Xalilova Firuza Shavxidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ang‘izga ekilgan moshni o‘g‘itlashning tuproq unumdorligi va ekin hosildorligiga ta’siri”, 06.01.04 – Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx746.
Ilmiy rahbar: Sanakulov Akmal Lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/V.43.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nazirbay Madrimiovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Karimberdieva Amina Azimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ang‘izga ekilgan moshni o‘g‘itlash (makroo‘g‘itlar fonida mikroo‘g‘itlarni qo‘llash usullari va muddatlari)ning tuproq unumdorligi va ekin hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ang‘izda mosh etishtirishda makroo‘g‘itlar fonida mikroo‘g‘itlardan foydalanish evaziga o‘simlik ildiz va ang‘iz qoldiqlarining ortishi tuproq unumdorligi va gumus zaxirasini 0,117-2,301 t/ga oshirishi isbotlangan;
makro- va mikroo‘g‘itlarning (Co, Mo) ang‘izda o‘stirilgan moshning o‘sishi, rivojlanishi, simbioz va fotosintetik faoliyatiga, mosh hosildorligi va don tarkibidagi oqsil miqdori 0,4-3,2 foizga ortishi aniqlangan;
mosh etishtirishda mikroo‘g‘itlarni (Co, Mo) qo‘llash usullari va muddatlari ishlab chiqilgan, natijada, mosh hosildorligi (22,8-24,4 s/ga), tuproq unumdorligi (gumus 0,003-0,059%) va o‘g‘itlardan foydalanish koeffisienti (N – 30,7-54,5%, P – 6,5-11,3%, K – 18,7-31,0%) oshganligi isbotlangan;
mosh urug‘larini mikroo‘g‘itlar eritmasida ivitib ekish bilan birgalikda mikroo‘g‘itlarni o‘simlikning shonalash davrida qo‘llash evaziga moshda simbioz apparatning faol shakllanishi va simbioz azotfiksatsiya hisobiga 87,28-154,37 kg/ga biologik azot to‘planishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ang‘izga ekilgan moshni o‘g‘itlashning tuproq unumdorligi va ekin hosildorligiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ang‘izda mosh etishtirishda mikroo‘g‘itlardan foydalanish» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va  tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 2 fevraldagi 07/21-21-07/60-son ma’lumotnomasi). Natijada, agroklaster va fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarishda foydalanilib, moshdan 2,6-3,6 s/ga qo‘shimcha hosil olingan;
ang‘izda mosh etishtirishda makroo‘g‘itlarni N35P70K40 kg/ga me’yorda qo‘llash Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani fermer xo‘jaliklarida 3,0 gektar, Pastdarg‘om tumani fermer xo‘jaliklarida 3,3 gektar, Jomboy tumani fermer xo‘jaliklarida 4,8 gektar, jami 11,1 gektar er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 1 fevraldagi 07/21-21-05/369-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2,6-3,6 s/ga qo‘shimcha hosil olingan hamda 10,2-10,6% rentabellikka erishilgan;
ang‘izda takroriy ekin (yozda g‘alladan bo‘shagan maydonda) sifatida mosh etishtirishda urug‘larni kobal`t sul`fatning 0,01 foizli va ammoniy molibdatning 0,05 foizli eritmasi bilan namlab ekish va uning 5-6 barglik davrida kobal`t yoki molibdenni 0,5 kg/ga me’yorda makroo‘g‘itlar (N35P70K40 kg/ga) fonida qo‘llash Samarqand viloyatida jami 11,1 gektar er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 1 fevral` 07/21-21-05/369-son ma’lumotnomasi). Natijada, har gektaridan o‘rtacha 25,5-28,5 sentner hosil olingan va 300-400 ming so‘m sof foyda olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish