasiga ta’sirining yallig‘lanish reaksiyalari faolligining regressi va regeneratsiya jarayonlarining kuchayishi bilan tavsiflanuvchi morfologik hususiyatlari aniqlangan;
jigardagi yiringlash bilan asoratlangan exinokokk kistasining qoldiq bo‘shlig‘iga antiparazitar va yallig‘lanishga qarshi ishlov berishning infraqizil lazerli ta’sirni qo‘llash, so‘ngra fotodinamik rag‘batlantirishni ta’minlash uchun antiseptik vositani yashil spektral diapozonda nurlantirish bilan tavsiflanuvchi usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 29 apreldagi 06/20-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashi tomonidan 2024 yil 30 yanvardagi 6i-05/u -son ma’lumotnomasi bilan rasmiylashtirilgan):
birinchi ilmiy yangilik: tadqiq qilinayotgan mahalliy antiseptik preparati yorug‘ni singdirishning yuqori spektriga egaligi isbotlanib, bunda olingan spektral diapazon, ultrabinafsha, ko‘k va yashil spektrlarda nurlantirish yordamida parazitlarga qarshi samarasini kuchaytirish uchun fotofaollashtirishni o‘tkazish imkonini beradi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: bunda o‘tkazilgan spektrofotometrik tahlil (to‘lqin uzunligiga qarab kelib tushayotgan yorug‘likni singdirish jadalligi) shuni ko‘rsatadiki, FarGALS nomli mahalliy antiseptik preparati 330-550 nm rejimida yorug‘ni singdirish yuqori spektriga ega ekanligi, bunda olingan spektrli diapazon, ultrabinafsha (365-405 nm), ko‘k (440-445 nm) va yashil (520-525 nm) spektrlarda fotofaollashtirishni o‘tkazish imkonini berishi aniqlandi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: jigar exinokokkini jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari uchun olingan ilmiy-amaliy yangiliklarni Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi (08.02.2024y.; №31 sonli buyrug‘i) va Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi (02.02.2024y.; №24 sonli buyrug‘i) bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar exinokokkektomiyasidan keyin qoldiq bo‘shlig‘iga ishlov berishda jarrohlik davolash taktikasi takomillashtirilgan aralashuvlaridan keyin yuzaga kelish mumkin bo‘lgan asoratlar sonini minimallashtirish; amaliyotdan keyingi reabilitatsiya sifatini oshirish; bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va mehnat faoliyatiga qaytarish; • intraoperatsion asoratlarning chastotasi mos ravishda kamaytirish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qo‘yidagilardan iborat: yiringlash bilan asoratlangan jigar exinokokkozi bo‘yicha qoldiq bo‘shlig‘iga ishlov berishning taklif etilgan usuli hisobidan tadqiqot natijalarini joriy etilishi jarrohlik amaliyotidan keyin kasalxonada bo‘lish bosqichni 9,1±1,4-dan 7,7±1,3 sutkagacha, drenajni olib yurish muddatini 16,9±12,5 dan 9,3±6,3 sutkagacha, kuzatuvning ikki oy davomida asoratlarning umumiy chastotasini 47,4% dan 19,0%-gacha qisqartirish imkonini berib, umuman olganida bu narsa yaxshi natijalar ulushini 63,2% dan 90,5%-gacha oshishini va qoniqarsiz natijalar chastotasini 12,3% dan 2,4% kamaytirilishini ta’minlab bergan. Yuqoridagi natijalar tahlilidan xulosa qiladigan bo‘lsak: bemorlar shifoxonada qolish kunini mazkur amaliyotlar tadbig‘i natijasida o‘rtacha 1,4 kunga (9,1±1,4 - 7,7±1,3=1,4 kun) qisqarishidan 350 700 so‘m (1 kunlik shifoxonada qolish narxi 250 500 so‘m) iqtisod qilinadi (Farg‘ona viloyati KTTM va Namangan viloyati KTTM preyskurantiga ko‘ra); drenajlash muddati 7,6 kunga (16,9-9,3=7,6 kun) qisqarishi natijasida, sarflanadigan harajat (jarohatga ishlov berish vositalari, bog‘lam materiallar, qo‘shimcha antiseptiklar hamda antibiotiklar) 1 kun uchun o‘rtacha 48 000 so‘mni tashkil etganda 364 800 so‘mni iqtisod qilishga erishiladi (Farg‘ona viloyati KTTM va Namangan viloyati KTTM preyskurantiga ko‘ra); qoniqarsiz natijalar chastotasi 12,3% dan 2,4%gacha, ya’ni o‘rtacha 5,125 marotabaga kamaydi (12,3/2,4=5,125). Natijada qoniqarsiz natijalar yaxshilanishidan, 1204375 so‘m (har bir xolat uchun o‘rtacha 235000 so‘m sarflanishi hisobidan) iqtisod qilindi; Yuqoridagilardan kelib chiqib jami 1 nafar bemor uchun iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 1919875 so‘mni tashkil etsa, bunda yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 15359 000 so‘mni tashkil etadi (8 nafar bemor uchun). Xulosa: taklif etilayotgan yangicha usullarni amaliyotga to‘la joriy etilishi bir bemor uchun 1919875 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Buning natijasida yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 15359000 so‘mni tashkil etadi (8 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 4607700 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 10751300 so‘m miqdorda iqtisod qilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yashil spektrdagi lazer nurlanishni antiseptik suyuqligiga o‘tkazayotgan ta’siri, uch daqiqa davomidayoq nativli exinokokk suyuqligidagi skolekslarni to‘liq denaturatsiyasi bilan parazitlarga qarshi faollikni tezlashtirish va kuchaytirish bilan namoyon etiladigan fotosensibillashtirish samarasini ta’minlashi aniqlandi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: antiseptik eritmani yashil spektral diapazonda nurlantirish bilan fotodinamik stimullashda jigar exinokokki fibroz kapsulasining morfologik hususiyatlari va uning gistologik tuzilmasi haqidagi tasavvurlar doirasini kengaytirishda, erkin vodorodli radikalning akseptor hususiyatlarini faollashtirish bilan tavsiflanadigan hamda exinokokk murtak elementlarining hujayrali membranasini to‘lik buzish imkonini beruvchi germisidli ta’sirni fotodinamik kuchaytirish mexanizmiga aniqlik kiritishda muhim o‘rinni tutishi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: jigar exinokokkini jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari uchun olingan ilmiy-amaliy yangiliklarni Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi (08.02.2024y.; №31 sonli buyrug‘i) va Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi (02.02.2024y.; №24 sonli buyrug‘i) bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: exinokokkektomiyadan keyin yaqin va uzoq davr davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini keskin kamaytirish; asoratlarning chastotasini kamaytirish natijasida bemorlarning taktikaviy amaliyotdan oldingi va keyingi davr reabilitatsiya vaqti tezroq amalga oshib, ushbu holatlardagi bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mazkur usullarni tadbiq etilishi natijasidagi natijalarni differensiyalangan baholash uchun biz bemorlarni Clavien-Dindo tasnifiga muvofiq jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarning muhimligi bo‘yicha ajratilganida, asosiy guruhda qo‘shimcha invaziv chora-tadbirlarni o‘tkazishni talab etuvchi asoratlar mavjud bo‘lmagan, 3-ta (7,1%) uzoqroq drenajni talab etuvchi asoratlar, hamda 3-ta (7,1%) ahamiyatsiz asoratlar qayd etilgan. Qiyoslash guruhila esa umuman boshqacha vaziyat – 2-ta (3,5%:) qo‘shimcha invaziv chora-tadbirlarni o‘tkazishni talab etuvchi asoratlar, 14-ta (24,6%) uzoqroq drenajni talab etuvchi asoratlar va faqatgina 6-ta (10,5%) ahamiyatsiz asoratlar (÷2=8,044; df=3; p=0,046). Áó natijalar asosida xulosa qiladigan bo‘lsak: qo‘shimcha invaziv chora-tadbirlarni o‘tkazishni talab etuvchi asoratlar 3,5 marotaba kam talab etilsa (har bir invaziv chora tadbirlar uchun o‘rtacha 205000 so‘m sarflandi) shunda 717 500 so‘m iqtisodiy tejashga erishiladi (Farg‘ona viloyati KTTM va Namangan viloyati KTTÌ preyskurantiga ko‘ra); drenaj davomiyligi o‘rtacha 3,5 barobarga (24,6%/7,1%) qisqarishi natijasida, bu muddat doirasida qo‘shimcha iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi o‘rtacha 588000 (168000*3,5=588000) so‘mni tashkil etadi (Farg‘ona viloyati KTTM va Namangan viloyati KTTM preyskurantiga ko‘ra); Þqoridagilardan kelib chiqib mazkur usullarni amaliyotga tadbig‘i natijasida: 1 nafar bemor uchun iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 1305500 so‘mni tashkil etsa, bunda yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 18 277000 so‘mni tashkil etadi (14 nafar bemor uchun). Õóëîñà: antiseptik eritmani yashil spektral diapazonda nurlantirish bilan fotodinamik stimullashni jigar exinokokkida qo‘llashni amaliyotga joriy etish natijasida bir bemor uchun 1305500 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 14 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik 18277000 so‘mni tashkil etdi. Bunda mazkur usulning amaliyotga tatbig‘i yordamida yillik byudjet mablag‘laridan 5483100 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 12793900 so‘m miqdorda iqtisod qilindi.
uchinchi ilmiy yangilik: fotodinamik samarani fibroz kapsula va jigar yon to‘qimalarining gistotuzilmasiga o‘tkazayotgan ta’sirining morfologik hususiyatlari aniqlanib, ular yallig‘lanish reaksiyalar faolligining regressi va regenerator jarayonlarini kuchayishi bilan tavsiflanadilar; Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigardagi exinokokk kistasining yiringlash bilan asoratlangan qoldiq bo‘shlig‘iga, infraqizil lazer nurlantirish va antiseptikni yashil spektral diapazonda keyingi fotodinamik stimullash bilan tavsiflanadigan parazitlar va yallig‘lanishga qarshi ishlov berish bo‘yicha ishlab chiqilgan usul nativli exinokokk suyuqligidagi skolekslarni to‘liq denaturatsiyasi bilan parazitlarga qarshi faollikni tezlashtirish va kuchaytiradi, fibroz kapsulasida regenerator jarayonlarni kuchaytirish bilan yallig‘lanish reaksiyalar faolligini kamaytiradi, natijada bemorlarning tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya muddatlari qisqartirilishiga erishiladi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: jigar exinokokkini jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari uchun olingan ilmiy-amaliy yangiliklarni Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi (08.02.2024y.; №31 sonli buyrug‘i) va Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi (02.02.2024y.; №24 sonli buyrug‘i) bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: lazeroterapiya hamda mahalliy antiseptik vositani keng qo‘llash natijasida germisidli hamda jarohatlar erta bitishiga erishish; yaqin va uzoq davr davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asorat va xatolar sonini keskin kamaytirish; asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar operatsiyadan keyingi reabilitatsiya vaqtini tez amalga oshirish hamda faol ijtimoiy shuningdek mehnat faoliyatiga qaytarishga erishish; ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mazkur usullarni tadbig‘i natijasida asosiy guruhda bemorlarning yarmidan ko‘proq qoldiq bo‘shlig‘i drenajidan 10 sutkagacha bo‘lgan muddatda xalos bo‘lsa– 34 (81%), qiyoslash guruhida ushbu muddatda drenajdan faqat 19-nafar bemorlar xalos bo‘lganlar (33,3%) (÷2=28,047; df=5; p<0,01). Buni ustiga, qiyoslash guruhining 8-nafar bemorlarda (14%) drenajlash davomiyligi 30 sutkadan ortig‘ini tashkil qilgan. Kuzatuvning 2 oyi davomida jigarning asoratlangan exinokokkozini jarrohlik davolaø bo‘yicha umumlashtirilgan natijalarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, qiyosiy guruhda yaxshi natijalar faqat 63,2% holatlarda qayd etilgan, asosiy guruhda esa– 90,5% holatlarda (÷2=9,620; df=2; p=0,009). Tegishlicha, qoniqarsiz natijalar asosiy guruhda 5 barobarga kaìðîq bo‘lgan 2,4%,-ga qarshi 12,3%. Óìóìèé xulosa qilsak, bunda 1 bemorda: kerakli diagnostika tadbirlari arsenalini minimal darajaga kamaytirish natijasida bemorning turli diagnostik va davolash taktikasi davri qisarishi xisobiga o‘rtacha xisobda 1 700 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishga olib keladè, ya’ni: mazkur patologiyali bemorlarda odatda sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy xarajatlar: 6800000 so‘m (Farg‘ona viloyati KTTM va Namangan viloyati KTTM preyskurantiga ko‘ra); taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi hisobidagi o‘rtacha umumiy xarajatlar: 5100000 so‘m (Farg‘ona viloyati KTTM va Namangan viloyati KTTM preyskurantiga ko‘ra); ((odatda mazkur patologiyada sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy xarajat) 6800000 so‘m – (taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi xisobidagi o‘rtacha umumiy xarajat) 5100000 ñ¢ì = 1700000 so‘m (iqtisod qilinadigan summa)), bunda esa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 40800000 so‘mni tashkil etdi (8 nafar bemor uchun). Natijada: yillik byudjet mablag‘laridan 12240000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 28560000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Õóëîñà: bunda mazkur usullarni jarrohlik amaliyotiga joriy etish natijasida bir bemor uchun 1700000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 8 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik 40800000 so‘mni tashkil etdi. Yillik byudjet mablag‘laridan 12240000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 28560000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigardagi yiringlash bilan asoratlangan exinokokkli kistaning qoldiq bo‘shlig‘iga yallig‘lanishga va parazitlarga qarshi ishlov berish usuli ishlab chiqilib, u infraqizil lazer nurlantirish, so‘ngra esa, fotodinamik stimullashni ta’minlash uchun, antiseptikni yashil spektral diapazonda nurlantirish bilan tavsiflanadi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigardagi exinokokk kistasining yiringlash bilan asoratlangan qoldiq bo‘shlig‘iga, infraqizil lazer nurlantirish va antiseptik eritmani yashil spektral diapazonda nurlantirish bilan fotodinamik stimullashda jigar exinokokki fibroz kapsulasining morfologik hususiyatlari va uning gistologik tuzilmasi haqidagi tasavvurlar doirasini kengaytirishda, erkin vodorodli radikalning akseptor hususiyatlarini faollashtirish bilan tavsiflanadigan va exinokokk murtak elementlarining hujayrali membranani to‘lik buzish imkonini beruvchi germisidli ta’sirni fotodinamik kuchaytirish mexanizmiga aniqlik kiritishda muhim o‘rinni tutishi bilan izohlanadi. Bu olingan natijalar asosida esa parazitning hujayrali tuzilmasini hattoki sho‘’ba pufak yoki fibroz kapsulasini ichida ham buzishni imkonini beruvchi, mahalliy yallig‘lanishga qarshi samarani va mikrotsirkulyasiyani kuchaytirilishi natijasida reparativ jarayonlarni tezlashtirib jarrohlikdan keyingi mahalliy asoratlarni keskin kamayishiga olib keluvchi davolash usuli ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ixtiroga patenti №IAP 2023 0001 04.01.2023); Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: jigar exinokokkini jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari uchun olingan ilmiy-amaliy yangiliklarni Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi (08.02.2024y.; №31 sonli buyrug‘i) va Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi (02.02.2024y.; №24 sonli buyrug‘i) bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigardagi exinokokk kistasining yiringlash bilan asoratlangan qoldiq bo‘shlig‘iga, infraqizil lazer nurlantirish va antiseptik eritmani yashil spektral diapazonda nurlantirish bilan fotodinamik stimullashda yallig‘lanish reaksiyalar va qoldiq bo‘shliqdagi gelmintlarni hayotiy shakillairini maksimum darajada yo‘q qilishga erishildi, shuningdek yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldi olindi; bemorlar reabilitatsiya vaqti qisqardi; hayot faoliyati o‘zgardi; mehnat faoliyati yaxshilandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yiringlash bilan asoratlangan jigar exinokokkozi bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan keyin qoldiq bo‘shlig‘iga ishlov berishning taklif etilgan usul, jarrohlik davosidan keyingi kasalxonada davolanish bosqichini 9,1±1,4 dan 7,7±1,3 sutkagacha, drenajni olib yurish muddatini 16,9±12,5 dan 9,3±6,3 sutkagacha, asoratlarning umumiy chastotasini 47,4% dan 19,0% gacha(p=0,008) qisqartirishni, shu jumladan, Clavien-Dindo bo‘yicha II og‘irlik darajasini 24,6% dan 7,1% gacha va III-darajani 12,3% dan 2,4% gacha pasaytirish imkonini beradi. Umuman olganida, bularning hammasi yaxshi natijalar ulushini 63,2% dan 90,5% oshishiga va qoniqarsiz natijalarni 12,3% dan 2,4% gacha (p=0,009) pasayishiga olib keladi. Bundan ko‘rinib turibdiki o‘z ichiga mahalliy antiseptik yordamidagi ishlov hamda lazer bilan nurlatish natijasida, bemorning operatsiyadan keyingi davrdagi amaliyotlarning qisqarishi, shifoxonada qolish muddati hamda kechgi asortatlar uchrashining kamayishi natijasida o‘rtacha hisobga 1 bemor uchun 2 350 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishga olib keladi, ya’ni: mazkur patologiyali bemorlarda qo‘shimcha asoartlar hamda qoniqarsiz natijalar natijasida odatda sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy xarajatlar: 7250000 so‘mni tashkil etadi (Farg‘ona viloyati KTTM va Namangan viloyati KTTM preyskurantiga ko‘ra); taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi hisobidagi o‘rtacha umumiy xarajatlar: 4900000 so‘m (Farg‘ona viloyati KTTM va Namangan viloyati KTTM preyskurantiga ko‘ra); ((odatda mazkur patologiyada sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy xarajat) 7250000 so‘m – (taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi xisobidagi o‘rtacha umumiy xarajat) 4900000 so‘m = 2350000 so‘m (iqtisod qilinadigan summa)), bunda esa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 23500000 so‘mni tashkil etdi (10 nafar bemor uchun). Buning natijasida: yillik byudjet mablag‘laridan 7050000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 16450000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: bunda mazkur lazeroterapiya usulini amaliyotga joriy etish natijasida bir bemor uchun 2350000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 10 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik 23500 000 so‘mni tashkil etdi. Yillik byudjet mablag‘laridan 7050000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 16450000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi.