Ibragimov Akobir Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Spondilolistezlarni jarrohlik usulida davolashda differensial yondashuv», 14.00.28 - Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1763.
Ilmiy raxbar: Norov Abduraxmon Ubaydulloevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01.
Rasmiy opponentlar: Alixodjaeva Gulnaraxon Alautdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djumanov Kamaliddin Nuriddinovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi spondilolistez  bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash usullari va differensial jarrohlik davolash  yondashuvlarini takomillashtirish orkali jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umurtqa pog‘onasi bel qismi spondilolistezlarida differensial jarrohlik davolash uchun umurtqa-chanoq balansi indekslari (PI; SS; PT; LL) aniqlangan;
spondilolistezlarda umurtqa kanali diametri va spondilolistez  darajasiga ko‘ra differensial jarrohlik davolash yondashuvlari (dekompressiv, stabilizatsion, dekompressiv-stabilizatsion) takomillashtirilgan;
ilk bor umurtqa pog‘onasi IV va V darajali spondilolistezlarida  umurtqa kanalini munosib dekompressiya va umurtqa pog‘onasini ishonchli stabilizatsiya qilish imkonini beruvchi yangi jarrohlik davolash usuli  ishlab chiqilgan;
yukori darajali spondilolistezlarda yangi transpedikulyar-transkorporal fiksatsiya tizimining qo‘llanilishi umurtqa pog‘onasida birlamchi va ikkilamchi stabilizatsiyasini oshirishi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 10 maydagi 7-sonli va ch/r 01-6/355-sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: umurtqa pog‘onasi bel qismi spondilolsitezlarida differensial jarrohlik davolash uchun umurtqa-chanoq balansi indekslari (PI- chanok indeksi, SS-dumg‘aza egilish burchagi, PT- chanoq burchagi  va LL- bel lordozi burchagi) aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: spondilolistezlarda umurtqa-chanoq balansi indekslari baholanib, PI-chanok indeksi burchagiga ko‘ra bemorlar uchta guruhga: 35 kam burchakli, 35-50 burchakli va 50-80 burchaqli guruhlarga bo‘linib, optimal jarrohlik davolash taktikasini tanlash imkonini berishi bilan asoslanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2022 yil 25 avgustdagi 86-sonli buyruq, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali 2022 yil 18 sentyabrdagi 72/2-sonli buyruq bilan  neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbik etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish umurtqa pog‘onasi bel qismi spondilolistezlari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon yaratdi, bu bemorlarga ish va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqish his qilish imkonini berdi; soha darajasida - umr ko‘rish davomiyligini oshirish va nogironlikni kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) operatsiyadan oldingi bosqichda algoritm va mul`timodal protokoldan foydalanish yotoq kunlari sonini 4-5 kungacha kamaytirishga imkon berdi; 2) bemorning ishga erta qaytishi operatsiyadan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiyaga sarflanadigan davlat xarajatlarini va dori-darmon bilan ta’minlash xarajatlarini kamaytirdi, shuningdek, mavjud nogironlikda umrbod ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etdi. Xulosa: spondilolistezlarda umurtqa-chanok balansi indekslarining baholanishi – bu davolash algoritmi va jarrohlik yondashuvini belgilaydigan asosiy mezondir. Ibragimov Akobir Ismoilovichning “Spondilolistezlarni jarrohlik usulida davolashda differensial yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining muvofiqlashtirish ekspert kengashining  2023 yil 25 oktyabr  02n-z/6-son xulosasi bilan tadbiq etildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: spondilolistezlarda umurtqa kanali diametri va spondilolistez  darajasiga ko‘ra differensial jarrohlik davolash yondashuvlari (dekompressiv, stabilizatsion, dekompressiv-stabilizatsion) takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: umurtqa pog‘onasi bel qismi ikkilamchi stenoz bilan asoratlangan spondilolistezlarda umurtqa kanali diametriga ko‘ra kasallikning erta boskichlarida differensiallashgan jarrohlik yondashuvini tanlash imkonini beruvchi algoritmning ko‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2022 yil 25 avgustdagi 86-sonli buyruq, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali 2022 yil 18 sentyabrdagi 72/2-sonli buyruq bilan  neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbik etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish spondilolistezlarda jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon berdi, bu esa bemorlarda jarrohlik amaliyotdan keyingi asoratlarni kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashi, ambulatoriya va statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish va erta aktiv xayotga kaytish imkonini oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umurtqa pog‘onasi bel qismi spondilolistezlarida differensial jarrohlik yondashuni spondilolistez darajasiga ko‘ra davolash taktikasi tanlash orqali  davolanishning yaxshi natijalariga, bemorlarning tez faollashishiga va statsionar davolanish muddatini 13-15 kundan 5-7   kungacha qisqartirishga olib keldi, bu esa takroriy operatsiyalarni o‘tkazilishini bartaraf qildi. Xulosa: spondilolistezlarda umurtqa kanali diametrining baholanishi to‘g‘ri differensial jarrohlik davolash strategiyasini tanlashni ta’minlaydi, kayta jarrohlik amaliyotiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi va  asoratlar xavfini pasaytiradi. Ibragimov Akobir Ismoilovichning “Spondilolistezlarni jarrohlik usulida davolashda differensial yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining muvofiqlashtirish ekspert kengashining  2023 yil 25 oktyabr  02n-z/6-son xulosasi bilan tadbiq etildi.    
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor umurtqa pog‘onasi IV va V darajali spondilolistezlarida  umurtqa kanalini munosib dekompressiya va umurtqa pog‘onasini ishonchli stabilizatsiya qilish imkonini beruvchi yangi jarrohlik davolash usuli  ishlab chiqilgan (“№IAP  07540” 31.10.2023). Ilmiy yangilikning ahamiyati: yuqori darajali spondilolistezlarni yangi jarrohlik davolash usuli ishlab chikilib, jarrohlik amaliyotini bir bosqichda amalga oshirishga imkon yaratib, umurtqa kanali nevr qon-tomir tuzilmalarini adekvat dekompressiya qilish, jarrohlik amaliyotdan keyingi xavflarni kamaytirishi va umurtqa pog‘onasini adekvat stabilizatsiyalash mumkinligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2022 yil 25 avgustdagi 86-sonli buyruq, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali 2022 yil 18 sentyabrdagi 72/2-sonli buyruq bilan  neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: umurtqa pog‘onasi yuqori darajali spondilolistezlarida yangi jarrohlik davolash usulidan foydalanishning haqiqiy samaradorligi shundaki, u bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi, ularning tez faollashishini ta’minlaydi va kasallik kayta rivojlanishini bartaraf qiladi. Bemorlarning to‘liq tiklanishi yoki ularning ortopedik va nevrologik holatini yaxshilanishi, xayot sifatining yaxshilanishi  davolashda yangi usulni qo‘llashning tibbiy samaradorligini isbotlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: umurtqa pog‘onasida munosib stabillikni taminlash bilan birgalikda, etarli darajadagi dekompressiya kilish, hayot sifatini oshirishi, nogironlikni kamaytirishi mumkin. Spondilodez uchun implantlar xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish,  barqarorlik va keyingi suyak bitishini ta’minlash nuqtai nazaridan samarali va ishonchliroq hisoblanadi. Xulosa: tavsiya etilgan yangi jarrohlik davolash usuli, davolash natijalarini yaxshilaydi, moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi va asoratlar xavfini pasaytiradi. Ibragimov Akobir Ismoilovichning “Spondilolistezlarni jarrohlik usulida davolashda differensial yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining muvofiqlashtirish ekspert kengashining  2023 yil 25 oktyabr  02n-z/6-son xulosasi bilan tadbiq etildi.    
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yukori darajali spondilolistezda yangi transpedikulyar-transkorporal fiksatsiya tizimining qo‘llanilishi umurtqa pog‘onasida birlamchi va ikkilamchi stabilizatsiyasini oshirishi  isbotlangan(“FAP № 20230382” 02.11.2023). Ilmiy yangilikning ahamiyati: spondilolistezlarni jarrohlik usulida davolashda yangi transpedikulyar-transkorporal fiksatsiya tizimining qo‘llanilishi orqa miya shikastlanishini minimallashtirishi, etarli darajada dekompressiyasiga erishish  xamda umurtqa pog‘onasining qo‘llab-quvvatlovchi tuzilmalarining maksimal darajada saqlanishi yukori darajada stabillikni ta’minlashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2022 yil 25 avgustdagi 86-sonli buyruq, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali 2022 yil 18 sentyabrdagi 72/2-sonli buyruq bilan  neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: spondilolistez  bilan kasallangan bemorlarda yangi yondashuvlarning qo‘llanilishi,   holatni tez va aniq baholashga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar xavfini pasaytirish, tibbiy yordam sifatini yaxshilashga va tibbiy yordam ko‘rsatishdagi ijobiy sifat ko‘rsatkichlariga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 9-10 kundan 5-6 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada yotoq to‘lov miqdorini 1 290 240 so‘mga kamaytirdi (RINIATMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 322 560 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada davolanish davrining 4 kunga qisqartirilishi hisobiga 460 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 115 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); shifoxonada davolanish davrining 4 kunga qisqartirilishi hisobiga 60 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 15 000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Xulosa: yuqori darajali spondilolistezlarni jarrohli usulida davolashda yangi fiksatsiya tizimi va yangi jarrohlik usulining qo‘llanilishi uzoq muddatli reabilitatsiyaga sarflanadigan davlat xarajatlarini va dori-darmon bilan ta’minlash xarajatlarini kamaytirdi, shuningdek, mavjud nogironlikda umrbod ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etdi va moddiy xarajatlarni 9 200 000 so‘mga kamaytirdi. Ibragimov Akobir Ismoilovichning “Spondilolistezlarni jarrohlik usulida davolashda differensial yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining muvofiqlashtirish ekspert kengashining  2023 yil 25 oktyabr  02n-z/6-son xulosasi bilan tadbiq etildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish