Niyazmetov Sevarbek Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy gemostatik jarohat qoplamasi “Xemoben”dan foydalangan holda o‘pkadagi jarrohlik aralashuvlari natijalarini yaxshilash yo‘llari», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3907.
Ilmiy rahbar: Yakubov Farxod Radjabovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xayaliev Rustem Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori; Musashayxov Xusan Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aero- va gemostaz etishmovchiligi rivojlanishini oldini olishning taktik jihatlarni takomillashtirish orqali o‘pkadagi rezeksion aralashuvlar natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gemostatik vositani mahalliy qo‘llash bilan germetik qoplama shakllantirish va keyin plevraning parietal varag‘iga fiksatsiya qilish orqali o‘pka to‘qimasining rezeksiya qilingan sohasini ikki komponentli mustahkamlashni nazarda tutuvchi aero - va gemostaz buzilishlari rivojlanishini oldini olish usuli takomillashtirilgan;
nam muhit sharoitida gemostatik qoplama o‘z xususiyatlarini yo‘qotishi va uzoq muddatli barqaror aerostazni ta’minlay olmasligi, bunda «Xemoben» kukunining yuqori adgezivligi ham germetiklikni hosil qilishga, ham shikastlangan o‘pka to‘qimasi sohasini izolyasiya qilish uchun parietal plevraning bir qismini yara yuzasiga mustahkam mahkamlashga imkon berishi ex vivo tajribada aniqlangan;
o‘pka jarohati sohasidagi shikastlangan to‘qimaning qayta qurilishi tajribaning 3-7 kunida al`veolalar faoliyatining tiklanishi hamda aerostazning morfologik belgilari bilan tavsiflanishi, shikastlangan alveolalar bo‘shliqlarida gomogen massalarning aniqlanishi esa turg‘un gemostaz belgisi ekanligi isbotlangan;
aerostazning yangi usuli gemostaz bilan birga o‘pka jarohati nuqsonini tez bitishiga yordam berishi, plevra bo‘shlig‘ida shvarta va bitishmalar hosil bo‘lishi ehtimolini kamaytirishi, shuningdek, o‘pka to‘qimasining funksional qobiliyatini tiklanishini ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 9 apreldagi 04/094-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TMA Urganch filialining 2023 yil 30 oktyabrdagi 115-son xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: germetik qoplama hosil bo‘lishi bilan gemostatik vositani mahalliy qo‘llash, o‘z navbatida, unga plevraning parietal varag‘ini fiksatsiya qilish orqali rezeksiya qilingan o‘pka to‘qimalari maydonini ikki komponentli mustahkamlashni ta’minlaydigan aero - va gemostaz buzilishi rivojlanishining oldini olish usuli takomillashtirilganligi (2023 yil 24 maydagi IAP 07416-sonli ixtiro uchun patent) Xorazm viloyat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida 2023 yil 30 oktyabrdagi 114-sonli buyruq bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasida 2023 yil 5 noyabrdagi 96-k-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aero - va gemostaz buzilishlarini oldini olishning takomillashtirilgan usulidan foydalanish o‘pkasida rezeksion amaliyotlar o‘tkazilgan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘pka rezeksiyasi o‘tkazilgan bemorlarda aerostaz va gemostaz bo‘yicha etishmovchilik kuzatilganda o‘pka to‘qimasini qo‘shimcha mustahkamlash orqali ushbu asoratlar to‘xtatilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, 7 holatda gemostazga erishish uchun 5x7,5 sm hajmdagi Surgicel (Ethicon) gemostatik materiallari qo‘llanilgan. Ushbu mablag‘dan farqli o‘laroq, 1 qadoq mahalliy Xemoben preparatining (1,0 g) narhi 40000 so‘mni tashkil qiladi, rezeksiya sohasini qoplash uchun esa 1-3 qadoq talab qilinadi. Xulosa: yangi jarrohlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 120000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2400000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: nam muhit sharoitida gemostatik qoplama o‘z xususiyatlarini yo‘qotishi va uzoq muddatli barqaror aerostazni ta’minlay olmasligi, bunda «Xemoben» kukunining yuqori adgezivligi ham germetiklikni hosil qilishga, ham shikastlangan o‘pka to‘qimasi sohasini izolyasiya qilish uchun parietal plevraning bir qismini yara yuzasiga mustahkam mahkamlashga imkon berishi ex vivo tajribada aniqlanganligi Xorazm viloyat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida 2023 yil 30 oktyabrdagi 114-sonli buyruq bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasida 2023 yil 5 noyabrdagi 96-k-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar operatsiyadan keyingi reabilitatsiya tez amalga oshadi va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytaradi; ushbu kasallikka chalingan ayollarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 4200000 so‘m iqtisod qilindi (har xil o‘pka jarrohlik amaliyotlari paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 20% (24 dan 8 bemorlar) o‘pka oqmali bemorlar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini  33600000 (8 nafar bemor uchun) so‘mga iqtisod qiladi). Xulosa: yangi jarrohlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 21000000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 12600000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘pka jarohati sohasidagi shikastlangan to‘qimaning qayta qurilishi tajribaning 3-7 kunida al`veolalar faoliyatining tiklanishi hamda aerostazning morfologik belgilari bilan tavsiflanishi, shikastlangan alveolalar bo‘shliqlarida gomogen massalarning aniqlanishi esa turg‘un gemostaz belgisi ekanligi isbotlanganligi Xorazm viloyat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida 2023 yil 30 oktyabrdagi 114-sonli buyruq bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasida 2023 yil 5 noyabrdagi 96-k-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1. Operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; 2. Operatsiyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi; 3. Ushbu operatsiyalardan keyin bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun o‘pka rezeksiyasi amaliyotidan keyin oqmalarning hosil bo‘lishi aero- va gemostaz bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan jarrohlik amaliyoti bemorlarning amaliyotdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi, quyidagicha: qayta ko‘rik – 98000 so‘m; o‘pkani rentgenografiyasi – 120000 so‘m; jarohatni bog‘lov xarajatlari – 39000 so‘m; dori- darmonlar xarajati – 50000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 243000 so‘m tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 3, umumiy iqtisodiy samaradolik esa 729000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: yangi jarrohlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 586000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 343000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: aerostazning yangi usuli gemostaz bilan birga o‘pka jarohati nuqsonini tez bitishiga yordam berishi, plevra bo‘shlig‘ida shvarta va bitishmalar hosil bo‘lishi ehtimolini kamaytirishi, shuningdek, o‘pka to‘qimasining funksional qobiliyatini tiklanishini ta’minlashi aniqlanganligi Xorazm viloyat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida 2023 yil 30 oktyabrdagi 114-sonli buyruq bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasida 2023 yil 5 noyabrdagi 96-k-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik operatsiyasining kirish va texnik jihatlarini optimallashtirish orqali o‘pkada barqaror aero- va gemostazga erishish bilan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: 1. bemorning shifoxonada qolish muddatini 7,7 kundan 6,7 kunga (1 kunga) qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 250 ming so‘mga kamaytirdi (preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 250 ming so‘mni tashkil qiladi); 2. shifoxonada bo‘lish davrining 1 kunga qisqartirilishi hisobiga 260 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 260 ming so‘m dori vositalari sarflanadi); 3. shifoxonada bo‘lish davrining 1 kunga qisqartirilishi hisobiga 87 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 87 ming so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 25671000 so‘mni tashkil etadi (43 ta operatsiya bo‘yicha  597000*43= 25671000 so‘mni tashkil etadi (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 9565000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 4235000 so‘m). Xulosa: yangi jarrohlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 8451000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 8 678000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish